Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi tayyorlashga
28
Axborot xavfsizligi dеb ma'lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun'iy xossali, tasodifiy ta'sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Yirik firmalar faoliyatida axborotni uzatish firmaning normal faoliyatida ajralmas va eng muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, axborot samaradorligi va ishonchliligini ta'minlash alohida ahamiyatga ega. Ko'pgina firmalar uchun ichki axborot tizimi texnologik jarayonni tashkil qilish muammolarini hal qiladi va ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Bu, avvalambor, korxonalarni ichki kanallar orqali ixtisoslashgan korxonalardan keladigan kooperativ mahsulotlar bilan ta'minlash jarayonlariga taalluqlidir. Bu erda axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma'lumot berishda muhim rol o'ynaydi va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshiruvchi omillardan biridir. Bozor jarayonlarini bashorat qilish alohida o'rin tutadi. Yangi ilmiy bilimlarni, o'z kompaniyasi va raqobatchi firmalarning ixtirolari, texnik yangiliklarini o'z ichiga olgan ilmiy-texnik ma'lumotlar qaror qabul qilishda muhim rol o'ynaydi. Bu doimiy ravishda to'ldiriladigan umumiy fond va bilim va texnik echimlarning salohiyati bo'lib, ulardan amaliy va o'z vaqtida foydalanish kompaniyaga yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni ta'minlaydi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo'llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo'llashdan maqsad — jamiyat va insonning butun havot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling