Kurs ishi mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati Topshirdi
-rasm. Dunyo davlatlarining YaIM dagi umumiy soliqlar tushumi ulushi. (2017-yil)
Download 1.1 Mb.
|
2 5301072752411684146
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 -rasm. Soliq tasiri 10
2 -rasm. Dunyo davlatlarining YaIM dagi umumiy soliqlar tushumi ulushi. (2017-yil)7 S.H. Gataulin «...soliqlar ozi nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi: «Soliqlar bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbayi bolib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir.8 Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu tarif soliqlarning mohiyatini tolaligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini ozida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bolib nima hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi. Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, «Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».9 3 -rasm. Soliq tasiri10 O. Olimjonovning fikriga kora: «Soliqlar davlat va jamiyatning pul mablaglariga bolgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qoyilgan hajmda va ornatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan tolovlardir».11 Soliqlarga berilgan mana shu tarif eng maqbul tarif bolib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi orni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va ornini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va toliqroq yorita oladigan tarifni keltirish muammosi fanda mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bolgan majburiy tolovlar sifatida, davlat paydo bolishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat korsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. Soliqni tolash xojalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat ortasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi) ni tashkil etishning asosiy vositasi bolibgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni ragbatlantirishda investitsiyalarni kopaytirishga, raqobatbardosh mahsulotni kopaytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bogliq bolgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ozining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bolgan mablaglarning asosiy qismini soliqlar orqali toplaydi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq tolovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bolgan intilishini ragbatlantiradi, narx belgilashga tasir korsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam taminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling