Kurs ishi mavzu: Iqtisodiy tahlil turlari va ularning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli


«Iqtisodiy tahlil»ning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o'rni


Download 95.83 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi95.83 Kb.
#1014030
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Iqtisodiy tahlil turlari va ularning ishlab chi

1.2. «Iqtisodiy tahlil»ning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o'rni

«Iqtisodiy tahlil» iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi mustaqil


fandir. «Iqtisodiy tahlil» xo'jalikni samarali, maqsadli boshqarish
uchun zarur bo'lgan ma'lomotlami beradi, barcha yashirin imkoniyatlami topib, ulami xo'jalik faoliyatiga jalb etishda, asosiy
dastak bo'lib xizmat qiladi, oqibatda, korxonaning rivojlanishiga
olib kelib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalami hal qilishda muhim rol
o'ynaydi. Shuning uchun o'quvchi iqtisodiy tahlilning mazmunmohiyatini va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligini yaxshi o'zlashtirib olgan bo'lishi kerak. Iqtisodiy fanlar bo'lib, iqtisodiy nazariya, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, statistika, moliya, kredit, audit, buxgalteriya hisobi va boshqa fanlar hisoblanadi.
Iqtisodiy nazariya iqtisodiy kategoriyalarni, ya'ni qiymat, tovar,
ish haqi, mehnat unumdorligi, foyda kabi kategoriyalar haqidagi
tushunchalarni hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bayon
qiladi.

Uning qonuniyatlari va metodologiyasi barcha iqtisodiy fanlar


uchun, shu jurnladan, «Iqtisodiy tahlil» uchun ham metodologik
asos hisoblanadi. «Iqtisodiy tahlil» o'z navbatida iqtisodiyotda sodir
bo'lgan va bo'layotgan jarayonlarni chuqur o'rganish bilan
«Iqtisodiy nazariya» fanining rivojlanishi uchun a~os yaratib beradi.
«Iqtisodiy tahli1» bevosita «Statistika» fani bilan ham uzviy
bog'liqlikda bo'ladi. «Statistika» jamiyatning barcha tomonlarida
va shu jumladan, korxonalar faoliyatida sodir bo'lgan va
bo'layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko'rsatkichlarni hisoblash usullarini o'rgatadi. «Iqtisodiy tahlil» esa
ulardan tahliljarayonida keng foydalanadi. Statistik hisobot ma'lumotlari - iqtisodiy tahIilda axborot manbayi hisoblanadi. Xullas, statistik usullai va statistik ma'lumotlar iqtisodiy tahlilda keng
qo'llaniladi. Iqtisodiy tahlil ma'lumotlari statistik ko'rsatkichlarni
takomillashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi.
<liqdir. Iqtisodiy tahlil buxgalteriya hisobining mantiqiy davomi
bo'lib hisoblanadi. Vmuman olganda, tahlil buxgalteriya hisobi
ncgizida yuzaga kclgan fandir. «Buxgaltcriya hisobi» xo'jalik faoliyatining barcha tomonlarida sodir bo'lgan operatsiyalarni schotlarda hisobga olish va ularni umumiashtirgan holda hisobotlarda
aks ettirish bilan shug'ullanuvchi fandir.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma'lumotlar asosida iqtisodiy tahlil sodir bo'lgan jarayonlami hamda natijalarini o'zaro
bog'lagan holda o'rganadi. Natijada, u buxgalteriya hisobi va hisobot
ko'rsatkichlarini takomillashtirish to'g'risida fikrlar beradi. Iqtiso:-
diy tahlil ma'lumotlariga asosan, boshqaruv qararlari qabul qilinadi, unda jarayon natijalariga baho beriladi. Demak, iqtisodiy
tahlil va boshqaruv orasida ham bevosita bog'liqlik mavjud. < moliya va kredit, audit va boshqa iqtisodiy fanlar
bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Bu esa fanlarning o'zara
bog'liqligini kengaytirib, mazmun-mohiyatini boyitadi.


Download 95.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling