Kurs ishi mavzu: O’zbek musiqa teatri «halima»
Birinchi musiqali teatri to‘garaklari
Download 45.89 Kb.
|
UMARALIYEV G\'AYRATBEK JOHON
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’ULOM ZAFARIY VA UNING «HALIMA» ASARI HAQIDA SHARHLAR
- HALIMA” HAQIDA TOSHPO’LAT TURSUNOV SHARXI
Birinchi musiqali teatri to‘garaklari
O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida yuqorida nomlari keltirilgan musiqa guruhlari, konsert ansambllari, drama to‘garaklarining hissalari katta va anna shular musiqali drama teatrlarining asosiy tashkilotchilari hisoblanadilar. O‘zbek musiqali drama teatrlarining tashkil topilishida Farg‘onada tashkil etilgan yoshlar drama to‘garagi alohida e’tiborga loyiqdir. To‘garakning chiqishlari o‘sha davr talabiga ko‘ra tuzilardi. Masalan; tomoshabinlarni diqqatini o‘ziga jalb etish uchun namoyishlardan oldin konsert nomerlari qo‘yilardi. Konsertdan keyin kichik musiqiy lavhalar qo‘yilardi. Bular «Biz ishchimiz», «Hoy ishchilar», «Kapital» va boshqalar. Barcha chiqishlarning so‘zlari va kuylari Hamza tomonidan ijod qilingan. Namoyishlarda o‘zbek klassik qo‘shiqlari, xalq kuylari, hazil qo‘shiqlari ijro etilib shu bilan birga qatnashchilarning mahoratlari ham oshardi. Kuy va she’rlarning mazmunida ommani savodli bo‘lishga chaqirish, ozod mehnatni, do‘stlikni targ‘ibot etish va musiqali dramalar yordamida ozod xalqni ma’rifatga davat etish muammolari turar edi. Turkistonning barcha viloyatlarida 20-30 yillar davomida: Andijonda, Buxoroda, Xorazmda, Qo‘qonda havaskorlik musiqali teatrlar guruhlari tashkil etila boshladikim keyinchalik bu guruhlar professional teatr guruhlariga aylandilar. Bu jamoalar dramatik asarlar bilan bir qatorda musiqali-spektakllarni ham sahnalashtirar edilar. «Arshin mol-alan», «Layli va Majnun», «Er va Xotin», «U bo‘lmasi, bu bo‘lsin» nomli asarlar shular jumlasiga kirib bu spektakllarga asosan Uzeir Hojibekov musiqalar bastalagan. Bu spektakllar ham o‘zbekcha va ham ozorbayjon tillarida ijro etilgan. G’ULOM ZAFARIY VA UNING «HALIMA» ASARI HAQIDA SHARHLAR G’ulom Zafariy XX asr boshida jadidchilik ma’rifatparvarlik harakatida faol qatnashadi, adabiyot, dramaturgiya, teatr san’ati sohasida faol ijodiy ish olib boradi. 1914- yilda «Turon» truppasiga havaskor aktyor bo’lib kiradi... G’ulom Zafariyning «Halima» musiqali dramasi o’sha davr madaniy hayotida katta voqea bo’lgan edi. Dastlab bu musiqali drama opera deb atalardi. Olim, adib, dramaturg Abdurauf Fitrat G’ulom Zafariyning o’zbek teatridagi o’rnini nihoyat to’g’ri belgilab, zo’r muvaffaqiyat bilan o’tgan «Halima» musiqali drama-operasini tomosha qilib, o’z taassurotlarini «Ishtirokiyun» gazetasining 1920-yil 29-sentabr sonida quyidagicha yozgan edi: «O’z hayotimizdan olinib, o’zbek kuylarida opera yaratmoq haligacha bo’lmagan edi. Shuning uchun bu kecha bir sinov bo’ldi. O’z kuylarimiz, o’z cholg’ularimiz bilan opera qo’ya olurmi?, «Halima»ni ko’rgandan so’ng unga javob olur edik. G’ulom Zafariyda yozuvchilarimizda topilmagan yangi xosiyat bor. G’ulom milliy musiqalarimizni yaxshi biladi». G’ulom Zafariy ijodi va uning «Halima» asari haqida bundan oshirib baho berish mushkul». Mamajon Rahmonov, «Ma’rifat qurboni», “HALIMA” HAQIDA TOSHPO’LAT TURSUNOV SHARXI G’ulom Zafariy faoliyati faqatgina taqdirlashga loyiq merosgina bo’lmay, avvalo, o’zbek teatrinig jonli hayoti, uning tug’ilish davri jarayoninig ajralmas muhim bo’lagi bo’lib, “Halima” asari esa birinchi o’zbek musiqali dramasigina emas, bir vaqtda teatrga tomoshabin mehrini orttirgan, aloqasini mustahkamlagan, o’zbek teatr sahnasi, ungayigirmanchi yillarda qadam qo’ygan ijrochilar uchun ijro maktabi, Hamza nomli teatrning o’sha kezlari talqinida hayotiylik uchun izlanishlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi. “Halima” asari eng muhim jumboq musiqali drama o’zbek teatri uchun qonuniy xolmi, bordi-yu javob ijobiy bo’lsa, uning yaratish yo’llari qanday bo’ladi, degan savolga javob beradi… bu muxim muammoni “Halima” musiqali dramasi hal etdi. Gap bu yerda prinsipial masalalar ustida boradi. Zotan, ko’pincha janr e’tibori bilan “Halima”ni musiqali drama ekaniga mensimayroq qarash xollari ham bor. Bunday qarash keyinchalik paydo bo’lgan xulosa chunonchi, “Halima” maxsus yuzilgan musiqaning emas, balki xalq musiqasining hisobiga vujudga kelgan asar. Lekin o’sha davrda bundan boshqa yo’lning o’zi yo’q edi va o’zbek musiqali darama janri yigirmanchi, hatto o’ttizinchi yillarda ham shu yo’ldan bordi. Demak, o’zbek musiqali dramasining shakllanish yo’lini “Halima” asari belgilab bergan. Bu masalaning birinchi tomoni, ikkinchisi “Halima” o’sha yo’l bilan bo’lsa ham tugal musiaqli drama asari edi. Muhimi shu.G’ulom Zafariy pyesa musiqasini bilimdonlik, did bilan tabdil yo’lida shakllantirdi. Yana bir gap. G’ulom Zafariy o’zbek xalq klassik merosining kuchli tomoni, undagi teran muhokama va emotsional kayfiyat vujud etuvchi dramatizm, tug’yon, teatral elementlarni amalda birinchi bo’lib sezdi va teatr janriga olib kirdi. Toshpo’lat Tursunov. G’ulom Zafariy va teatr. “Sovet O’zbekistoni san’ati” j-li. 1979 yil. 4-son ...Muzaffar Muhamedovning guvohlik berishicha «Halima» «dastlab bittagina maktab daftarchasiga yozilgan uch ko’rinishli insenirovkaga o’xshagan kichkinagina asar bo’lib, ikki-uchtagina ashulasi bor edi». Shu bois pyesani maromiga yetkazishda Uyg’urning qanchalik hissasi borligini anglab olish qiyin emas. Buning ustiga bu yerda gap milliy teatr uchun mutlaqo yangi bo’lgan janr muzikali drama ustida boradi. «Halima»ning sujeti va ayniqsa, ikki yoshning sotsial tengsizlik oqibatida fojiali halok bo’lishi Uyg’urni o’ziga rom qilib oldi. Shuning uchun ham G’ulom Zafariy bilan bajonidil asar ustida ishlashga kirishdi. Ushbu jarayonda dramaturg bilan rejissor o’rtasida eng samimiy, ijodiy hamkorlik hukm surdi. M. Muhamedov: «Bu asar ish jarayonida Uyg’urning maslahati, taklifi, qo’shimchalari bilan kundan-kunga ulg’ayib, kengayib bordi», deganida tamomila haqli edi. Xullas, «kichik maktab daftarchasiga» xomaki asardan besh ko’rinishli drama vujudga keldi. «Halima»ning yaratilishi, Uyg’ur ijodida, qolaversa butun o’zbek teatri tarixida teatr bilan dramaturg o’rtasidagi ijodiy hamkorlikning eng dastlabki namunasi bo’ldi. Eng muhimi, bu hamkorlik teatrimizning samarali an’anasini boshlab berdi. Download 45.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling