Kurs ishi mavzu: “maktabgacha ta’lim muassasalarida sport mashg’ulotlari va tuzrizm”


Download 116.36 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi116.36 Kb.
#1537859
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasmen


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA
JISMONIY TARBIYA VA SPORT YO’NALISHI
550-22-GURUH 1-BOSQICH TALABASI
ABDUVALIYEVA JASMINANING
“MAKTABGACHA TA'LIMDA JISMONIY TARBIYA
METODIKASI” FANIDAN




KURS ISHI
MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT MASHG’ULOTLARI VA TUZRIZM”





Bajardi: Abduvaliyeva J.
Qabul qildi: Xolova Sh.M.


JIZZAX-2023


MAVZU:”MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASINING VOSITALARI”
REJA:
KIRISH
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash shakllari;
3. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
4. Jismoniy tarbiya vositalariga umumiy tavsif;
5. Gigiyenik omillar;
6 Tabiatning tabiiy kuchlari;
7 Jismoniy mashqlar;


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotgani, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko’p qirrali muammosining muhim yo’nalishi har bir kishida o’z sog’lig’i to’g’risida o’zi qayg’urish madaniyatini singdirishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori 9-bandiga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o’rinlarda — Institut) etib qayta nomlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g’ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo’lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor. O’zbekiston iqlimi sharoitida bolalarni jismoniy rivojlantirilishiga moslashtirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.

Download 116.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling