Kurs ishi mavzu: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash Bajaruvchi
Download 51.95 Kb.
|
Abdurayimova Gulshoda (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning obyekti
- I BOB. QO‘LYOZMALARNI O‘RGANISH VA ULARNI NASHRGA TAYYORLASH 1.1. Ilmiy-tanqidiy matn tushunchasi va uni tayyorlash
Ishning o‘rganganlik darajasi: Mutallibov S.1, Zohidov R.2, Ismoilov M.3, Sultonov I.4 kabi olimlar ilmiy tanqidiy matn faoliyati bo‘yicha bir qancha dissertatsiyalar himoya qilishgan va ilmiy qo‘llanmalar va kitoblar yozishgan.
Ishning vazifa va maqsadlari:Ushbu kurs ishida ilmiy-tanqidiy matn yaratish prinsisplarini va uning dolzarbligini ochiqlash maqsad qilib olingan. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, quyidagilarni o‘z oldimizga vazifa qilib oldik: ilmiy-tanqidiy matn yaratish uslub va prinsplarini yoritib berish va u asosida asarlarni tahlil qilishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish; alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy va adbiy asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari bilan tanishib chiqish, ulardan namunalar keltirish; adabiy asarlarni tahlil qilish va ularni nashrga tayyorlash kabi masalalarni yoritib berish. Ishning obyekti: Ushbu kurs ishiga ilmiy-tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash bo‘yicha adabiyotshunos olimlar tomonidan yozilgan ilmiy maqola va qo‘llanmalar obyekt sifatida olindi. Ishning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikki bobni o‘z ichiga olgan to‘rt qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. I BOB. QO‘LYOZMALARNI O‘RGANISH VA ULARNI NASHRGA TAYYORLASH 1.1. Ilmiy-tanqidiy matn tushunchasi va uni tayyorlash Badiiy asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning nusxalari ko‘p bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilmiy-tanqidiy matn bu – matn tarixini ilmiy o‘rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha tadqiqotchilar uchun qoidaga aylangan asosiy prinsiplari mavjud. Masalan, matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko‘rib chiqishi shart. Ba’zi asarlarning qo‘lyozma nusxalari orasidagi farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday holda ilmiy-tanqidiy matnni tuzuvchi matnshunos barcha nusxalarni kuzatishga majbur bo‘ladi.5 Ko‘p nusxalarga ega manbaning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. Ko‘p nusxalarga ega manba matni ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning qadimiy, ishonchli nusxasi tayanch nusxa sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Jumladan, adabiyotshunos R. Zohid So‘fi Olloyorning “Sabot ul–ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150 dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtayi nazaridan tekshirgan va 25 (15 qo‘lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil obyekti sifatida olgan. Shunisi ahamiyatliki, R. Zohid saralangan 25 nusxani ham muayyan prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga: tayanch nusxa, asos nusxa, yordamchi nusxalarga ajratgan. Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy qimmati yuksak bo‘ladi. P. Shamsiyev jahon qo‘lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat yaratganligini qayd etgan. Xususan, P. Shamsiyev Qozon davlat universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Xamsa”ning XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilingan nusxasining aniqlanishi haqida shunday yozadi: “Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasining topilishi navoiyshunoslikda muhim hodisadir. Chunki u ulug‘ shoir asarining yagona ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo‘lida zarur manba xizmatini o‘taydi, matn tuzishdagi ko‘pgina masalalarni, chigalliklarni hal etishga yo‘l ochadi”6. Ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda matnshunosning asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. Bunday matnni tuzishda barcha jalb etilgan nusxalar matni tanqidiy o‘rganiladi. Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir. Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanadi. Keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘p tomli akademik nashrlar uchun ham ilmiy-ommaviy matnlar tayyorlanadi. Masalan, “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939-yildan boshlab tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, 1939-1940 yillar mobaynida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari ayrim-ayrim bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh, izoh va lug‘atlar bilan, qolganlari esa doston she’rlarining nasriy bayoni bilan kitobxonga taqdim etildi. “Xamsa”dagi dostonlar 1948-yili (“Hayrat ul-abror”dan boshqasi) Navoiy “Tanlangan asarlari” seriyasida ikkinchi marta nashr etildi. Dostonlarning bu nashriga nasriy sharh berilmagan, lekin har birining oxiriga izoh va lug‘at ilova qilingan. 1957-yildan boshlab dostonlarning nasriy ifodali nashrlari qayta bosildi. Bu nashrlarning hammasi ommaviy nashrlar bo‘lgani uchun dostonlar syujetiga bevosita aloqasi bo‘lmagan boblar qisqartirilgan edi. Ayniy S. tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947 yillari ikki bor nashr etildi.7 Ushbu nashrlardan maqsad keng ommani tezroq Navoiy ijodi bilan tanishtirish edi. Haqiqatan ham, “Xamsa”ni keng kitobxonlarga yetkazish omma o‘rtasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutardi. Shuning uchun matnshunoslarimiz oldida matn turlarining xilma-xil shakllaridan foydalanish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Shunday matn shakllaridan biri matnning nasriy bayon shaklini tuzish edi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarali bo‘ldi. G‘afur G‘ulom tomonidan tayyorlangan “Farhod va Shirin”ning ilmiy-ommaviy nashrida asar asl matni va nasriy bayoni yonma-yon berildi. Masalan: Download 51.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling