Kurs ishi mavzu: boshlang’ich sinflarda “sifat” mavzusini o’rgatish metodikasi
Download 173.82 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINFLARDA “SIFAT” MAVZUSINI O’RGATISH METODIKASI
1.2. Sifat va uning tavsifi
Sifatni o‘rganish tizimini materialni leksik va grammatik tomonidan izchillik bilan boyitilib borishi, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. Bunda o‘quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganishadi; 3-sinfda esa sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganishadi; 4-sinfda ilgari o‘rganilganlarini takrorlab, grammatik materialiga bog‘liq holda qip-qizil, yam- yashil,sap- sariq kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi halos. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini yangi-yangi sifatlar bilan boyitilib borilishi ularga oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlarning ma’nosiga yanada aniqlik kiritiladi.Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asosanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli, ko‘rinishi va maza-ta’mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uning ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdayoq o‘quvchilar e’tiborini sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi, o‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar keyin esa ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stirilib boriladi,ya’ni o‘quvchilar gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratishadi. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtirib boriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab qila boshlaydi.Boshlang‘ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi tartibda o‘rganiladi: 1)sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish kabilarni (4-sinf) Sifat bilan dastlabki tanishtirish sifatning leksik ma’nosi va s o‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlab boriladi.Predmetning belgilari xilma-xil b o‘lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflanadi.Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish va uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi bu darsda. o‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa uning belgilarini aytadilar va daftariga yozib oladilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ingichka,ko‘k ip,(qanday?)ko‘ylak-chiroyli, keng,gulli ko‘ylak kabi,albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip,ko‘ylak so‘zlari nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq,keng kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlab borishadi. o‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan predmetlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko‘m-ko‘k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland, keng shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini,xususiyatini,shaklini bildiradi, o‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarni nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlab, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ng sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab,tushuntirib ko‘rsatiladi. Download 173.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling