Kurs ishi mavzu: magnit maydonida qutblanish tekisligini burilishini õrganish
-rasm. Qutblanish tekisligi,tebranishlar tekisligi
Download 0.56 Mb.
|
MAGNIT MAYDONIDA QUTBLANISH TEKISLIGINI BURILISHINI ÕRGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Qutblanish jarayoni
1-rasm. Qutblanish tekisligi,tebranishlar tekisligi
Soddalik uchun tebranayotgan elektr dipoli nurlanishini qarasak, u turli tomonga elektromagnit to‘lqinlar chiqarishini – bunda elektromagnit nurlanish yo‘nalishi ga perpendikulyar, dipol o‘qi tekkisligida kuchlanganlik vektorining tebranishini ko‘ramiz. Magnit maydon kuchlanganlik vektori nur va ga perpendikulyar tekislikda tebranadi. Qutblanish hodisasini to‘la yoritish uchun to‘g‘risida fikr yuritish etarlidir. Buning sababi, birinchidan, Maksvell nazariyasiga binoan tebranayotgan tekkislikka perpendikulyar tekislikda albatta ham tebranadi, ikkinchidan moddalarga ning ta’siri ta’siridan ko‘ra ko‘proq bo‘lar ekan. – yorug‘lik vektori deb ataladi.[3] Yorug‘lik manbaining o‘lchamlari qanchalik kichik bo‘lmasin, undagi «nurlangichlar» soni nihoyat ko‘p bo‘ladi. Boshqacha aytganda, har onda manbadagi milliardlab atomlar to‘lqin nurlanishni tugallasa, milliardlab atomlar to‘lqin chiqarishni boshlaydi. Demak, biror jism nurlatayotgan yorug‘likda yorug‘lik vektori turli yo‘nalishlarda bir xil ehtimollikda tebranadi ning turli yo‘nalishlarda bir xil taqsimlanganligi nurlanayotgan atomlar soning ko‘pligidan, amplituda qiymatlarining tengligi har bir atom nurlanish intensivligini bir xilligidan kelib chiqadi. 4-rasm. Qutblanish jarayoni [12] Tabiiy nurning yo‘liga tekisliklari o‘zaro burchak hosil qiladigan ikki qutblagich qo‘yamiz. Birinchi qutblagichdan chiqqan yassi qutblangan yorug‘likning intensivligi tabiiy yorug‘lik intensivligining yarmiga teng bo‘ladi. Malyus qonuniga ko‘ra ikkinchi qutblagichdan intensivligi bo‘lgan yorug‘lik chiqadi. SHunday qilib, ikki qutblagich orqali o‘tgan yorug‘likning intensivligi quyidagiga teng: . (1) Maksimal intensivlik ga teng bo‘lib, u =0 bo‘lganda (qutblagichlar parallel bo‘lganda) hosil bo‘ladi. = bo‘lganda intensivlik nolga teng – to‘g‘ri burchak ostida kesishgan qutblagichlar yorug‘likni o‘tkazmaydi.(4-rasm) Yorug‘likning tarkibida biror yo‘nalishdagi tebranishlar boshqa yo‘nalishlardagi tebranishlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, bunday yorug‘lik qisman qutblangan deb yuritiladi (3.b-rasm). Bunday yorug‘likni tabiiy va yassi qutblangan yorug‘liklarning aralashmasi deb qarash mumkin. Agar qisman qutblangan yorug‘lik qutblagich orqali o‘tkazilayotgan bo‘lsa va asbob nur yo‘nalishi atrofida aylantirilsa, o‘tgan yorug‘likning intensivligi bilan qiymatlar oralig‘ida o‘zgarib turadi, shuning bilan birga bu qiymatlarning biridan ikkinchisiga o‘tish = burchakka burilish bilan amalga oshadi (bir marta to‘la aylanishda ikki marta maksimal va ikki marta minimal qiymatga erishiladi). (2) ifoda qutblanish darajasi deb ataladi. Yassi qutblangan yorug‘lik uchun =0 va =1; tabiiy yorug‘lik uchun va =0. vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda sodir bo‘ladigan yorug‘lik yassi (chiziqli) qutblangan yorug‘lik deyiladi (3.v-rasm). Yuqorida ko‘rib o‘tilgan davriy tebranayotgan dipoldan nurlanayotgan elektromagnit to‘lqin yassi qutiblangan yorug‘likka misol bo‘la oladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan nurlanayotgan atomni xar doim dipolning tebranishiga keltirib bo‘lmaydi. Dipol nurlanishidan tashqari kvadrupolp va boshqa multipollikdagi nurlanishlar mavjud. Bu holda nurlanayotgan yorug‘lik bitta tekislikda tebranayapti deb bo‘lmaydi va uni endi perpendikulyar tekisliklarda qutblangan, faza jihatdan siljigan ikkita tebranish yig’indisi sifatida qarash mumkin. Eng oddiy holda bunday nur aylana, umumiy holda esa ellips bo‘ylab qutblangan bo‘ladi, ya’ni vektor aylana yoki ellips chizadi.[4] Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling