Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/28
Sana08.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#252223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
kurs ishi tayyorlashga

 

13 


 

    Dasturlar butunligini nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat 

yig‘indilari usuli hisoblanadi. Nazorat yig‘indisi – ma’lumotlar blokining oxiriga 

yoziladigan bitlar ketma-ketligi. Nazoratdagi faylga kiritilgan o‘zgartirishni, 

nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan, berkitishni istisno qilish maqsadida 

nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki nazorat yig‘indini hisoblashning 

maxfiy algoritmidan foydalanish zarur. 

Axborotning texnik himoyasi – amaldagi qonunchilikka mos ravishda texnik

dasturiy va dasturiy-texnik vositalar yordamida axborot xavfsizligining 

nokriptografik usullari bilan ta’minlashni inobatga oluvchi axborot himoyasidir. 

Shunga alohida e’tibor qaratish muhim-ki, texnik himoya deganda nafaqat texnik 

kanallar orqali ma’lumotning chiqib ketishini oldini olish, balki axborotni 

noqonuniy ruxsatlardan, matematik ta’sirlardan, zararlantiruvchi dasturlardan va 

boshqalardan himoya qilish ham tushuniladi. 

Axborot tizimlarida ta’sir etilishi mumkin bo’lganobyektlarga quyidagilarni 

kiritish mumkin: 

– apparat ta’minoti; 

– dasturiy ta’minot; 

– ishlash jarayonida vujudga keluvchi axborotning chiqib ketish texnik 

kanallariga qarshi texnik vositalar

– binoni vizual usullar bilan texnik razvedka qilishdan himoyalovchi vositalar; 

– kuzatish vositalari, xabar berish, signalizatsiya, axborot berish, texnik 

vositalarning ish faoliyati buzilganda yoki tarmoq aloqasi kattaliklari 

o’zgartirilganda ularni identifikatsiya qilish; 

– texnik razvedka asboblari va qurilmalari (eshitish, kuzatish, uzatish va 

boshq.)ni aniqlovchi vositalar; 

– xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan ish joyidan maxsus niqoblangan 

(maskirovka) buyumlarni, axborot tashuvchilar, tashqi xotiralar va shu kabilarni 

olib chiqib ketishni oldini oluvchi nazorat texnik vositalari; 

– texnik vositalarning zaxirasini yaratish, axborot tashuvchilarning nusxasini 

hosil qilish. 




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling