Kurs ishi mavzu: O'zbekiston florasida Solanaseae oilasi Tekshirdi


Download 112.93 Kb.
bet3/18
Sana16.06.2023
Hajmi112.93 Kb.
#1515767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
208 Ituzumdoshlar oilasi

Ishning predmeti. O’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. O’qitishda turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi.
Ishning xajmi. Kurs ishi 26 bet, 2 bob, kirish, xulosa, adabiyotlardan iborat bo’lib, unda zamburug’lardan amaliyotda foydalanish, ularning tarkibi, ko’payishi to’la yoritilib berilgan. Zamburug’larning ahamiyati bayon etib berilgan.
I BOB ITUZUMNAMOLAR QABILASI - SOLANALES
1.1 Ituzumdoshlar oilasi – Solanaceae
Bu qabila 5 ta bir-biriga juda yaqin oilalami o‘z ichiga oladi.
Yer yuzida oilaning 90 turkumga mansub 3000 turi bor. O‘zbekistonda 7 ta turkumga oid 25 turi o‘sadi. Oila vakillari ko‘p yillik o‘t va ayrim butalardan iborat. Aksariyat turlari Janubiy Amerikada tarqalgan. Barglari oddiy yoki patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Ko‘pchilik turlarining gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulkosachasi, tultojbarglari va changchisi 5 tadan. Mevasi rezavor yoki ko‘sakcha (83-rasm).
Oila vakillari alkoloidli o‘simliklar jumlasiga kiradi. Masalan: Mingdevona - Hyoscyamus niger, bangidevona Datura stramonium kabilar. Bu ikkala turning yer ustki qismidan tibbiyotda foydalaniladi. Shuningdek bu oilaga mansub o‘simliklar oziq-ovqat sifatida ham ko‘plab ishlatiladi.
Bangidevona - Datura turkumi turlari bir yillik, bo‘yi 60-150 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo‘lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va tikanli ko‘sakcha. O‘simlikning hamma qismi zaharli.
O‘simlikning hamma qismida alkoloidlar bo‘ladi. Asosiy alkaloidi skopolamin. Mevadan skopolamindan tashqari giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkoloidlar ajratib olingan. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Shuning uchun skopolamin gidrobromid ba’zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qo‘shib, teri ostiga yuboriladi. Bundan tashqari, asab kasalliklarini davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, qusishni to‘xtatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Download 112.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling