Kurs ishi Mavzu: Narx va daromadlar o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri


Download 28.32 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi28.32 Kb.
#104825
Bog'liq
Feruza iqtisodiyot nazariya kurs ishi



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus

Ta’lim Vazirligi

Guliston Davlat Universiteti

Iqtisodiyot” Kafedrasi

Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan

Kurs ishi

Mavzu: Narx va daromadlar o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.

Bajardi: Ijtimoiy Iqtisodiyot fakulteti

72-19 guruh talabasi

Abdullayeva Feruzaxon

Tekshirdi: Mamajonova S.

Kurs ishi taqrizga Kurs ishi taqrizdan

Topshirilgan sana qaytarilgan sana

__”_______2020 “__”_______2020



Kurs ishi himoya qilingan sana: Komissiya a’zolari

__”______2020 __ ______________



Baho “__” __ _______________

Guliston-2020

MUNDARIJA

KIRISH

ASOSIY QISM

1.Narxning mazmuni , uning turlari va vazifalari

2.Iste’molchi tanlovi nazariyasi

3.Daromad—iste’mol chizig’i

4.

KIRISH

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va

bu bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik

tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi.

Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash

uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab

yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va

xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi

talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat

olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan

tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga

bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim

omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim

tovarlar ( un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar)

iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi.

Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq

mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan

talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho

tovarlarni sotib olishuchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab

qilinadi.

Prezidentimiz Islom Karimov 2013 –yil yakunlari va 2014 – yilga

belgilangan ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida aholi

daromadlari va iste’mol xarajatlariga alohida to’xtalib o’tdi.


“2013 – yilda xalqimizning real daromadlari 16 % ga ortdi, o’rtacha

oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20,8 % ga ko’paydi.


2013 – yilda 2000 – yilga nisbatan aholimizning iste’mol xarajatlari

9,5 barobar ortganining o’zi ko’p narsadan dalolat beradi.

3

So’nggi paytlarda jon boshiga to’g’ri keladigan eng muhim oziq –



ovqat tovarlari bo’yicha iste’mol hajmi muttasil ortib bormoqda, ayni

vaqtda nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun

to’lanadigan sarf – xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko’paymoqda.”

Bundan kelib chiqqan holda daromadning o’zgarishi natijasida I’stemolchining han talabiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. U holda talab va takliflar o’zaro narxga bog’liq xolda bozorga kiradi va iste’molchilar daromadlariga va narxlarga asosan o’z extiyojlarini qondirishga harakat qilishadi.

Yuqoridan kelib chiqqan holda men o’z kurs ishimni “ Narx va daromad o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri “ mavzusini tanladim va ushbu mavzuga doir quyidagi masalalarni tahlil qilishga harakat qildm.

-----narxning mazmuni, uning turlari va vazifasi

-----iste’molchi tanlovi nazariyasi

-----daromad- iste’mol chizig’i



Narxning mazmuni ,uning turlari va vazifalari

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.



Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.

Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.

Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi.




Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling