Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda “Elektron hukumat” tizimi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari Topshirdi: 925-21 guruh talabasi Sunatov B. Qabul qildi: Azimov Y. Jizzax sh


Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish


Download 55.61 Kb.
bet9/10
Sana15.06.2023
Hajmi55.61 Kb.
#1482258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5397690885003555098kurs ishi

6.Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Dаvlаt ахbоrоt rеsurslаrining pоrtаli «gov.uz» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining glоbаl kоmpyutеr tаrmоgʻidаgi аsоsiy vа rаsmiy dаvlаt ахbоrоt rеsurslaridan biri hisоblаnаdi.
Dаvlаt Intеrnеt-pоrtаlining tаshkil etilishi vа qoʻllаb-quvvаtlаnishi, OʻzRning «Tеlеkоmmunikаtsiyalаr toʻgʻrisidа»gi vа «Ахbоrоtlаshtirish toʻgʻrisidа»gi qоnunlаri, Kоmpyutеrlаshtirish vа ахbоrоt-kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаrini rivоjlаntirish boʻyichа Muvоfiqlаshtiruvchi Kеngаshning tаsdiqlаngаn Dаvlаt ахbоrоt rеsurslаrining pоrtаli «gov.uz»ni ishlаb chiqish vа qoʻllаb-quvvаtlаsh chоrа-tаdbirlаri rеjаsigа muvоfiq аmаlgа оshirilаyapti.
Dаvlаt ахbоrоt rеsurslаrining pоrtаli «gov.uz» dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri fаоliyatining funktsiоnаl jаrаyon vа tаrtibini qoʻllаb-quvvаtlоvchi, dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruvi оrgаnlаrining elеktrоn hаmjihаtlik infrаtuzilmаsining tizimini tаshkil etuvchi qism hisоblаnаdi.
Portalning asosiy maqsadlari

  • Fuqаrоlаr vа хoʻjаlik sub’еktlаrigа hоkimiyat vа bоshqаruvi оrgаnlаri tоmоnidаn tаqdim etilаdigаn ахbоrоt rеsurslаri vа хizmаtlаrining hаjmini оshirishgа moʻljаllаngаn iхtisоslаshtirilgаn ахbоrоt tizimini yarаtish;

  • Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Hоkimiyatining fаоliyati toʻgʻrisidаgi mа’lumоtlаr bilаn tа’minlаsh, Dаvlаt Intеrnеt-pоrtаlining mаqsаdli аuditоriyasini zаrur muаssаsаlаr bilаn oʻzаrо аlоqа qilish jаrаyonlаri vа imkоniyatlаri toʻgʻrisidа, fuqаrоlаrning mаjburiyatlаri vа huquqlаrining kеlib chiqishi toʻgʻrisidа, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati toʻgʻrisidаgi ахbоrоtlаrdаn toʻliq, tеzkоr vа fоydаlаnishdа qulаyligi, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri vа bоshqаruvining rаsmiy pоzitsiyasini аks ettiruvchi kеng koʻlаmdаgi ахbоrоtlаr bilаn tа’minlаsh;

  • Chеklаngаn хizmаtlаnishgа moʻljаllаngаn ахbоrоtgа kiritilgаn mа’lumоtlаrdаn tаshqаri, tеgishli ахbоrоt rеsurslаrini jоylаshtirish vа tаshkil etish yoʻli bilаn fuqаrо vа tаshkilоtlаrni dаvlаt ijrо hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati toʻgʻrisidаgi rаsmiy ахbоrоtgа kirishini tа’minlаsh;

  • Dаvlаtlаrаrо ахbоrоtlаr аlmаshinuvining intеnsifikаtsiyasi;

  • Oʻzbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо nufuzini оshirish vа milliy iqtisоdiyotimizgа invеstitsiyalаrni jаlb etish uchun shаrt-shаrоitlаrni yarаtish;

Elektronlashgan davlat xizmatlari ham qulaylik, ham vaqtni tejash garovi ekanini bugun ko‘pchilik anglab yetdi. Undan dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning foydalanib kelishi esa bunga yaqqol misoldir.
Bugun Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda ma’lumotnoma, ruxsatnoma, litsenziyalar olish, davlat tashkilotlari qabuliga masofadan navbatga yozilish hamda 200 dan ortiq davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish imkonini beradi.
Portalga kalit so‘zlar orqali kirib, so‘ng xizmatlarni qidirishga o‘tiladi. Tanlangan xizmatlar bo‘limiga eng ko‘p foydalanadigan xizmatlarni jamlash orqali tizimni o‘zimiz uchun yanada qulaylashtirish mumkin. Muhimi, foydalangan xizmatlar va to‘lovlar tarixi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi.
To‘lovlarni osonlashtirish maqsadida jarimalar, qarzdorliklar, boshqa davlat bojlari hamda yig‘imlar uchun bank plastik kartasini tizimga kiritib, ishni to‘lov servislari orqali ham amalga oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, avtotransport to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritgach yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun yozilgan jarimalar mavjudmi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda tekshirib borsa bo‘ladi.
Yana portal Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga bormasdan turib, onlayn tarzda respublika bo‘yicha doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Agar ilovani mobil telefoningizga yuklab olsangiz, istalgan vaqtda eng kerakli davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. E’tiborlisi, tizim barcha turdagi qurilmalar uchun qulay qilib yaratilgan. Sayt ko‘rinishi esa ekranning istalgan o‘lchamiga moslasha oladi.

Xulosa

Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991- yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan "Elektron hukumat" tushunchasi, 1999- yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, "Elektron hukumat" va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning "Axborot asrida hukumat boshqaruvi" asarida davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa; 2002- yilda chop etilgan "Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi" nomli risola[3]da, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. 


Ko’rinib, turibdiki, "Elektron hukumat" tushunchasiga nisbatan nufuzli xalqaro tashkilotlarning yondoshuvida, ham umumiylik jihatlari, ham farqlar mavjud. Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida "Elektron hukumat" tushunchasi jamoatchilik orasida munozaralarga sabab bo’layotganini ta’kidlash joiz. Xususan, "Elektron hukumat" so’zining ingliz tilidagi muqobili – "Electronic government" so’zi, ko’pchilik o’ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina taalluqli emas, balki kengroq ma’noda bo’lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o’z funksiyalarini amalga oshirishda elektron axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Shu tufayli, mutaxassislar orasida "elektron hukumat" dan ko’ra, "elektron boshqaruv" tushunchasini kiritish haqida g’oyalar ham bor. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta`sir ko'rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta`minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun “Elektron hukumat” degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o'rin egallamoqda. Garchi respublikamiz aholisining hammasi ham bu haqda to'liq ma`lumotga ega bo'lmasada, vaqt o'tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko'rsatayapti. Ta`kidlash joizki, “Elektron hukumat” atamasini an`anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko'ra, mazkur tizim mamlakat miq­yosida ma`muriy tartib-­taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi ­samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning ­qisqarishiga ­zamin yaratadi. Elektron hukumat fao­liyati uch yo'nalishda belgilangan. Ya’ni ­“davlat — ­davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo'nalishlarini qamrab oladi. Bu tizim ­idoralararo darajada ­davlat muassasalari o'rtasida axborot almashish samaradorligini hamda joy­larda rejalashtirish va ­boshqaruvning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish hamda unga ta’sir ­ko'r­satish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa ma’muriy tartib-taomillar av­tomat­lashti­riladi. Natijada biznesni ro'yxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablag'i tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot uchun qo'­shimcha mexanizm­larni ­yaratish, ­davlat organlari ­faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo'lib, ijro ­intizomini ­yanada mus­tah­kam­laydi.
Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013 yili mamlakatimizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (oflayn), yarimavtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko'rinishlarda taqdim qilinayapti. Portal Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, ID.UZ identifikatsiya tizimi, O'zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta`sirini baholash tizimi portali (https://regulation.gov.uz)ga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo'yicha ishlar olib borilayapti.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ort­gani ham murojaatlar ko'payishiga ­turtki bo'ldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelayapti.
Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko'rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda ko'plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so'rovlarga javoblar, turli to'lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to'ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o'quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o'zining murojaati ko'rib chiqilishi qaysi ­bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin.

Download 55.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling