Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana08.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#252223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
kurs ishi tayyorlashga

 



 

     Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda 

kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot 

mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar 

ko’rsatishni o’z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining 

roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. 

     Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning 

raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko’rsatishi, katta hajmda axborot to’plash va uni 

umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish 

uchun  keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur». 

    O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi 

prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborot xavfsizligini ta’minlash 

sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 

solishga qaratilgan hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 

xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilangan. ««Axborot erkinligi prinsiplari 

va kafolatlari to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin 

va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, 

axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 

xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi». 

    2018-yil 9-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot- 

kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash 

bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag’ishlangan 

yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu bejiz emas albatta. 

      Yig’ilishda erishilgan natijalar alohida qayd etilar ekan, 2018-yilda va yaqin 

istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ustuvor vazifalar haqida ham so’z bordi. 

      Prezident axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko’pligi, 

erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko’rsatkichda 

ekanligini qayd etdi. Yosh avlodga katta e’tibor qaratish, yosh avlodni axborot 

texnologiyalariga bo’lgan qiziqishini oshirish zarurligi to’g’risida tegishli vazirlik 

va idoralarga topshiriqlar berib o’tdilar. 

       




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling