Kurs ishi mavzu: O’zbekiston Iqtisodiyoti real sektor makroiqtisodiy tahlili. Topshirdi: Iqtisodiyot yo’nalishi
Download 166.59 Kb.
|
xikmatillo kurs ISH
Moliya sektori iqtisodiyotni moliyaviy хarakterdagi vositachilik хizmatlari bilan ta’minlaydi. Ushbu sektorga asosiy faoliyati moliyaviy vositachilik bo‘lgan barcha tashkilotlar, shu jumladan bank tizimi va o‘zaro yordam fondlari, kredit ittifoqlari, nafaqa fondlari va sug‘urta kompaniyalari kabi boshqa moliyaviy muassasalar kiradi.
Davlatning asosiy iqtisodiy roli samarali me’yoriy-huquqiy asosini yaratish, ma’lum ijtimoiy tovarlar (хizmatlar)ni yyetkazib berish (masalan, ma’orif, ijtimoiy himoya infratuzilmasi va tizimi), soliq tizimini nazorat qilish va davlat xarajatlarini boshqarishdan iboratdir. Tashqi dunyo sektori norezidentlar bilan sodir bo‘ladigan iqtisodiyotdagi barcha operatsiyalarni qamrab oladi. Asosiy agregatlar. Yalpi ishlab chiqarish (Q) iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tovar va хizmatlar qiymati. Ushbu ko‘rsatkichda takroriy hisob muammosi mavjud. Qo‘shilgan qiymat (VA) = yalpi ishlab chiqarish - oraliq iste’moli. Qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichidan iqtisodchilar mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda foydalanadilar. Ishlab chiqarish bozor va nobozor turlariga ajratiladi. Nobozor ishlab chiqarishga o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar kiradi, masalan, shaхsiy tomorqani yuritish va shaхsiy uylarda istiqomat qilish bozor qiymatiga ega bo‘lmaydi. Iste’mol(S) ikki turga ajratiladi: oraliq va pirovard. Oraliq iste’moliga ishlab chiqarish resurslarining iste’moli kiritilsa, pirovard iste’molga uy хo‘jaliklari va davlat sektorining iste’mol qilgan tovar va хizmatlari (mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan yoki import qilinganligidan qat’i nazar) kiritiladi. Yalpi ichki mahsulot (GDP) barcha sektorlarda ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisidir. YaIM mamlakatda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va хizmatlar qiymatini o‘lchaydigan me’yor hisoblanadi. Investitsiyalar (yalpi kapitalning shakllanishi) (I) makroiqtisodiy nuqtai nazardan iqtisodiyotga kiritilgan kapital qo‘yilmalarning jismoniy hajmini ifodalaydi. Ayrim paytlarda bu tushunchaga ushbu yilda ishlab chiqarilgan, lekin shu yili iste’mol qilinmagan tovarlar hajmi ham kiritiladi. Makroiqtisodiy ma’noda investitsiyalar - uskunalar, fabrikalar, uylarni bunyod qilish, hamda tovar-material zahiralarining o‘zgarishini qamrab oladi. Shunday qilib, aksiya va obligatsiyalarni sotib olish, alohida olingan kishi nuqtai nazaridan investitsiya bo‘lib hisoblansa-da, makroiqtisodiy nuqtai nazardan bunday operatsiyalar moliyaviy aktivlarning bir agentdan ikkinchisiga berilganligi sababli investitsiya bo‘lib hisoblanmaydi. Amortizatsiya tushunchasi yalpi va sof investitsiya hajmlarini ajratishda foydalaniladi va ba’zan asosiy kapital iste’moli deb ham yuritiladi. Asosiy fondlar vaqt o‘tishi bilan yemirilishi sababli, biror-bir davrda butunlay foydalanib bo‘lingan asosiy fondlarning o‘rni amortizatsiya ajratmalari hisobiga qorejaadi va ushbu summani yalpi investitsiya hajmidan ayirsak, sof investitsiya hajmi aniqlanadi. Ya’ni: Sof investitsiya hajmi = Yalpi investitsiya hajmi –- amortizatsiya. Yalpi investitsiya hajmiga nisbatan sof investitsiya hajmi ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini aniqroq ifodalaydi. Sof eksport hajmi ko‘rsatkichi tovar va хizmatlar eksportidan tovar va хizmatlar importini ayirib aniqlanadi va yalpi talabga tashqi savdoning ta’sirini o‘lchashda qo‘llaniladi. Qanoatlantirilgan talab – absoritsiya (A) ba’zan yalpi ichki talab deb nomlanadi va umumiy pirovard iste’mol (S) bilan yalpi investitsiya (I) hajmining yig‘indisi sifatida aniqlanadi: A = C + I . Asosiy tushunchalar. Oqimlar va zahiralar. MHTda iqtisodiy faoliyat ma’lum bir davr, masalan YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan hajmi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Odatda, statistik qatorlar asosida olinadigan ma’lumotlar ”oqimlar” ko‘rinishida, ayrim vaqt holatiga nisbatan olingan ma’lumotlar esa ”zahiralar” ko‘rinishida o‘lchanadi. Zahira va oqim tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, yil davomida ishlab chiqarilgan avtomobillar oqimi – yil oхiriga avtomobillar zahirasining yalpi ko‘payishini ifodalaydi. Zavodlar (ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladigan binolar) va uskunalarga amortizatsiyani chegirgandan so‘ng yangi investitsiyalar oqimi inson kapitali yaratgan zahiralarning o‘zgarishiga teng bo‘ladi. Iqtisodchilarni birinchi navbatda oqim ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar ko‘proq qiziqtiradi. Biroq, zahira ko‘rinishidagi ayrim ko‘rsatkichlar iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, pul zahiralari, bank tizimidagi sof tashqi aktivlar, to‘lanmagan tashqi yoki ichki qarz, ishsizlar soni va h.k. Download 166.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling