Kurs ishi mavzu: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash Bajaruvchi


Download 52.41 Kb.
bet1/7
Sana02.12.2023
Hajmi52.41 Kb.
#1779845
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurayimova Gulshoda (2) (2)


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA MUMTOZ SHARQ ADABIYOTI KAFEDRASI
Qo‘lyozmaga teng
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” fanidan

KURS ISHI

MAVZU: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash


Bajaruvchi: Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Abdurayimova Gulshoda
Ilmiy rahbar: Abdulazizxon Nig‘monov

Toshkent-2023



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB. QO‘LYOZMALARNI O‘RGANISH VA ULARNI NASHRGA TAYYORLASH……………………………………………………………..…...7

    1. Ilmiy-tanqidiy matn tushunchasi va uni tayyorlash………...……….….……..7

    1. O‘tgan asrning 60-70-yillaridagi qo‘lyozmalarni o‘rganish va nashrga tayyorlash……………………………………………………………….………...14

II BOB. ILMIY-TANQIDIY MATN YARATISH………………………….…17
2.1. Ilmiy matn xususiyatlari, turlari va tuzulishi………………………………….17
2.2. Ilmiy-tanqidiy matn yaratish zamon talabi…………………………………....24
XULOSA………………………………………………………………….…....28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..…..31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Matnshunoslik aslida bir necha prinsplarga asoslangan holda qo‘lyozmalarni bir necha bosqichlarda o‘rganadi. Shulardan ilmiy- tanqidiy matnlarni yaratish keng qo‘llaniladiganlaridan hisoblanadi. Ilmiy-tanqidiy matn prinsplari biror asarlar yoki qo‘lyozmalarni tahlil qilishda asos bo‘lib xizmat qilganligi sababli ham uni o‘rganish uchun talablar kengaymoqda.
Matnshunoslik sohasida esa ma’lumotlarning nihoyatda tarqoq ekanligi ma’lum. Bu sohaning alohida bir fan sifatida tan olina boshlanganiga qaramasdan, uning nazariy masalalari, prinsiplari yuzasidan izlanishlar deyarli olib borilmagan. Hozirgi paytda olimlarimiz chet ellarga ilmiy safarlar uyushtirib, jahon kodikologiya (qo‘lyozma kitoblarning yaratilish tarixi, kitob tarkibi va tarixini o‘rganuvchi) fanining rivojlanish darajasidan voqif bo‘lib qaytmoqdalar. Bu,albatta, jahon faniga integratsiyalashish, turli madaniy markazlardagi ilg‘or usullarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Buning uchun matnshunoslik sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlarini jonlantirish lozim bo‘ladi.
O‘zbek matnshunosligi tarixiga nazar solinsa, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha manbaga barobar yagona qonun-qoidasi mavjud emasligi ayon bo‘ladi. Agar buning sababi faqat matnshunoslikning nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga yaqin soha ekaniga bog‘lab qo‘yilsa, javob bir tomonlama bo‘lib qoladi. Ishonchli matnni tiklash jarayoni – matnning umumiy va xususiy detallarini ko‘z bilan ko‘rish, muayyan shaklni xotirda saqlab qolish, nusxalarni o‘zaro solishtirib,ma’lum matnni tanlash kabi jismoniy harakatlardangina iborat emas. Aslida, ayni paytda bu xatti-harakatlar tafakkur maydonida kechayotgan “inkor” va “tasdiq”lar suronining izmida bo‘ladi. Tafakkur esa qarashlarni tizimga soladigan nazariyaning bosh omilidir. Matnshunoslik ilmi adabiy manba va “matn tasarrufi”ning mezon va tamoyillarini o‘rganar ekan, matnshunosda bunday mezon va tamoyillar asosida manbaga munosabat bildira olish tafakkuri shakllangandagina tasarrufning nazariy masalalarini amalga oshirish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ilmining rivoji ko‘proq soha bo‘yicha nazariy asoslarning mustahkamlanishiga, bir so‘z bilan aytganda, ilmiy-tanqidiy matn nazariyasining yaratilishiga bog‘liq.
Ishning o‘rganganlik darajasi: Zohidov R.1, Ismoilov M.2, Sultonov I.3 kabi olimlar ilmiy tanqidiy matn faoliyati bo‘yicha bir qancha dissertatsiyalar himoya qilishgan va ilmiy qo‘llanmalar va kitoblar yozishgan.

Download 52.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling