Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida ertaklarni o'rgatish ishlanma-loyihasi”


B.Tinglatish. Bolalarning diqqatlari tinglashga qaratilish kerak.O’qituvchi,tarbiyachi Ingliz tilidagi ertakni o’qib berishi,fonogrammadan tinglatishi mumkin


Download 38.9 Kb.
bet13/17
Sana29.01.2023
Hajmi38.9 Kb.
#1138698
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdumalikova Shahloning kurs ishisi

B.Tinglatish. Bolalarning diqqatlari tinglashga qaratilish kerak.O’qituvchi,tarbiyachi Ingliz tilidagi ertakni o’qib berishi,fonogrammadan tinglatishi mumkin.
C. Ertakdagi notanish mazmunni tushunishga yordam berish.
D. Zaruriyat tug’ilsa, yanada chuqurroq tushinish uchun ertakni ikkinchi marta tinglatish.
E.Tinglangan ertak mazmunini tushunganlikni tekshirish.
Agar bolalar ertakka qiziqmasalar, unga e’tibor bermaydilar. Professor P. I.Ivanovning yozishicha, bir xil ish protsessida va shu jumladan, o’qish protsessida ham, ihtiyoriy diqqat ihtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ihtiyorsiz diqqat ihtiyoriy diqqatga o’tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydir ertak materialini o’zlashtirishning boshlanishi o’quvchilardan ihtiyoriy diqqat talab qiladi. Lekin ko’pincha, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga o’tib ketadi. Diqqatning bunday o’zgarishi o’quv materiali mazmunining ba’zi xususiyatlari (ma’nodorligi,qiziqarliligi) yoki bayon qilishning xususiyatlari (ko’rgazmali bo’lishi, jonliligi)tufayli sodir bo’ladi. Ixtiyoriy diqqatning ihtiyorsiz diqqatga mana shunday o’tib ketishi bilimlarni o’zlashtirish protsessini ancha yengillashtiradi. Ixtiyorsiz diqqat kishining xatti-harakati va ichki hayajoni bilan aloqador bo’lib, ifodali o’qish yoki hikoya qilish materialidan ta’sirlanish va unga qiziqish natijasida hosil bo’ladi. Bolalarning aktiv va ixtiyoriy diqqati ma’lum darajada mustahkamlanib, intilishlari muayyan yo’nalishga tushganidan keyin o’qituvchining ishi birmuncha yengillashadi. Keyinchalik bolalarda ijtimoiy xarakterdagi his-tuyg’u paydo bo’ladi, ularda kollektiv manfaatini o’z manfaatidan ustun qo’yish, o’rtoqlariga yordamlashish, maktab jamoat ishlarida ishtirok etish kabi istaklar paydo bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarni ertakni tinglashga tayyorlashdan oldin kirish suhbati o’tkazadi, bunda o’quvchilarning istaklarini, o’z bilimlarini boyitishga bo’lgan intilishlarini hisobga oladi. O’qituvchining ifodali o’qishdagi singari, ertak g’oyasiga mos tushadigan intonatsiya vositalaridan foydalanishi katta ahamiyatga ega.



Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling