Kurs ishi mavzu: Rossiya imperiyasining Turkiston olkasidagi agrar sohadagi siyosati Bajardi: Mirzaliyev. A tekshirdi: Muhammadiyev. R


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 56.17 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1619766
1   2   3
Bog'liq
asomiddin uzb tarix

Kurs ishining obyekti va predmeti: Rossiya imperiyasining Turkiston olkasidagi agrar sohadagi siyosatini o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish.

Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Rossiya imperiyasining Turkiston olkasidagi agrar sohadagi siyosati tarixini o’rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda iborat





I bob.Rossiya imperyasining agrar sohadagi islohotlari

    1. Turkiston o’lkasida agrar islohot

O`rta Osiyoda agrar siyosati borasida muayyan, aniq ishlab chiqilgan siyosati bo`lmagan. Ba'zida yerdan foydalanishdagi mayda o`zgarishlar, yerga oid ikkinchi darajali munosabatlar to`g`risida nizomlar, farmonlar paydo bo`lib qolar, ammo 1886-yilga qadar aniq rejali ishlar amalga oshirilmagan edi.
Mustamlaka hukumati Turkiston o`lkasida agrar islohot o`tkazish borasida shoshilinch choralar ko`ra boshladi. Sharqda agrar masala asosiy masala bo`lib, u faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy emas, balki siyosiy masala ham edi. Yerning kimga tegishli ekanligi, mulkdorlik shakllari davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilab berardi. 1886-yilgi "Nizom"da Turkiston o`lkasining yer tuzilishi" degan maxsus bo`limi bo`lib, o`lkadagi yer xo`jalik munosabatlarni tamomila o`zgartirib yubordi. 255-moddaga ko`ra, Turkiston o`lkasi yerlari, o`rmonlar va yer osti qazilmalari ham davlat mulki deb e'lon qilindi, demak, ular Rossiya mulkiga aylandi.
Bulardan foydalanish esa imperiyaning umumiy qonunlari bilan belgilab qo`yildi. Shunday qilib, bitta farmoyish bilan mahalliy aholi o`z yeriga nisbatan o`zining azaliy tarixiy huquqlaridan mahrum bo`lib qoldi.Bu "Nizom" o`rta Osiyoning ko`chmanchi aholisi yashaydigan tumanlarida ko`chkindichilik zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan edi.Nizomning mulk va vaqf yerlariga taalluqli moddalari Rossiya davlatining` zamindor zodagonlari hamda Rossiya hokimiyatining Turkiston o`lkasidagi asosiy siyosiy raqibi bo`lmish oliy va o`rta tabaqa ruhoniylarni butunlay yo`qotish niyatini ifoda etar edi. Yirik yer egaligi bekor qilindi.
Yangi yer mulkdorlari yerdan foydalanganlik uchun oldingi to`lov o`rnida davlat xazinasiga umumiy davlat solig`ini to`lashlari lozim edi. Yirik zamindorlar asosiy daromad manbaidan — o`nlab asrlar davomida egalik qilib kelgan yerlardan mahrum etildi. Yirik zamindorlar yo halok bo`lishga yoki yangi hokimiyatga xizmat va xushomad qilishga majbur edi.
Xuddi shunday zarba ruhoniylarga ham berildi. Vaqf yerlari ularda yashab turgan kishilarga tegdi. Bu esa amalda diniy muassasalar bu yerlarni tasarruf etolmay qolishini anglatar edi. Ruhoniylar endi soliqlarning atigi bir qismini olishar, qolgani esa davlat xazinasiga borib tushardi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilar edi.
Xususiy vaqfni tashkil etgan yerlar, ya'ni masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo`lgan yerlar, xuddi amlok yerlari singari davlat solig`iga tortiladigan bo`ldi.Musulmon huquqining ko`p asrlik ustunlarini barbod etgan hamda vaqf munosabatlaridagi odatlar va an'analarni tugatib tashlagan yana bir modda bor edi. Unda aytilishicha, vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlari to`g`ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga, ya'ni podsho hokimiyatiga o`tkazilgan edi.
Vaqf mulkidan olingan daromadlar masjid binosini ta'mirlashga, maktablar, madrasalar va masjid ruhoniylarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, masjidda ibodatbop vaziyatni saqlashga, gilamlar va joynamozlar, diniy kitoblar xarid qilishga, ilohiyotshunos olimlarni taklif etishga va boshqa ko`plab tadbirlarga sarflanar edi. Vaqfni tasarruf etish huquqi rossiyalik viloyat boshlig`iga o`tishi oqibatida masjidlar va maktablar binolari ta'mirlanmay, yaroqsiz holga kelib qoldi. o`rta Osiyo shaharlarining ko`rki, arxitektura iftixori hisoblangan qator islomiy imoratlar nochor ahvolga tushib qoldi.
Rossiya imperiyasi o‘lkadagi agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqar ekan, bosh vazifa sifatida Farg‘ona vodiysida yer-suv munosabat-larini mustamlakachilik manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishni rejalashtirilgan 167. Mustamlakachilikning tub mohiyatini davlat mulkari va ziroatchilik shunday ifodalagandi: “Bu markaziy masalada uch urinish mavjud2.
Agar birinchisida yarqirab turgan yozuv “paxta” bo‘lsa, ikkinchisida “sug‘orish” va, nihoyat, uchinchisida uncha ko‘zga tashlanib turmagan bo‘lsa ham, aslida hammasidan muhimi – “ruslarni ko‘chirib keltirib, o‘rnashtirish” yozuvi turibdi” 168. Demak, mustamlaka siyosati-ning asosiy yo‘nalishlari aniq tarzda “paxta”, “sug‘orish”, “ruslarni ko‘chirib keltirish” kabi uch so‘zda aniq ifodalangan. Ilgari o‘lkada yer mulkchiligining uchta shakli, ya’ni amlok (davlat, aniqrog‘i, xon), xususiy mulkchilik (mulki-xur, mulki-ushr, mulki-xarosh), vaqf (masjid, madrasa, boshqa diniy muassasalarning mulki) mavjud bo‘lgan.
Amlok mulkchiligidagi yerlar tanho qilinishi amaliyoti natijasida zodagonlar, din peshvolari, lashkarboshilar, amaldorlarga in’om qilingan va asta-sekin xususiy mulk maqomiga o‘tgan. Faqat vaqf yerlari sotilmas va garovga berilmas edi. Turkistonning boshqa viloyatlariga qaraganda Farg‘ona viloyatida vaqf yerlarning salmog‘i 6-7 foizga ko‘proq edi 169. Farg‘ona vodiysida dehqonchilik yerlarining aksariyati sug‘oriladigan bo‘lgani sababli turli suv inshootlarining qurilishi, ta’mirlanishi va ulardan foydalanish jamoat ishtirokida amalga oshirilgan.
Lekin qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida og‘ir qo‘lmehnati katta o‘rin tutgan, zamonaviy texnika, asbob-uskunalar deyarli yo‘q edi. Shuningdek, chorikorlar va mardikorlarning yer egalari bilan munosabatlari hamma vaqt ham adolatli bo‘lmagan. Ayni sharoitlarda yer-suv munosabatlari Rossiya imperiyasi sanoati ehtiyoj-lariga va ko‘chirib keltirilayotgan aholini imtiyozli joylashtirishga moslash-tirildi.
Birinchi navbatda, yirik yer egalarining ijtimoiy va siyosiy mavqeini pasaytirish maqsadida hamda mustamlakachilik rejalarini amalga oshirishni ko‘zlab, yerlar davlat mulkiga aylantirildi. General-gubernator K.P. fon Kaufman qayd etganidek, katta vaqf yerlarida istiqomat qilgan dehqon aholisi o‘lpon qoidasiga bo‘ysundirildi.
1880-yilda “Ijtimoiy o‘lpon va yer tuzilishi to‘g‘risida” to‘plam chiqarildi 171. Keyinroq, 1880– 1890-yillarda, Rossiya impe-riyasining mustamlakachi idoralari vaqf mulklarini “tartibga solish”, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bahonasi bilan Farg‘ona vodiysi va butun Turkistonda juda ko‘p vaqflarni noqonuniy deb topdi, shunday yerlar, imoratlar mustamlaka ma’muriyati ixtiyoriga o‘tdi. Ushbu yerlar ijarachi dehqonlarga berilgan va davlat ulardan yer solig‘i olgan3.
Biroq sug‘oriladigan dehqonchilikni ko‘chirib keltirilgan dehqonlar ham, boshqaruv xizmatchilari ham mutlaqo bilmaganlar. Shunday bo‘lsa-da, mahalliy qishloq aholisiga tegishli sug‘oriladigan yerlar va yaylovlar tortib olinib, ko‘chirib keltirilgan dehqonlar va kazaklarga berish ishlari avj olib bordi

Rossiya imperiyasining ko’chirish siyosati


Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston iqtisodiy va madaniy jihatdan mustamlakachilik rejasiga buysundirilgan edi. Respublika kog`ozdagina mustaqil bo`lib, amalda esa har tomonlama «katta og`a»ga qaram va tobe o`lkaga aylangan.


Faqat 1937–1939- yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘Iib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan olti ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan. XX asrning 20–40-yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min singari bir-biridan iste’dodli adiblar ma’rifat targ‘ibotchilarini ham qatag‘on to‘lqini o‘ziga tortdi. Shuningdek, o‘zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukurullo “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib, o‘zlari qamoqqa olinib, stalincha lagerlarga jo‘natildi.
Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo‘lmaganini to‘Ia tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘lgan. XX asr boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilgani, ularning hayoti ostin-ustun bo‘Iib ketgani faktdir.
Xullas, 20-30 yillarda O`zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatini bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borishini ta`minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni sho`rolar xo`jalik mexanizmining bir buyrug`iga aylantirishdan iborat edi. Sho`rolar tomonidan 20-yillarning oxiri 30 yillarida amalga oshirilgan va o`zining mash`um oqibatlarini qoldirgan tadbirlardan yana biri qishloq xo`jaligini jamoalashtirish siyosati edi. Bu masala «Lenincha sosializm qurish rejasi» ning tarkibiy qismi hisoblanadi.


Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling