Kurs ishi mavzu: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash Bajaruvchi
Ilmiy-tanqidiy matn yaratish zamon talabi
Download 51.95 Kb.
|
Abdurayimova Gulshoda (2)
2.2. Ilmiy-tanqidiy matn yaratish zamon talabi
Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixidagi o‘rni beqiyos. Zero, qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin. Matnshunos oldida turgan bosh vazifalardan biri – matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir. Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega. Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o‘zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi. O‘zbek matnshunosligida yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning o‘ziga xos prinsiplari N. Rahmon tomonidan tayyorlangan “Oltin yorug‘” matnida ko‘rinadi. Mazkur asar qo‘lyozmasi qadimgi uyg‘ur-turk tilida yozilgan bo‘lib, 1910-yili rus olimi S. Malov tomonidan topilgan va birinchi marta V. Radlov bilan hamkorlikda eski uyg‘ur-turk alifbosida nashr etilgan edi. Turk olimi Cheval Qoya tomonidan ushbu asar o‘rganilib, 1994-yili Turkiyada chop etildi. U garchi Radlov-Malov nashri asosida Berlin Fanlar akademiyasi va Mayiz fondida saqlanayotgan 20 ga yaqin nusxa parchalarini o‘zaro qiyoslab, asarning mukammal matnini amalga oshirgan bo‘lsa-da, asar tilining murakkabligidan uni turk tiliga tabdil qilmagan. Asar 1986-yili Xitoyda uyg‘ur tiliga tabdil etilgan, ammo N. Rahmonning yozishicha, tabdil ancha erkin bo‘lib, asl matndan uzoqlashgan. O‘zbek olimi asarning Xitoyda uyg‘ur tiliga qilingan tabdili va Cheval Qoya nashrini Radlov-Malov matni bilan o‘zaro qiyoslab, asarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzib chiqdi va qadimiy turk tilidan lotin yozuviga tabdil qildi. Matnshunos olim matn uchun tayanch sifatida Radlov-Malov matnini tanlab, Xitoy va Turkiyada chop etilgan matnlardagi tafovutlarni matn ichida qavsda berib borish prinsipini qo‘llagan. N. Rahmon matnining yana bir xususiyati, har bir matn bo‘lagi o‘zbek tiliga tarjima qilinib tabdil bilan yonma-yon keltirilgan. Olim qo‘llagan prinsiplarni yana shularda ko‘rish mumkin: 1. “Oltun yorug‘”ning asl nusxasidagi satrlar tartibini ko‘rsatish maqsadida har bir satrdagi raqamlar tartibi saqlangan. 2. Hozirgi o‘zbek tilidagi tabdil qadimiy turkchadagi har bir varaqdan so‘ng berilgan. Turkiya yoki uyg‘ur nashrlarida izoh berilmagan o‘rinlarda qavs ichida so‘zlar, qo‘shimchalar kiritilgan. 3. Transkripsiya belgilarini ifodalashda o‘zgarishlar kiritgan (ng o‘rniga ŋ, sh o‘rniga š, g‘ o‘rniga ɤ, til orqa i o‘rniga i, til oldi i o‘rniga ï). 4. Izohlar tartibini asl nusxaning tartib raqamidan ajratish uchun to‘q kursiv bilan berib, ostiga chiziqcha qo‘ygan.19 Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash, farqlarni ilmiy apparatda ko‘rsatib borish, o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanish asosiy prinsiplardir. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzish prinsiplariga quyidagilar kiradi: qo‘lyozmalar va jalb etilgan nusxalarning tavsifini keltirish; barcha qo‘lyozma nusxalarni shartli belgi bilan belgilash; asliyat (original) yozuvini va matn strukturasini saqlash; asarning boshqa nusxalari mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘liq nusxani tayanch matn sifatida qabul qilish; ilmiy apparatni qo‘llash; asosiy matnda yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan nomlash; matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish; barcha jalb etilgan nusxalardagi matnlarni umumlashtirish; matn varaqlarini raqamlab, birinchi betini “a”, ikkinchi betini “b” harflari bilan belgilash. XULOSA O‘zbek matnshunosligi o‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yuksaluv bosqichini kechirdi. Ilk bosqichi VI–VIII yuzyilliklarga to‘g‘ri keladi. Uning izlarini, matnga ilmiy munosabat, tayanch hamda asosli matn tuzish borasida to‘plangan bilim va tajribalarning amaldagi tadbiqini xoqonlar, davlat arboblari, sarkardalar xotirasiga bitilgan ko‘hna monumental matnlarda kuzatamiz. Matnshunoslik tarixida temuriylar davri katta bir yuksalish bosqichi sanaladi. Bu davrda o‘zbek matnshunosligida klassik asarlarni o‘rganish va ularning tayanch nusxalarini yaratish borasida katta yutuqlarga erishildi. Matnshunoslik tarixida ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari ana shu kezlari ishlab chiqildi. Bunga Boysung‘ur mirzo qo‘l ostida Firdavsiy “Shohnoma”sining tanqidiy matni yaratilganligi o‘rnak bo‘la oladi. Xo‘ja Arslonxon Adib Ahmad Yugnakiy qalamiga tegishli “Hibat ul-haqoyiq” asarining yig‘ma matni yaratdi. Ushbu tayanch matnni 1444-yili Samarqandda Zaynulobidin baxshi uyg‘ur xatida tuzib chiqqan. Asarning qolgan nusxalari esa ushbu tayanch matn asosida yaratilgan. O‘tmish matnshunosligining diqqatga sazovor muhim belgisi — an’anaviylik va uzluksizlik, shu sohada to‘plangan bilim va ko‘nikmalar amalda qo‘llab kelingani bilan o‘lchanadi. Hozirgi zamon matnshunosligi o‘tgan asrning 30-yillarida bo‘y ko‘rsatdi. Oz fursatda fanning ilg‘or yutuqlarini egallab, katta mavqega ko‘tarilib ulgurdi. Matnshunosligimizda o‘tgan davr ichida katta ishlar amalga oshdi. Tinimsiz izlanishlar, hozirgi zamon matnshunosligining ilg‘or yutuqlariga tayanilgan bilim va tajribalargina soha kelajagiga yo‘l ochdi. Eski zamonlarda O‘rta Osiyo o‘lkalarida qadimgi xorazmiy, sug‘d, forsiy, arab tillarida yaratilgan manbalarni o‘rganish, ularning ilmiy nashrlarini, tarjimalarini yaratish ham o‘zbek matnshunosligining vazifasiga kiradi. Ilmiy yoki ilmiy-tanqidiy matn tuzishda eng to‘g‘ri va ishonchli yo‘l — matn asli qanday yozuvda bo‘lsa, uni o‘sha yozuvida berishdir. Masalan, arab yozuvli asarning ilmiy matni ham arab yozuvida bo‘lgani yaxshi. Download 51.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling