Kurs ishi mavzu: O'lchashlar biriligini ta'minlash va etalonlar
O‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
Download 48.3 Kb.
|
O\'lchashlar biriligini ta\'minlash va etalonlar.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
ILAC – International Laboratory Accreditation – Akkreditatsiya labaratoriyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro printsipial forum. ILAC shuningdek davlatlarga o‘zlarining shaxsiy akkreditatsiya laboratoriyalarini rivojlantirishi jarayonida maslaxatlar va yordam beradi. Ushbu davlatlar esa ILAC ga a’zo sifatida kirish xuquqiga ega bo‘ladi. OIML- The International Organisation of Legal Metrology- Xalqaro legal metrologiya tashkiloti. Butun dunyo texnik strukturasini rivojlantirish tashkiloti bo‘lib, u o‘z a’zolariga milliy va regional ishlab chiqarishda talablar qo‘yish va legal metrologiya ilovalari uchun o‘lchov uskunalaridan foydalanishda metrologik yo‘l boshlovchilik qiladi. IUPAP- The International Union of Pure and Applied Physics – Xalqaro oddiy va amaliy fizika birlashmasi. 1923-yilda tashkil topgan. 2008-yildan uning tarkibida 48 ta fizik birlashmalar mavjud. U o‘z ishini 20 ta komissiyaga bo‘lgan xolda tashkil kiladi. Ulardan biri Standartlar, Birliklar, Nomen-klatura, Atom va Asosiy konstantalar komissiyasidir. IUPAC – The International Union of Pure and Applied Chemistry – Xalqaro oddiy va amaliy kimyo birlashmasi. Butun dunyo bo‘yicha kimyo ilmini rivojlantirishga maslaxatlar beradigan xalkaro nodavlat tashkilot. IUPAC 1919-yilda tashkil topgan. Unda 8 ta bo‘lim(division) mavjud. 4.1-rasm. Dunyo miqyosidagi mintakaviy metrologiya tashkilotlari
Download 48.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling