Kurs ishi mavzu: O`zbekiston respublikasi qizil kitobi qabul qildi: Reja: Kirish


Download 1.27 Mb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1468500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O`zbekiston respublikasi qizil kitobi qabul qil

3-rasm.Sargish va qizil lolalar

2.4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
botanika kolleksiyasi — ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‘plami (gerbariylar, urug‘lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‘larida, dendrologiya bog‘larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, o‘tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‘stloq, barglar, g‘unchalar, gullar, urug‘lar, mevalar, sharbat (elim) va boshqa mahsulotlar;
o‘simlik dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‘sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‘simliklar majmui;
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish — o‘simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga, uning yo‘q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat
4-modda. O‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik
O‘simlik dunyosi umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Tabiiy muhitda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar davlat mulkidir.
Sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lishi mumkin.
5-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlari
O‘simlik dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari;
botanika kolleksiyalari.
6-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish borasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi.


Xulosa

Men ushbu kurs ishim orqali nafaqat mustaqil ta’lim olish balki o’simliklar dunyosi, o’simliklarning turlari va ularni himoya qilish haqida to’liq ma’lumot oldim. Nafaqat ma’lumot balki hozirgi rivojlangan dunyoda ular haqida yangiliklar, o’simliklarni himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish kerakligini yana bir bor tushunib yetdim. Hozirgi paytda butun dunyo bo’yicha sanoat, transport, transport va h.k. kabi sohalar va fanlar rivojlanayotgan davrda biz atrof-muhitga e’tiborli bo’lishimiz darkor. Shu sababli atrof-muhitni toza, ozoda va havoni saqlashda o’simliklarning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun har bir o’simlikni asrab-avaylashimiz, ularni parvarish qilib, o’z ekologiyamizni saqlashimiz insoniyatning kelajagi uchun juda muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’simlikning bir tola bargi ham biz uchun qadrli bo’lishi kerak.Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.




















Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling