Kurs ishi mavzu: Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishi Bajardi: E. Oʻljaboyev Tekshirdi: R. Qoʻyliyev


Download 231.5 Kb.
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi231.5 Kb.
#1430729
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarix fakulteti

Kurs ishining maqsadi: Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilishini o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish.

Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Qashqadaryo vohasining arxeologik oʻrganilish tarixini o’rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda iborat


I bob Qashqadaryo vohasi qadimgi shaharlarining oʻrganilishi

1.1Qashqadaryo vohasining Nautaka to‘g‘risidagi yozma manbalar tahlili

O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblangan Nautaka – Kesh shahri ko‘pchilik tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra O‘zbekistonning janubiy viloyati hisoblangan Qashqadaryo vohasida joylashgan. Kesh shahri haqidagi yozma manbalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, shaharning ming yillik tarixi turli davr manbalarida turlicha uchraydi.


Nautaka – Kesh shahri tarixi yozma manbalari ikki asosiy qismdan iborat bo‘lib, Nautaka – Keshning eng qadimgi manbalari va keyingi davrda ochilgan va topilgan arxeologik manbalar hisoblanadi.Birinchi guruhga Ahamoniylar satrapligidagi Baqtra hujjatlari kiradi. Bu manbalar oromiy tilida (asosi sug‘d alifbosida) teriga yozilgan. Bu hujjatlar Afg‘onistonning shimoliy qismidan topilgan2.
Kesh toponimi dastavval Zardo‘sht Ka’basidagi Shopur I (242 – 273) bitiklarida uchraydi. Unda Shopur I o‘z davlati chegaralarini shu jumladan, O‘rta Osiyodagi Kash, Sug‘d va Shosh tog‘larigacha yetib kelgan chegaralarini tasvirlaydi.Mil.avv. II asrning 2-yarmi va oxirida Janubiy So‘g‘d hududida old tomonida Gerakl, orqasida Zevs tasviri aks ettirilgan hamda sug‘d afsonasi bitilgan kumush tangalar zarb qilingan3.Ikkita xronologik guruh aks ettirilgan ushbu tangalar milodning III asriga, Janubiy Sug‘dda Kangyuy sulolasi hukmronligiga chek qo‘yilgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu Shopur I Sharqni ishg‘ol qilganidan keyin yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu “Zardo‘sht Ka’basi”dagi PKN yozuvida aks ettirilgan bo‘lib, unda Kash (Kesh) ushbu sosoniylar shohi tomonidan tashkil etilgan qayta davlat tarkibiga kirgani qayd etilgan4.Zardo‘sht Ka’basidagi Shopur I bitigida Kesh Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida bu viloyat Nautaka deb, mil.avv. I – II asrlarda mahalliy nomning xitoycha buzilgan shaklida Su-se deb nomlangan. Milodiy III asr o‘rtalaridan XVI asrga qadar qo‘llanilgan Kash (Kesh) nomi qayd etilgan.


Download 231.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling