Kurs ishi mavzu: “Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati, uning tarixini vujudga kelishi” Bajardi: Tekshirdi


Iqtisodiyot fanining tarixi va vujudga kelishi


Download 80.6 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi80.6 Kb.
#1477657
1   2
Bog'liq
2 5388864194634320605.,..

Iqtisodiyot fanining tarixi va vujudga kelishi.

Iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая еория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi (oikos, "uy") + νόμος(nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi  (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko'pgina maktab va yo'nalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom o'zgarishda bo'lgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shug'ullanadi.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini o’rganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan o’rganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan O’zbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy o’quv yurtlarida o’rganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo’jalik yuritish asosida o’z ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda o’rganadi. Uning tadqiqot ob’yekti iqtisodiy hodisalar bo’lib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, o’simlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga ta’sir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi o’z predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qo’llagan holda o’rganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri o’z o’rniga ega bo’lishini, ular bir-biriga ta’sir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik o’rniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun bo’lishini hisobga oladi; insonning xo’jalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham ta’sir etishiga e’tibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati bo’lmasada, mavjud bo’laveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida bo’la olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi o’zgarishlar tabiatdagi o’zgarishlarga qaraganda g’oyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo o’zgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz o’zo’zidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni ob’yektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita o’rganmasada, uning iqtisodiyotga ta’sirini chetlab o’tmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar ta’sirini inobatga olib o’rganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning ta’siridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni o’rganmasada, uning iqtisodiyotga ta’siri bilan shug’ullanadi, chunki to’g’ri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha bo’lganda esa unga salbiy ta’sir o’tkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol ta’sir etadi. Shu ma’noda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni o’rganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni o’rganishda qo’llaniladigan na-zariy bilimlar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga bo’lib o’rganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar ta’riflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
G’arbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh o’rin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga ta’sir etuvchi o’tkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar ta’riflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash bo’lmasa g’oyat ko’p, tartiblanmagan faktlar orasida o’ralashib qolib nazariy xulosa qilib bo’lmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qo’llanilganda ayrim hodisalarni o’rganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga o’tiladi. Deduktiv usul qo’llanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga o’tiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qo’llanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qo’llaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy o’zgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular o’rtasidagi aloqa bog’lanishlar ham miqdoran o’lchanadi, ularning naqadar o’zgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qo’llanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi bo’lishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz bo’lish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch bo’lish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga ko’maklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U G’arbda paydo bo’lsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy g’oyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu o’rinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) o’zining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615 y.) qo’llagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan so’ng fiziokratlar maktabi paydo bo’ldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli o’rin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod bo’lib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va ob-ro’li oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy o’rinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yo’nalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yo’nalish bo’lib, uning o’zi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga bo’linadi.
Ikkinchisi — keynechilik yo’nalishi bo’lib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yo’nalish bo’lib, uning ko’zga ko’ringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega bo’ldi, chunki uning tavsiyalari ko’pchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda o’zining amaliy ifodasini topdi.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muxim o‘rin egallaydi. Insoniyat o‘zining ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir xolda shular tufayli davlat va xalqaro ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalar har tomonlama chuqur o‘rganish, taxlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlarini ajratib olib, xozirgi davrda, ya’ni xayotga tadbiq etish nixoyatda ham nazariy ham foydalidir.
Chunki ulardan ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan bo‘ladi. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiyot mutaxassislari tayorlashda muxim fan sifatida o‘rganiladi. Iqtisodchi bakalavr yo‘nalishida bu fan uchun o‘quv rejalarida 54 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, uning 36 soati ma’ruzalardir. Kafedra tomonidan tayorlangan va qabul qilingan namunaviy dastur bo‘yicha o‘nta mavzu berilgan. Ushbu dastur asosida ma’ruza matnlari tayorlandi, kafedra a’zolaridan kat.o‘q.Saipova M.P. ass.Usmanova K.A. kafedra mudiri dots.Xasanov R.S. lar ishtirok etishdi. Yordamchi materiallarni tayorlashda prof. Kadirov M.A. ham qatnashdi.
Ma’ruzalar matnida qadimdan, to xozirgi davrgacha paydo bo‘lgan iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash va bilimlarning mazmuni, mohiyati, ularning evolyusiyasi (rivojlanishi) va bugungi kundagi ahamiyati mantiqiy va tarixiy ketama-ketlik va namunaviy dastur asosida ifoda etiladi. Mustaqil O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi yoritilgan. Keltirilgan materiallarda mavzu, unga oid reja, rejadagi savollarga qisqacha javob, muxim tushuncha va matnlar ro‘yxati shaklida tuzildi. Adabiyotlar ro‘yxati oxirida (asosiy va qo‘shimcha) to‘laroq shaklda berildi. 5 1- mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati davridagi iqtisodiy bilimlar Reja 1. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash. 2. Qadimiy sharq mamlakatlarida iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. 3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy qarashlar. 4. Arab va g‘arbiy yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar. 5. IX-XV asrlarda o‘rta osiyodagi iqtisodiy fikrlar. 6. Xulosa. Tayanch ibora va tushunchalar Konfutsiylik; boylik taqsimoti; legistlar; daosizm; "Manu qonunlari"; "Artxoshastra"; "Buyumning qiymati"; sudxo‘rlik; "Gapiruvchi qurollar"; "Ekonomika"; "Xrematistika"; "Buyuk Ipak Yo‘li"; A.Temur davrida yer egaligining besh ko‘rinishi; A.Navoiy savdogarlarning ikki guruxi va boylikni orttirishning ikki yo‘li to‘g‘risida. 1 "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" fanning predmeti bo‘lib, ma’lum davrlardagi u yoki bu sinflar ijtimoy qatlamlar insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayoni xisoblanadi. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to xozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash nazariya va bilimlarni o‘z ichiga oladi. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq.
Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi. Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar boyligi" asarida asosan to‘la taxlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muximi xayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat q‘olmaydi. 6 Bu fanni o‘rganish metodologiyasi asosida tarixiylik, ob’ektivlik va dialektik usuli yotadi. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Xozircha eng makbo‘l usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilgor boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha (masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda. 2. Qadimgi sharq mamlakatlarda iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jaxon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan qadimgi sharqdan izlamoq mantiqan to‘g‘ridir. Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan boglangan ammo xozirgi paytda qul yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina taxlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy bilimlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boglanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Yevfrat daryolari oraligida) va Misrda eramizdan avvalgi 1V ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi. Metall kurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida intensif ko‘p xollarda sugorma dexqonchilikka o‘tildi. Shu asosda nisbatan turgun qo‘shimcha maxsulot olish imkoni tugilgan. Oqibatda jamiyatda mexnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina xunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo‘ldi. Bu davrda qo‘shimcha maxsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dexqonlarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta soliq olish (Osiyo) bo‘lsa, qullarni (Davlat yoki xususiy) beayyov ishlatish bilan (Evropa) katta boylik ortirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, ayrim "Erkin" axolining axvoli qularanikidan deyarli farq qilmagan (umuman sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi xali o‘zul-kesil xal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko‘pgina olimlarning fikricha, sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo‘jaligida ustun bo‘lgan. Sharq, jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexqonchilik, qurilish sohasida qullar mexnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G‘arbiy Yevropadagi) ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, gretsiyaning ayrim 7 shaxarlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O‘z maxsulotini mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya). Qadimgi Misrdan farqli ravishda mesopatamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu-bobil (Vavilon) da podsholik qilgan hammurapi qonun to‘plamlari (jami 282ta) diqqatga sazovar. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatta qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mexnatsiz daromat topishga qarshi ko‘rashilgan. Qarzni qarz xisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jixatdan jazolangan. Bu qonunlar tuplami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko‘rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi xindistonning "Manu qonunlari "da (e.a.1V-111 asrlar) ijtimoiy mexnat taxsimotining xukmronligi va buysunush institutlarining mavjudligi aytiladi. Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik "Artxashastra"dir (e.a.1V-III asrlar oraligida) unda qulchilikni mustaxkamlash asosiy vazifa qilib kuyilgan. Asarda "Buyumning qiymati" muammosi, qiymat miqdori, davlatning boshqarish bo‘yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan.
Qadimgi Xindistonda yaratilgan "Veda"larda bir qancha muxim iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalari Konfutsiy yoki Kun-Szi (e.a. 551- 478 y y.) va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo‘lib, tabiiy xuquq nazariyasi ilgari suriladi. Ularda mexnat taxsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va xunarmandlar mulki o‘rtasidagi boglanish, iqtisod va qonun masalalariga bagishlanadi. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik (Zaroastrizm) dinning (islomgacha) mukaddas kitobi bo‘lgan "Avesto" (asli "Ovesta")da ham muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.
Jumladan, sun’iy sugorish asosida dexqonlik yuritish, ona tabiatni ezozlash, xayvonlarni asrash, noo‘rin suymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron, markaziy Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan. 8 Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy axvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta) lar paydo bo‘lganligi ayondir, ular koxinlar, xarbiylar, chorvadorlar va xunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Axoli ko‘proq yarim kuchmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstesiv chorvachilik yetakchi edi. 3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar. Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. U axolini uch toifaga ajratgan: 1.Faylasuvlar-davlatni boshqaruvchilar. 2. Xarbiylar - davlatning boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib ular biror mulk egasi xuquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo‘lishi kerak . 3. "Qora" toifa - dexqon, xunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak. Bu olimning mexnat taksimoti tovar, pul va savdogarlarning ajralib chikishi, o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrni usha davr uchun buyuk kashfiyot - deb baxolash mumkin. Ammo aflotun qulchilikka asoslangan natural xo‘jalikni ximoya qildi, pul funksiyasini maomala doirasidagina deb bilishga xarakat qildi.
Pulni jamiyatdagi dushmanchilikning bosh sababchisi deb bildi. Agar osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro‘y bergan, natural xunarmandchilik-dexqonchilik xo‘jaligi qullangan, ammo bu davr oxirida sudxurlik ham qo‘llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofond jamgarmasi) funksiyasi tan olingan. U sudxurlik operatsiyalarini inkor etdi va baxolarni me’yorida saklash yo‘li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fukarolar deb tan olmadi va ular biror toifaga kiritmadi. Shunday qilib, aflotun o‘zinig ideal, ya’ni bakamu-ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saklash tarafdori edi. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengrok va chuqurrok anglab yetdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi va qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir biri bilan solishtirilishi mumkin degan xato xulosaga keldi. Rim (xozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi.osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin soxibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dexqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo sudxurlik jamiyati qullangan (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, isloxotlar (grakxlar) yo‘li boshlandi. Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq maxsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy 9 g‘oyalari Varron, Qolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‘rsatilgan. 4. Arab va G‘arbiy Yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom akidalari ijobiy ta’sir etdi. Kur’oni Karim va xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun - qoidalar "Xidoya" va shu kabi boshqa fikr keng o‘rganildi, amalga oshirdi, natijada muxim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Mexnat, ayniqsa qishloq xo‘jaligi xunarmandchilik va savdo qo‘llab - quvvatlandi. Isrovgarchilik, mexnatsiz daromat, ayniqsa sudxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi. Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g‘oyalari nixoyatda muximdir, u o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi, oddiy va murakkab mexnat, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot, tovarning iste’mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta’riflab beradi, ayirboshlash tamoyirini (sarflangan mexnatning yarimi) to‘g‘ri talqin etdi, sarflangan mexnat bilan birga shu tovarning odamlarsha zarurligi ham muximligini ta’kidladi. Uning asarlarida mexnat taksimoti, tovar pul munosabatlari, soliq tizimining xalq farovonligi ta’siri asosan to‘g‘ri taxlil etib berilgan. G‘arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo‘lsa ham, uning rivoji tezroq bo‘ldi. Dexqonchilik umuman qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lishiga qaramay, xunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mexnat taksimoti tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda garbda natural xo‘jalik (iste’mol qiymati ishlab chiqarish) qullangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun’iy boylik deb qaralgan. "Adolatli baxo" masalasi ko‘tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muxim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, f. Akvinskiy "Adolatli baxo" masalasini naf va manfaatlar tengligini asosida hal etdi. Protsent (foizni) oqlaydi, uni qo‘llaydi va tavakkalchilik to‘lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo‘llaydi, uning ekpluatatorlik mohiyatini inkor etadi. Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda ham dexqon mexnati - boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi. Natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar pul munosabatlariga ayniqsa savdoga qarshi g‘oyalar ko‘p edi. 5. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyodagi iqtisodiy g‘oyalar. O‘rta Osiyoda dastlabki uygonish davrida olamga mashxur donishmandlar yetishib chikdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to‘g‘ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-kitob muammolari ko‘tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g‘oyalar vujudga keldi. Bu yerda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab 10 chiqarish bilan birga savodga ham e’tibor berildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya’ni muamola sohasi) bilan bog‘liq ekanligi aytildi va "Buyuk Ipak Yo‘li" ni avj oldirishga ahamiyat berildi. Jaxonda birinchi marta byudjet (davlat xazinasi), kirim-chikim daftari, xisob-kitob, maosh, soglik, taksimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko‘tarildi. Soglik tizimi daromad katta yordam berdi, ya’ni soglik daromadning o‘sishiga xalaqit bermagan. Bu davlatda iqtisodiy g‘oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha yuksaklikka ko‘tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) kallob va tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin soxibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa yer, suv munosabatlarida muxim g‘oyalar bo‘lgan, masalan, yangi yer olganlar dastabki uch yil dovamida soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal qilinganligi juda muxim narsa bo‘lib, u rivojlanishning bosh omili edi. Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik va birlikning ahamiyati tushinib yetilgan (A.Navoiy). Xulosa Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari e.a. 2-ming yillikka to‘g‘ri keladi, ko‘proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma’lum darajada birinchi iqtisodiyot mushoxadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshlagan. Qullikka asoslangan natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llabquvvatlangan, boylikning asosiy manbai mexnat deb xisoblangan Xindistonda "Buyumning qiymati" ni "ish kunlari" bilan belgilash, maxsulotning bozor baxosi bilan uning tabiiy o‘iymati o‘rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko‘tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo‘llab - quvvatlangan. Feodal yer egalari davrida natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaxarlar soni o‘sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo‘lgan krepostnoylikka o‘tildi. Avvalgi davrdagi natural xo‘jalik ishlab chiqarishni (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo‘nalish xal qiluvchi), iste’mol qiymatlarini yaratish baribir asasiy maksad bo‘lgan va shu g‘oya ximoya etilgan, mexnat qurollari takomillashgan davrda bu tabiiy bir xol edi. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamalakatlari iqtisodiyotiga Islom aqidalari faol ijodiy ta’sir etdi.
Download 80.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling