Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi tayyorlashga
6
Shu bilan birgalikda hozirgi kunda O’zbekiston respublikasining barcha sohalarida va barcha tarmoqlarida keng o’zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish, qurilish va hokazolar, shu bilan birga kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va mutaxassislarga bo’lgan talabni inobatga olishga ham keng ko’lamli o’zgarishlar yuz bermoqda. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 y. PQ-2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” va 27.07.2017y. PQ-3151 “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalarini va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to’g’risida” qarorlari tasdiqlangani buning yaqqol isbotidir. Ushbu qarorlarga muvofiq“…oliy ta’lim darajasini sifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy – texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o’quv – ilmiy laboratoriyalarni, axborot –kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha oliy ta’lim tizimining 2017– 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi” hamda “oliy ta’lim muassalarini zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassalaritalabalari, o’qituvchilar va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari,zamonviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkonyatlarini kengaytirish” vazifalari belgilab berildi va izchil amalga oshirilmoqda. Ish jarayonida yangi axborot tеxnologiyalarining joriy qilinishi jamiyatniijtimoiy-iqtisodiy modеrnizatsiya qilishning asosiy faktori va muhim sharti hisoblanadi. Rеspublikamizda mustaqillik yillarida ish jarayonida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda bir muncha natijalarga erishildi. Birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizni jahon axborot makoni bilan intеgratsiyasiga yo’naltirilgan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq bеlgilab qo’yilgan. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012 yil 21 martdagi "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori ushbu jarayonning rivojlanishi jarayoniga zamin bo`ldi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling