Kurs ishi mavzu: Sinf tarbiyaviy soatlari tashkil etish metodikasi Topshirdi: Atobayeva Shahzoda Qabul qildi: Qutlimuratova Nargiza
Download 139.8 Kb.
|
shahzoda
X U L O S A
O'zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o'z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning qaytadan ko'rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlar ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar. Maktab yoshlaming dunyoqarashlariga poydevor hamda g'oyaviy e'tiqodlari uchun negiz yaratadi, ulaming irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo'lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi. O'quvchilarga tarbiya berish, ularga ta'lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o'z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O'quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo'yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari bevosita o'quv jarayoni bilan bog'langandir. Noan‘anaviy tarbiyaviy soat mashg'ulotlari o'quvchilarda asosiy vazifalari bo'lmish ilm olishga ishtiyoq uyg'otish, qobiliyati va iste'dodlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilishlari talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo'lmaydi.Tarbiyaviy soat mashg'ulotlari o'quvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog'i lozim. Har bir o'quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o'rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. Yoshlaming g'oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongIi munosabatda bo'Iish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e'zozlash hissini tarkib toptirish - tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarining mag'zi bo'lmog'i Iozim. Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan, har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini keltirish kifoya. Bolalikda berilgan tarbiya, bolaning butun hayoti davomida abadiy yo`ldosh bo`lib qolaveradi. Shuni unutmasligimiz lozimki, Vatan va xalqning farovonligi uchun buyuk yangiliklar, kashfiyotlar yarata oladigan, uning o`tmishi, buguni va ertasini kafolatlay oladigan qudratli va zabardast farzandlarga aynan ana shu tarbiyachi, o`qituvchi, pedagoggina yagona tayanch va ishonch bo`la oladi. Bu narsa barcha boshlang‘ich maktablarda pedagoglar uchun faxr va iftixor bo`lishi bilan birga yuksak mas`uliyat hamdir.Xulosa qilib aytish mumkinki,bolalarni yoshlikdan boshlab insonparvarlik ruhida tarbiyalash biz o`qituvchilar, ota-onalar oldidagi mas`uliyatli va sharafli vazifadir, chunki bolalar mustaqil davlatimizning davomchilaridir. Download 139.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling