Kurs ishi mavzu: O'zbekiston iqtisodiyotidagi soya sektori va iqtisodiy jinoyatchilik Bajardi: “Iqtisodiyot”


Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari


Download 60.18 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2023
Hajmi60.18 Kb.
#1291315
1   2
Bog'liq
Kurs ishi Suvonov Mingboy

3. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.
G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi.[10]
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Soliqning fiskal funktsiyasi
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Rag‘batlantirish funktsiyaschi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi.
1. Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zining mablag‘i etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari ko‘p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo‘jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo‘shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo‘yicha tortiladi.
Soliqlarning ko‘pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida o‘sib bo­radi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o‘zi asta-sekin yo‘qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag‘batlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning rag‘batlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini rag‘batlantiradi, bu bi­lan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning rag‘batlantirish funktsiyasi orqali rag‘batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi.
Bizni soliq funktsiyalarini qisqacha ko‘rib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi.
Bizga ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish Respublika prezidenti I A. Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyiliga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari etarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak.
2. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik etakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekistan Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga byudjetga 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona er solig‘i to‘lash tartibi joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri - hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish.Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga byudjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi.Yuqorida tilga olingan omillar soliqlarning respublika iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘rni borligidan dalolat beradi.Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysinuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funktsiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:- Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskallik funktsiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskallik funktsiyasi shunchalik faol buladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.- Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.- Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki, ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.- Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning xarakati susayadi.Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlarning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin.Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini byudjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.

3 Mustaqil yil O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Xattoki, 2008-2009 yillar davomida bergan 2 jahon-iqtisodiy tajriba sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo‘ldi. 2010-yildan buyon O'zbekiston YIMning yillik o'sish sur'atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada tartibga solinmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning iqtisodiy va samaradorligida bozorga o‘tishning "o‘zbek modeli" asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan aniq natijalarga yo‘naltirilgan.0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasi tranzit qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo‘lib, subregion davlat o‘zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning ega va birlashgan yaratadigan keng imkoniyatlarga ega bo'lgan tabiiy boyliklariga. Eng avvalo, davlatimizning mineral resurslari savdosi alohida e'tiborga sazovor. O‘zbekiston jami 120ga yaqin foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan. Jumladan, O'zbekiston jahon mamlakatlari qator oltin zaxiralari bo'yicha 4-o'rin, uran bo'yieha 7-o'rin, molibden bo'yieha 8-o'rin, mis bo'yieha esa 10-o'rinda turadi. . Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta korxona ega bo'lib, uning resurslari bo'yicha O'zbekiston dunyoda 14-o'rin egalladi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy. Demak, mineral resurslaming ulkan salohiyatlarini yurtimizda rangli metallurgiya, ishlab chiqarish' kimyo va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga keng imkoniyatlar.Mamlakatimiz qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrlarining, issiq va quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtaehilik, bog'dorchilik. uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik tarmoqlari intensiv rivojlanmoqda. Lekin, qishloq xo'jaligi asosan sun'iy sug'orish orqali rivojlanayotganligi tufayli, respublikamiz qishloq xo'jaligi qat'iy darajada suv resurslariga bog'liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan Toshkent, Andijon va Surxondaryo va Samarqand viloyatlari ancha yaxshi ta'minlangan. Bu ancha murakkab vaziyat shakllangan. Ammo bizda suv resurslarining yetishmovchiligiga qaramay, O‘zbekiston jahon mamlakatlari ichida sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz muntazam ravishda ravishdagi o‘sib kuzatuv. 1990-yilda 20,2 min kishiga teng bo'lgan respublikamiz aholisi 2017-yilga kelib 32,1 min kishigacha ko'paydi. 2010-yildan keyingi davrda 0'zbekistonda demografik ko'rsatkichlardan tug'ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, o'lim 5-6, tabiiy ko'payish esa, bunga mos ravish, 18, ya'ni 1,8 foizga teng bo'lyapti. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz) boMganligi tufayli, aholining yalpi ko‘paygan suratlari 1,6-1,7 foizga teng.Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash, mamlakat sanoat mahsulotlarini rivojlantirish, energetika va transport oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash kabi murakkab muammolarni hal qilishga-bosqich, muvaffaqiyatga erishdi.Respublikamiz YIMning o'zgarish dinamikasida 3 ta davrni kuzatish mumkin. Birinchisi, 1991-1996-yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsiflangan. Bu holat, asosan, Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyot tarmoqlari va o‘zgarishlarining boshqa respublikalarning xo‘jalik o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarining uzilishi natijasida kelib chiqdi. 1997-2003-yillar oralig'idagi milliy iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM o'sishining davri bo'ldi. Uchinchi davr 2004-yilda boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillar uchun O'zbekiston YIMning 8,0 foizdan past bo'lmagan sur'atlar bilan o'smoqda.ishlab chiqarish, milliy iqtisodiyotimiz asosida ham muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng avvalo, sanoatning YIMdagi ulushi ancha o‘sganligi diqqatga sazovordir. 1995-yilda YIMning 17.1 sanoat sanoatga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 2014-yilda bu koʻrsatkich 26 foizgacha koʻtarildi. Qishloq xo'jaligining milliy iqtisodiyotidag mos ravishda, 28,1 foizdan 17,6 foizgacha pasaydi. Sanoatning tarmoq tarkibi ham sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Respublika sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, mashinasozlik va boshqa og‘ir sanoati tarmoqlarining o'rni va ahamiyati o`sib, mustaqillikdan oldingi davrda respublika ixlisoslashuvini belgilab turgan yengil sanoatining ulushi esa deyarli 3 barobar kamaydi. 2000-yil boshidan buyon sanoat ishlab chiqarish hajmi O‘zbekistonda muntazam ravishda o‘sib kelib, qayta ishlash tarmoqlarining o‘sish sur’atlari undiruvchi sanoatga nisbatan bir necha barobar yuqori. Natijada, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, mamlakatimiz sanoati tarkibida salkam 20 foizlik ulush bilan mashinasozlik mahsulotlari yetakchi o'ringa chiqib oldi.So‘nggi yillarida O‘zbekistonda avtomobilsozlik, mikroelektronika sanoati, kaliy o‘g‘itlari va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi. Neft va gaz-kimyo tarmoqlarida juda yirik korxonalar ishga tushirildi. 2010-yildan keyingi davrda To'palang GES, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Xondiza tog`-metallurgiya kombinati, Dehqonobod kaliy zavodi, Xorazm avtomo-bil zavodi, Zafarobod sement zavodi va boshqa muhim ishlab chiqarish obyektlari qurib bitirildi. Hozirgi paytga kelib O'zbekistonda mustahkam sanoat ishlab chiqarish salohiyati yaratildi. Respublikamiz MDH mamlakatlari va jahon miqyosida oltin, uran, tabiiy gaz, kadmiy, molibden, sulfat kislotasi, azot o‘g`itlari, gazlamalar, yengil avtomobillar va boshqa mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy egallaydi.O‘zbekiston sanoatining hududiy tarkibida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, 1980-yillar oxirida Toshkent shahri va viloyatiga respublika yalpi sanoat mahsulotining 50 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi davrda esa bu hududlarga 30 foiz ko‘rsatkich to‘g‘ri kelmoqda. O‘z navbatida, qator yangi korxonalar barpo etilganligi hisobiga Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasining mamlakat sanoati tarkibidagi ulushlari sezilarli darajada ortdi. Demak, borgan sari O'zbekiston hududida sanoat markazlarining soni ko'payib bormoqda.O‘zbekiston qishloq xo'jaligida ham katta o'zgarishlar ro‘y berdi. Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan dastlabki islohotlaming ustuvor maqsadlari paxta yakkahokimligini tugatish, don mustaqilligiga erishish hamda xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishdan iborat bo'lgan. Paxta ekin maydonlarining keskin qisqartirilishi hisobiga g'alla maydonlari 1,5 barobar kengaytirildi. Shu tufayli O‘zbekistonda bug'doyning yalpi hosili 3,5-4 barobar oshirilib, qisqa vaqt ichida respublikamizda don mustaqilligiga erishildi. Bundan tashqari, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadigan sabzavotchilik, kartoshka yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik, sut-go‘sht chorvachiligi kabi qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Natijada, mustaqillik yillarida paxta hosili 5,5 min tonnadan 3,4 min tonnagacha kamayib, sabzavot hosili 2,5 barobar, kartoshka 6 barobar, meva 4 barobar, uzum 2,5 barobar oshdi, go'sht va sut ishlab chiqarish hajmi ham 2 barobar o‘sdi.Hozirgi kunda O‘zbekiston uzum, poliz ekinlari, ayrim mevalami yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo'jaligida an’anaviy ix-tisoslashgan tarmoqlar-paxtachilik, pillachilik, qorako'lehilik ham o‘z ahamiyatini yo'qotgan emas. Jumladan, 2016-yil holatiga respublikamiz jahonda paxta yalpi hosili bo'yicha 6-o‘rin, eksporti bo'yicha 3-o‘rin, ipak ishlab chiqarish bo'yicha 6-o‘rin, qorako'l terisini ishlab chiqarish bo'yicha esa 2-o‘rinda turadi.Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi respublika temiryo'l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. O'zbekiston hududi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa yuzlab kilometr masofaga cho'zilganligi, hamda davlat chegaralarining o'ziga xos shaklda tog' tizmalari va keng yastanib yotgan cho'llar orqali o'tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb strategik ahamiyatga ega ekanligiga amin bo'lamiz. Surxondaryo viloyati hududi Toshg'uzor Boysun Qumqo'rg'on, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi Uchquduq - Miskin Nukus, Farg'ona vodiysi Angren - Pop temiryo`llari qurilishi bilan O`zbekistonning yagona temiryo`llar tarmog'i bilan bog'landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va mustaqilligi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy va Buxoro viloyatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bogiab qo‘yadigan Konimex-Miskin temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan Xiva shahriga tomon temiryо‘l qurilmoqda.Bundan tashqari, O‘zbekistonda temiryo'llami elektrlashtirish va tezyurar poyezd yo‘nalishlarini barpo etish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent- Samarqand yo'nalishi bo'yicha "Afrosiyob", Toshkent Qarshi yo'nalishida "Nasaf", Toshkentdan Buxorogacha "Sharq" tezyurar poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi. Endi esa Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob va boshqa temiryo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham qurilish. Bular poyoniga yetganidan so'ng, respublikamizdagi tezyurar poyezd yo'nalishlarining geografiyasi yanada kengayishi kutilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta yo‘nalishlarda ishonchli chiqish yoMlariga ega bo‘lish, Yevrosiyoning turli qismlaridagi mintaqaviy transport tizimlari bilan bog‘lanish orqali iqtisodiy-geografik o‘mining tranzit davrida ro‘yobgadidas chiqarish magazin ‘iston, Rossiya xavfsizligi , Xiloy, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordami uchun Ter Afgʻonistondagi birinchimiz Mozori Sharif temiryoʻli Oʻzbekistondan janubiy yoʻnalishda dunyo portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini boshlashning dastlabki bosqichi okean boʻldi. Afsuski, Afgʻonistondagi geosiyosiy vaziyatning beqarorligi bu davlat qurilishiga qadar Hind okeaniga qarab transport magistrallarini noaniq muddat toʻxtatib turibdi.Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar rejasining tashkilot iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlarning ajralish qismi bo‘lmoqda. Dunyoning 140 ga yaqin davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yoʻlga qoʻyayotgan Oʻzbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya bozori, Xitoy, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Transport iqtisodiyotimiz rivojlanishimiz respublika iqtisodiyotiga yangi geografik yo‘na!ishlarda imkoniyatlar beradi.Respublika eksportining tovar tarkibidagi mustaqillik yillarida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining 60 foizga teng bo'lgan. davrda bu raqam muttasil ravish pasayib, 2016-yilga kelib 5 foizgacha tushib ketdi. Olz energiya, energiyalari (eng avval, tabiiy gaz), ranglilar, oziq-ovqat va'qimachilik, kimyo sanoat mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning ishlab chiqarish eksporti tarkibidagi ishlab chiqarish hajmi o'sdi.So‘ngi moliyaviy resurslarning sanoat ishlab chiqarish va eksportini ishlab chiqarish, milliy iqtisodiyotimizga ishlab chiqarish sannoyalarni yanada ko‘proq ko‘proq hajmda ishlab chiqarish respublikamiz hukumatining jalb qilish tashabbusi bilan bir qator erkin iqtisodiy qizil. oldingi "Navoiy", "Angren", "Jizzax" (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), Buxoro viloyatida esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", "G'ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut" va Farg'ona viloyatida "Qo'qon"" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu yerda ichki va tashkilot yuzlab sarmoyadorlar yangi ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilmoqda.O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat darajasidan umumdavlat va hududiy manfaatlarda yashashga erishish bog`liq.

XULOSA
Kapital joriy iste'molning nisbatan qisqarishi tufayli kelgusi davrlarda iste'mol qilish imkoniyatlarini oshiradigan tejash orqali yaratiladi. Shu munosabat bilan, tejaydigan shaxslar joriy iste'molni kelajak bilan taqqoslashadi.Kapitalning asosiy shakllari mavjud: jismoniy (material) poytaxt - korxonaning ishlab chiqarish aktivlari (mashinalar, binolar, inshootlar, xom ashyo va boshqalar), inson kapitali (umumiy va maxsus bilimlar, ish qobiliyatlari, ishlab chiqarish tajribasi, malakalari va boshqalar), moliyaviy kapital shu jumladan, qimmatli qog'ozlar va qarz mablag'lari.Ro'yxatda keltirilgan barcha kapital shakllari umumiy xususiyatga ega - manbadan hozirgi va kelasi zamonda foydalanish o'rtasidagi o'zaro kelishuv.


Inson kapitali ishchi kuchining alohida turi. Shuning uchun kapital so'zning to'g'ri ma'nosida odatda faqat jismoniy, moddiy omillarni anglatadi. Jismoniy yoki haqiqiy kapital - har xil tovarlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish resurslari zaxirasi. Asosiy kapital bir necha yil davomida xizmat qiladi va uning jismoniy yoki ma'naviy jihatdan yomonlashishi darajasida almashtiriladi (qoplanadi). Aylanma mablag'lar bitta ishlab chiqarish tsikli davomida to'liq iste'mol qilinadi va uning qiymati asosiy kapitaldan farqli o'laroq, umuman ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi, uning qiymati qismlarga bo'linadigan xarajatlarda hisobga olinadi.Bugungi kunda kapitalning qiymati kelajakda qanday kapital ishlab chiqarishi mumkinligiga bog'liq. Daromad olish uchun kapital egasi kelajakda yuqori mukofot olish umidida joriy iste'moldan voz kechishi kerak. Kelajakdagi daromadlar oqimi bugungi aktsiyalarni yaratishni rag'batlantirishi kerak. Ushbu zaxirani yaratish uchun, o'z navbatida, tejash oqimini talab qiladi. Vaqt omili (o'tmishni hozirgi bilan, hozirgi bilan kelajak bilan taqqoslash) kapitalni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’XATI


Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz:‖O‘zbekiston‖ NMIU, 2017
Mirziyoyev Sh. Ilm-fan yutuqlari-taraqqiyotning muhim omili//Xalq so‘zi gazetasi, 2017
Mirziyoyev Sh. Erkin va farofon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramoz. Sh. Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. « Xalq so‘zi », 2017 y.16 yanvar. .
Karimov I.A.O‘zbekiston bozor munosabarlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.: O‘zbekiston. 1998
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida.
Toshkent, 1995
Kornai YA. Put k svobodnoy ekonomike: (Strastnoe slovo v zaщitu ekonomicheskix preobrazovaniy). M.: Ekonomika, 2017 1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz:‖O‘zbekiston‖ NMIU, 2017
Murodova N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Monografiya. Iqtisodiyot, 2016
Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari./ T.: ‖O‘zbekiston‖,Darslik.2015
Tuxliev N., Haqberdiyev K.., O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: O‘zbekiston milliy enseklopediyasi‖ davlat ilmiy nashriyoti. 2016
Shodmonov Sh/, G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2017
Internet saytlari:
1. http://www.gov.uz
2. http://ww w .m fa.uz
3. http://www.worldbank.org


1


Download 60.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling