Kurs ishi mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati Topshirdi
-rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining YaIM dagi ulushi.(2017-yil)
Download 1.1 Mb.
|
2 5301072752411684146
1 -rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining YaIM dagi ulushi.(2017-yil)3 Davlat faoliyatining barcha yonalishlarini mablag bilan taminlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga tasir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bogliq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi hisoblanadi. Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, orta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta etibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. Osha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy boglanganligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga kora boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy orinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bolmoqda. Soliqlar qadimgi davrlardan etiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bolmagan kishining belgisi bolib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, (17231790) ozining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini korsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga tolash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. N.I. Turgenev ozining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-yil) shuni takidlaydiki, «Bilimli bolishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-odatlariga foydali tasiri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham tasir etgan», «...soliqlar bilimga ega bolish bilan birga paydo bolib, uning belgisi bolib qoldi. ...Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yigilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan malumotlar togrisida; yigiladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va marifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir». Bu sozlardan yana bir bor amin bolish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bolishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini taminlash va ular oldida turgan vazifalarni bajarilishini moddiy taminlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega boldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli ozgarmay qoldi. «Soliqlar, deb yozadi D. Rikardo, hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan tolanadi».4 Shuni alohida takidlab otish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, oz navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini malum darajada rivojlantirgan. S.G. Pepelyayev «Soliq ommaviy hokimiyat subyektlarining tolov qobiliyatini taminlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan taminlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bolmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»5 deb, takidlagan. D.G. Chernikning fikricha «Soliqlar davlat tomonidan xojalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda ornatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yigimlarni ozida aks ettiradi».6 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling