II.BOB O‘QITISHNING TURLI INTERAKTIV METODLARI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO‘ tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to‘rtinchidan, o‘quvchilam ing qiziqishlari bilan belgilanadi. I-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o‘qituvchi tomonidan o‘qib beriladi, boshlang‘ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o‘quvchilar o‘qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o‘quvchilar o‘qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlami elem entar tavsiflashga o‘rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo‘lib o‘qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO‘ darslari2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi.
O‘quvchilar mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi, ular „ G‘uncha“ , „Gulxan", „Bilimdon" jurnallari, „Tong yulduzi" gazetasi bilan, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o‘quvchilar bir nechta asarlar o‘qib kelib, ular haqida o‘z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi.
Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qilgan kitobni muhokam a qilish, ijodiy qayta hikoyalash, insenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o‘qish, kitoblar tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.
4-sinflar uchun sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishdan namunalar:
Yuqorida 1 soatlik dars taqdimotidan namular berilgan bo‘lib dars jarayonida AKT lardan foydalanish ham boshlang‘ich siflarda o‘quvchilarni darsga qiziqtirishning muhim sharti sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |