Kurs ishi mavzu: “Chakanda o’simligining o’zbekiston hududida tarqalishi va ahamiyati”


- rasm. Chakanda kurtagining umumiy ko’rinishi


Download 1.72 Mb.
bet5/7
Sana07.11.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1753225
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iskandarova Sayyora chakanda haqida Kurs ishi

2.2. 2- rasm. Chakanda kurtagining umumiy ko’rinishi.
Chakandaning ildiz sistemasi qalin ipsimon ildizlardan tashkil topgan, ular o’tkazuvchi vazifasini bajaradilar. Ildizlarda sharsimon tugunaklar joylashadi. Ular bir yillik o’simliklarda paydo bo’ladi va keyinchalik yon ildizlarida joylashadi. Bunday tuganaklar yordamida chakanda atmosferadagi azotni fiksasiya qiladi. Chakandaning o’tkazuvchi ildizlarida tinch holatdagi kurtaklar joylashadi va qulay sharoitda ildiz o’simtalari hosil bo’ladi. Ular yordamida tabiiy sharoitda chakanda kurtinalari hosil bo’ladi. Tabiiy sharoitda chakanda ildiz sistemasini tuzilishiga va tarqalishiga tuproqning mexanik tarkibi va namligi ta’sir etadi. Qumli tuproqlarda ildizlar eniga 12 metr radiusda tarqalishi mumkin. Chakanda ildizidan bachkilaydi, parxish yo‘li va yog‘ochlashgan qalamchalari bilan ko‘payadi.
Tog’li hududlarda dengiz sathidan 1000-1500 m balandlikka ko‘tariladi. Terakzor va tolzorlarda o ‘sadi. U yorug‘sevar, sovuqqa, havoning quruq kelishiga chidamli. Har xil tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Uning sersuv mevasini yangiligida yeyish mumkin, tarkibida 9% gacha qimmatli chakanda moyi (oblepixovoye maslo) va S vitamini bor. Guli nektarli. Issiqlikka, qurg‘oqchilikka chidamli, eng asosiy boshqa daraxt turlari o‘sa olmaydigan sho‘rxok tuproqlarda bemalol o‘sadi. Urug‘idan, qalamchalar orqali ko‘paytiriladi, to‘nkasidan bachkilar hosil qilib tez o'sadi, 60-80 yilgacha yashaydi. Chakanda mevalarida olma, shavel, yantar kislotalar uchraydi, ular yuqori fiziologik faollikga ega. Chakandaning ko’pgina o’rgangan navlarida shakar miqdori past bo’lib – 3-6% tashkil etadi. Chakanda mevalarining shifobaxsh xususiyatlari ularning tarkibiga yog’ bo’lishi bilan bog’liq. Chakanda yog’i tarkibida ko’p vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Ularning mikdori 1 to 18% bo’ladi. Chakanda yog’ida vitaminlardan E, K, provitamin A bo’ladi, yog’ qoldiqlari tarkibida stearin tabiatidagi moddalar topilgan – sitosterin, fosfolipidlar, xolinlar, karotin va boshqalar. Chakanda tarkibida ko’p miqdorda vitamin E uchraydi. Chakandaning meva sharbatida vitaminlardan A, S, V1, V2, V6, E, K, R uchraydi. Askorbin kislotaning miqdori 37-268 mg/100 g mevada uchraydi. Chakanda mevalarining tarkibida aminokislotalar ham uchraydi, masalan, alanin, fenilalanin, glutamin, sistein, leysin, lizin, arginin, serin, valin va boshqalar. Bundan tashqari mevalarda efir yog’lar, mikro-va makroelementlar ham uchraydi. Chakanda mevalari tarkibida 15 mikroelementlar topilgan, ular temir, magniy, marganes, mis, bor, oltingugurt, xlor, alyuminiy, kremniy va boshqalar. Bundan tashqari mevalarning tarkibida 8% yog’ topilgan, shu tufayli u juda yaxshi immunomodulyator va immunoprotektor bo’lib hisoblanadi. Chakandaning barglari va po’stlog’i ham shifobaxsh bo’ladi. Chakanda barglarining tarkibida askorbin kislota va karotinoidlar, R-faol moddalar uchraydi. Skelet novdalarining po’stlog’ida serotonin alkaloidi topilgan, bu alkaloid asab sistemasini faoliyatida katta ahamiyatga ega. Serotonin shishiklar faoliyatini to’xtatishi mumkin. Mevasi tarkibida 40-67,8% qandlar, 11% oqsil, 36% gacha tanidlar 0,44-2,46% organik kislotalar, 100 mg % gacha S, V, RR, E vitaminlari mavjud. . Chakanda – kam kaloriyali o’simlik bo’lib hisoblanadi, uning 100 gramm mevasi 30 kaloriya ajratadi. Mevlarining nordonligi 1,3 to 2,7% gacha bo’ladi.
O’simlik uyg’onish vaqtida novdalarda ikki xil vegetativ va generativ kurtak taraqqiy etadi. Vegetativ kurtaklar novdaning yuqori qismida, generativ kurtaklar esa novdaning o’rta va quyi qismida ketma-ket joylashgan. Kurtaklarning katta-kichikligi ham bir xil emas. Novdaning pastki va o’rta qismida joylashgan kurtaklar ancha yirik (uzunligi 3,4-5,5 mm, kengligi 2,5-3,2 mm) bo’ladi. Kurtaklar hamda bir-ikki yillik novdalar jiyda va jiydadoshlar oilasiga oid o’simliklar uchun o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, boshqa daraxt o’simliklardan farq qiladi. Bularning farqi, kurtaklarning maxsus qoplovchi qobig’i bo’lmaydi balki tashqi tomonidan qalqonsimon qipiqchalar yoki yulduzsimon (0,2-0,3 mm kattalikda) tukchalarning (trixomalar) bo’lishidir. Chakanda o’simligida yashirin, qo’shimcha va aralash kurtaklar ham mavjuddir. Yashirin kurtaklar o’simlik tanasining yuzasida joylashgan bo’lib, yashash qobiliyatini ko’p yillar davomida yo’qotmaydi. Ularning rivojlanishiga shoxlarning shikastlanishi yoki yaxshi o’sa olmay qolishi ta’sir etadi va buning oqibatida bu kurtaklardan yangi novda rivojlanadi. Chakanda tagidan kesilganda qushimcha kurtaklar rivojlanadi. Bunday kurtaklarni tunka bachkisi ham deb ataladi. Tunka bachkisining barglari odatda birmuncha yirikroq bo’lib, novdasi oddiy shoxlar novdasiga qaraganda tezroq o’sadi. Tunka bachkilaridan hosil bo’lgan daraxtlar ko’pincha bo’yi past bo’lishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda mana shunday butasimon ko’rinishga ega bo’lgan chakandalarni cho’l mintaqasida ko’plab uchratish mumkin.

a) b)

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling