Kurs ishi mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati Topshirdi
SOLIQLARNING UMUMIY BELGILARI, FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI HAMDA ULARNI GURUHLASH TARTIBI
Download 1.1 Mb.
|
2 5301072752411684146
2.3. SOLIQLARNING UMUMIY BELGILARI, FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI HAMDA ULARNI GURUHLASH TARTIBI.
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim boladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) tolash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator oziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa tolovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q. Yahyoev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi. 1. Soliqlar va yigimlar majburiy bolib, bunda davlat soliq tolovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qoyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 2. Soliqlar xazinaga davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi tolovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamgarmalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qatiy belgilangan va doimiy harakatda boladi. Tarixan asrlab ozgarmay harakatda bolgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bolsa, shuncha qatiy va uzoq yillar ozgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga tolangan soliq summasi tolovchining oziga toliq qaytmaydi, yani u ekvivalentsiz pul tolovidir.12 Rus iqtisodchisi A.Medvedev ozining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bolgan ikki belgini, yani majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Soliq tolovchi pulning u yoki bu summasini davlatga tolap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq tolovchi tomonidan tolangan soliq miqdori bilan u istemol qiladigan ijtimoiy nematlar ortasida togridan-togri bogliqlik mavjud bolmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga kora soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy istemol qilganligi uchun tolanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya) lar va vositachilik yigimlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy tolovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan korsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) korilishi bilan bogliqdir. Davlatga tolanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy nematlar ortasida bevosita, har bir kishining kozi ilgaydigan bogliqlikning yoqligi soliq tolovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab boladi, vaholangki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yonalishini maqullashlari ham mumkin. Alohida olingan soliq tolovchi odatda jamiyat va ozining korgan foydasi yoki manfaatini tolagan soliqlari bilan solishtirib otirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar tolashdan buyin tovlashga, oz daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat oz fuqarolaridan yigib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini oz mablaglari hisobidan pul bilan taminlashga rozi bolgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 2. Soliqlar majburiy tolovlar hisoblanadi. Soliqlarning toliq miqdorda va oz vaqtida tolanishi uchun javobgarlik soliq tolovchilar zimmasiga yuklangan bolsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda tolaydilar, davlat soliq tolashdan boyin tovlaganlarni qattiq jazolaydi. 3. Davlat foydasiga soliq tolash orqali daromadning avvaldan belgilab qoyilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda kozda tutilgan qismi undirib olinadi. Kopgina davlatlarning, shu jumladan, Ozbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustaxkamlab qoyilgan. Ozining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yoq. Tolovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bolishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi. 4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib tushishidir, yani soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi. 5. Soliqlarga xos bolgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar ortasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining malum bir qismini davlat hisobiga otkazilishini bildiradi. Bu bilan xojalik yurituvchi subektlarga tegishli bolgan mulk daromad shaklida majburiy tolov bolib, davlat mulkiga aylanadi. Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bolgan umumiy belgilar ularni iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sugurta, investitsiya kabilar bilan umumiy oxshashlikka ega, yani ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning oziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar ortasida vujudga keluvchi obektiv majburiy tolovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bolib, milliy daromadning bir qismi bolgan pul mablaglarini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning oz funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida ozi bajaradigan funktsiyalarga ega bolib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda kop qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari togrisida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari ortasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga kora eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bolishi mumkin emas. Garb iqtisodchilari kopchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga kora soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, ragbatlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror osishni taminlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yonalishi vakillari bolgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga kora soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini ozgartirish va turli imtiyozlar berish yoli bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bolgan. Bu nazariyaga kora, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qollash yoli bilan jamiyat azolari ortasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bolib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga kora, davlat soliqlardan va transfert tolovlaridan foydalanish yoli bilan jamiyat milliy daromadini kambagallar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab boldi. Malmiginning fikriga kora soliqlar uch funktsiyani bajaradi, yani fiskal, taqsimlash va ragbatlantirish. Uning fikriga kora birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bogliq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Ragbatlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi.13 Oz-ozidan korinib turibdiki, Garb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bolmoqda. Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini korsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini korsatib turishi zarur. Bugun paydo bolib ertaga yoq bolib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bola olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qatiy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Kopchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, ragbatlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb tarif berishadi. Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib korsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funktsiyasi 2. Tartibga solish funktsiyasi. 3. Ragbatlantirish funktsiyaschi 4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi. Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus sozidan olingan bolib, xazina degan manoni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat korsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bolagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman oz daromadlari manbaiga ega bolmagan qismini (kopgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini taminlash uchun ozining mablagi etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, koplab oquv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yoli bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini kopaytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga koproq etibor bergan sari kop moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi ozining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish osishiga, jamgarish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xojaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bolishiga yol qoymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak. 1. Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil boladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yonaltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qollanadi, yani aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qoshilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar boyicha tortiladi. Soliqlarning kopchiligi ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini ozgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi. 2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, yani davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xojaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga tasir korsatadi, yani muayyan tarmoqda ishlab chiqarish suratlarini ragbatlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng maqul bolgan boshqa tarmoqqa qoyilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining tolovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida osib boradi, bu davrda tadbirkorlarni mamuriy qaram qilish usullari yoq bolib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, korsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bolgan «yuqori tashkilot» tushunchasining ozi asta-sekin yoqola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bolgan yonalishda ragbatlantirish zarurati saqlanib qoladi. 3. Ragbatlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bolib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamgarilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi tasir korsatadi, yani soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga ragbatlantiradi. Soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xojaligi taraqqiyotini ragbatlantiradi, bu bilan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali ragbatlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xojalik yurituvchi subektlarning erkin faoliyat korsatishi taminlanadi. 4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq tolovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq korsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq tolovchilar ozlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. 5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi togrisida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi toliq, oz vaqtida va oson kechadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling