Kurs ishi mavzu: Soliqlarning makroiqtisodiy roli va mohiyati Topshirdi
Download 1.1 Mb.
|
2 5301072752411684146
Soliqlarning tamoyillari. Soliqlarning funktsiyasini organish ularning iqtisodiyotdagi rolini korsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Koplab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bolgan tamoyillarni qayd etishgan. Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit ozining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab bergan:
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda ozlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim. 2. Har bir odam tolaydigan soliq aniq belgilab qoyilgan bolishi kerak, bunda ozboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, tolanadigan vaqti va tartibi uni tolovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va malum bolishi zarur. 3. Har bir soliq tolovchiga har jihatdan qulay bolgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak. 4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq tolovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablagga nisbatan ortiq bolishiga mumkin qadar yol qoyilmasin. Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini tariflab otish mumkin: 1. Etarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bolishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xojaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirishuchun zarur bolgan moliya resurslari toplanishini taminlasin. Shuni ham takidlab otish lozimki, soliq stavkalari ozicha olganda soliq yuki korsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq tolovchi soliq tolar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bolgani holda, ayni choqda ozining bazi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yollarining holati yaxshi saqlanishini taminlash bilan soliq tolovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif, sogliqni saqlashni taminlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi, demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan boladi. Shunday qilib, tolangan soliqlarning faqat xizmatlar korinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki korsatkichi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, etarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qatiy ravishda uygunlashtirishni taqozo etadi. 2. Tadbirkorlik va investitsiyalarni ragbatlantirish. Soliq tizimi xojalik yurituvchi subektlarni, jumladan, chet el subektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag yonaltirishni, yani kapital jamgarish va shu yol bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirishi lozim. Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga tosqinlik qilmasligi hamda xojalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qoymasligi lozim. Agar soliqlar katta bolgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat korsatishdan manfaatdorligiga putur etkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tugiladi. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablaglarining barakasi uchishiga, ilgari toplangan mablaglarning eyilib ketishiga olib keladi.Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bolgan istemolning minimal hajmlariga salbiy tasir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy ragbatlarning harakat doirasini toraytirib qoysa, uchinchidan, jamgarma miqdorini kamaytirsa va mablagning toplanish jarayonini sekinlashtirsa, ishlab chiqarish imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.Soliqqa tortishning keyingi ikki salbiy omilini batafsil korib chiqaylik. Moddiy ragbatlantirishlarga nisbatan soliqqa tortishning noxush tasir etishi ish haqi tizimida salbiy alomatlar paydo bolishida kozga tashlanadi.Yuqori darajada tabaqalashtirilgan soliq stavkalarining qollanilishi natijasida xodim tomonidan ana shu moddiy ragbatni qabul qilishdagi oddiylik va maqbullikkolami torayib qoladi.Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini notogri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shugullanishga va boshqa sohalarga bolgan intilishiga salbiy tasir etadi, boisi -mehnatga tolanadigan haq miqdori, haqiqiy mehnat xarajatlarining murakkabligi va xususiyati ozgarishi befarq bolib qoladi.Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga tasiri ikki xil korinishda boladi hamda qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamgarish, investitsiyalash, yangi goyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil korinishlari bilan shugullanish uchun nisbatan kamroq darajada ragbatlantirishda namoyon boladi. Ayniqsa,progressiv (oshib boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning ragbatlantirishga zid tasiri yaqqol ifodalanadi.Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va istemolga qarab soliqqa tortishni kozda tutgan soliq islohoti otkazilmoqda. Soliqqa tortishning salbiy tasirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida ish haqi korinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda. Jamgarish va investitsiyalashga soliqlarning tasir etishi borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi.Soliqlarning tasiri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli korinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy osish suratlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining ozgarishiga ham tasir etmay qolmaydi. Soliqqa tortishdagi ogirlikni kapitaldan shaxsiy jamgarishga otkazishning umumiy tasirini bir xil manoda baholash qiyin, jamgarmaning umumiy hajmi uchun kelib chiqadigan oqibatlar soliq tushumlarining hukumat tomonidan ishlatilish xususiyatiga bogliq boladi.Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida soliq tizimi uy xojaliklaridagi jamgarmalar darajasining pasayib ketishiga olib kelgan bolsa, u holda bir tekis foiz stavkasi oshgan, bu esa investitsiya kapitaliga talabning kamayishi tasir korsatgan boladi. Ochiq iqtisodiyotda esa, jamgarmalardan olinadigan daromad soliqlari investitsiyalarga cheklangan darajada tasir qiladi, chunki bunda chet eldan kapitalning koproq oqib kelish imkoniyati bor, binobarin, xorijlik sarmoyador jahon bozorida ustun hisoblangan stavkani moljallaydi. Biroq bunday holatda kapitalga bolgan mulkchilik harakatga keladi. Bunga misol tariqasida Yaponiyadan kapitalning AQShga oqib otganligini korsatish mumkin, AQShda kapitaldan foydalanganlik uchun foiz stavkasi past bolgan. Ayni paytda AQShda rezidentlar jamgarmalarini soliqqa tortish stavkasi Yaponiyadagiga qaraganda yuqori edi.Binobarin, soliq siyosati oz-ozidan, agar u davlatning moliya-pul siyosati boshqa unsurlaridan ayri holda amalga oshirilsa, takror ishlab chiqarish jarayonlarigaragbatlantiruvchi tasir otkazmasligi ham mumkin. 3. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili. Adolat tamoyillariga muvofiq, soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy obektiv qoidalarga binoan belgilanishi lozim. Adolatliliktamoyilining bir qancha asosiy guruhdagi soliqqa tortish tamoyillariga bolinadi. Bularni ikki guruhga bolgan holda organish maqsadga muvofiqdir. Bunda gorizontal va vertikal adolatni bir-biridan farqlash lozish. Gorizontal adolat tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq tolovchilarga nisbatan soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qollanishni kozda tutadi.Vertikal adolat deganda, xojalik yuritishning bir muncha ogir sharoitlarida ishlayotgan subektlar uchun soliqqa tortishning bir qadar yumshoqroq shartlarini, engil daromad olish imkoniyatiga ega bolgan subektlar uchun esa ogirroq shartlarni qollanish tushuniladi. Soliqlarning ragyuatlantirish funktsiyasini bajarish doirasida ikkinchi tamoyil buzilishi mumkin. Masalan, xalqistemoli tovarlari ishlab chiqarishni ragbatlantirish maqsadida ularni ishlab chiqarish boyicha soliqqa tortishda bir qadar imtiyozli shartlar yoki buning aksicha vino-aroq va tamaki mahsulotlarini istemol qilishni cheklash uchun ulardan olinadigan egri soliqlarning yuqori stavkalari belgilangan hollar ham boladi.Ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirishga turlicha yondashuvlar bolishi mumkin. Agar soliqlarni toplangan soliqlar hisobidan royobga chiqariladigan davlat dasturlaridan keyinchalik foyda koradigan shaxslar tolasa, u holda adolatli deb hisoblanadi. Aytaylik, transport vositalariga soliqlardan tushadigan mablagni davlat katta yollarni tamirlashga yoki qurishga sarflasa, bundan soliq tolovchilarning ozlari -avtomobil egalari naf koradi. Biroq bunday yondashuvni keng miqyosda amalga oshirishning iloji bolmaydi. Huquq-tartibotni mustahkamlash, maorifni rivojlantirish, atrof-muhitni qoriqlashdan aniq ravishda kim koproq foyda korishini qanday qilib hisoblab chiqish mumkin? Hatto bepul sogliqni saqlash dasturlaridan asosan kop bolali oilalar, keksa va nochor fuqarolar foydalanishlari aniqlab chiqilgan taqdirda ham ana shu maqsadlar uchun maxsus soliqlarni aynan ularning ozidan undirishni talab qilish adolatdan boladimi?Amaliyotda boshqacha yondashuv birmuncha kengroq qollaniladi, unga kora tolov qobiliyati tamoyili asos qilib olinadi: soliq tolovchining daromadi qanchalik yuqori bolsa, undan shuncha kop miqdorda soliq undiriladi. Bu gapning manosi shuki, badavlat odamlar bepul maktab maorifi, milliy mudofaa, sogliqni saqlash va boshqa sohalar uchun bir qadar yuksak iqtisodiy masuliyatni his etishlari lozim, chunki ular kambagallarga nisbatan koproq tolashga qodirdirlar. Boy odamlar bepul davlat dasturlaridan foydalanadilarmi, agar foydalansalar, qay darajada -buning ahamiyati yoq. Aslini olganda, oziga toq kishilar talim berish va xizmat korsatish yaxshiroq yolga qoyilgan maktab va shifoxonalarni tanlaydilar. Bunday tolov qobiliyati kontseptsiyasi AQSh soliq siyosatida keng tarqalgan.Biroq amaliyotda soliqqa tortishning mazkur kontseptsiyasi tez-tez jiddiy qiyinchiliklarga duch kelib turadi. Yiliga 100 ming dollar daromad oladigan kishi yiliga 10 ming dollar daromad oladigan kishiga nisbatan koproq soliq tolashga qodir, degan fikrga qoshilish mumkin. Biroq bunda birinchi kishi ikkinchisiga qaraganda aynan necha baravar kop soliq tolash imkoniyatiga ega, degan masala noaniqdir. Badavlat odam ozining daromadidan osha hissani va mutlaq katta summani tolaydimi yoki soliq sifatida umuman koproq hissani tolaydimi? Afsuski, aniq bir odamning soliq tolash imkoniyatlarini olchash uchun ilmiy asoslangan qandaydir usullar yoq. Amaliyotda bunga javob, takliflar va taxminlar empirik yol bilan yoki hukumatning daromadlarga bolgan joriy ehtiyojlari, siyosiy qarashi asosida paydo boladi.Soliqqa tortishdagi adolat tamoyili bazi hollarda taqsimotdagi ijtimoiy adolat tamoyili korinishida namoyon boladi. Shuni takidlab otish orinliki, bu tamoyilni daromadlarniteng ravishda taqsimlash, baravarlashtirish deb tushunmaslik kerak. Qonun oldida tenglikka rioya etilishi, ijtimoiy mumtozlikka, irq va dinga munosiblikka asoslangan imtiyozlarning bekor qilinishi, inson asosiy huquqlarga birday ega bolishi kabi tenglik tamoyillari bolib, ular Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoyilgan va bu tamoyillarga qadriyatlarning ijtimoiy tizimida qatiy amal qilmoq lozim. Moddiy tenglik, yani daromadlar, mulk, istemol sohasidagi tenglik haqida gap ketadigan bolsa, aytish kerakki, bunday tenglikka erishib bolmaydi. Davlat va jamiyat barcha fuqarolar yaxshi hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishlari kerak, albatta, soliqqa tortish tizimi esa istiqbolga moljallangan rejada aholining farovonligini umumiy tarzda amalga oshirish orqali jamiyat quyi qatlamlarining ahvoli izchil ravishda yaxshilanib borishiga komaklashmogi zarur. 4. Oddiylik va xolislik. Bu tamoyil soliqqa tortish bazasini aniqlashda, soliqlarni hisoblab chiqishda oddiylik bolishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning eng muhim turlari boyicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni kozda tutadi. Bu orinda nazarda tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar yakka tartibdagi xususiyatga ega bolmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini ragbatlantirishga, soliq tolovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qati nazar, malum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kopaytirishga qaratilmogi lozim. Bazi sohalarda paydo boladigan davlat tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyojni qondirishni byudjet-kredit siyosati orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shuki, soliq imtiyozlarining haddan tashqari kopligi qonunlarni murakkablashtirib yuboradi, tushunishni qiyinlashtiradi hamda turlicha talqin qilinishiga olib keladi, bu hol pirovard natijada soliq tolovchilarning soliqlarga nisbatan munosabatlariga salbiy tasir qiladi. Shu bilan birga aniq qilib belgilangan imtiyozlar soliq yukini boshqa soliq tolovchilar zimmasiga otkazib, ijtimoiy adolatsizlik roy berishiga olib keladi. 5. Boshqarishga qulaylik. Samarali soliq tizimiga qoyiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bolishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish kop hollarda soliqlarning soliq tolovchilarga yaxshi tushunarli bolishiga bogliq.Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, ularni tolash qoidalari va tartiblari haddan tashqari kop. Buning ustigaular soliq tushumlarining kopayishiga hech qanday yordam bermaydi hamda soliqlarning ragbatlantiruvchi funktsiyasi bajarilishida rol oynamaydi. 6. Soliqlarni yigish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish. Mazkur tamoyil davlat va soliq tolovchilar tomonidan soliqlarni yigish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni kozda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining togriligini bevosita nazorat qilish usullarini qollanish orqali soliq tolovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliqqa tortish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan. 7. Soliq stavkalarini qiyoslash. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, yani mintaqaning oziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bolgan xojalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qoyilgudek bolsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, engil sharoit yaratilsa, mamlakatbyudjetiga salbiy tasir qiladi.Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan oxshashlikka ega va ularni toliq hayotga tadbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.14 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling