Kurs ishi mavzu: Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati Termiz-2022 mundarija kirish


Download 50.65 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2023
Hajmi50.65 Kb.
#1650359
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati

II Bob. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari
2.1. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari
Sopollitepa yodgorligida hayot so‘nganidan so‘ng aholining SHerobod daryosi yuqori oqimi hududlariga, hozirgi Bo‘stonsoy etaklariga ko‘chishi jarayoni kuzatiladi. Sopollitepadan topilgan moddiy madaniyat ashyolari bilan Jarqo‘ton yodgorligi quyi qatlamlari ashyolari, qabr qazish va o‘likni ko‘mish odatlari, hatto uy qurilishida ishlatilgan g‘ishtlar ham bir xilligi tadqiqotchilarga shunday xulosa chiqarish imkonini bergan. Darhaqiqat, Jarqo‘ton yodgorligi Sopollitepaning xronologik davomidir. Jarqo‘ton yodgorligida uchta xronologik davr kuzatiladi. Bular: Jarqo‘ton davri (mil. av. 1500-1350 yillar), Ko‘zali davri (mil. av. 1350-1200 yillar) va Molali davri (mil. av. 1200-1000 yillar). Shunday uchta xronologik davr qabristonlari ark va shaharni qazish davomida uchratildi. Xronologik davrlashtirish Jarqo‘ton olov ibodatxonasini qazish davomida juda yaxshi kuzatilgan. Har bir davrda ibodatxonada muayyan qurilish ishlari olib borilgan. Ayniqsa, ibodat o‘tkaziladigan qismda joylashgan ilohiy quduqlar har xil davrga oidligi kuzatilgan, ulardan topilgan sopollar majmuasi davr jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Jarqo‘ton davri ashyolari. Jarqo‘ton davri moddiy madaniyatida Sopollitepadagiga o‘xshash urf-odatlar izlari ko‘zga tashlanadi. O‘liklarni pol, devor, ostona ostiga ko‘mish holati davom etadi. Ayni paytda yangi, alohida qabriston paydo bo‘lgan. Kulolchilikda sopol idishlarning biroz qo‘pollashganini sezish mumkin. Shakl jihatidan Sopollitepa kulolchiligiga xos bo‘lgan vaza, kosa, qadah, ko‘za, choynaklar yasash davom etgan.
1. Mehnat va jang qurollari.Bronzadan yasalgan ish qurollari, jumladan, to‘qimachilikda ishlatiladigan spitsalar ham ko‘plab topilgan. Ular shakl jihatidan zamonaviy spitsalarga aynan o‘xshaydi. Uzunligi 10 sm dan 17 sm gacha boradi.Bronzadan xanjarlar tayyorlangan. Xanjarlar tig‘ining ikki tomoni o‘tkir va uchli bo‘lishi bilan bronza pichoqlardan farqlangan.Jarqo‘ton davrida bronzadan kam bo‘lsa-da, paykonlar ham yasalgan, ular shakl jihatdan chaqmoqtosh paykonlardan farq qilmaydi. Chaqmoqtoshdan yasalgan paykonlar ko‘proq barg shaklida bo‘lib, uzunligi 10 sm gacha boradi.
2. Taqinchoqlar.Jarqo‘ton davri ayollari taqinchoqlari Sopollitepa taqinchoqlariga o‘xshaydi. 40 dan oshiq soch to‘g‘nag‘ichlar topilgan bo‘lib, uzunligi 21 smgacha boradi. Uch tomoni o‘tkirlangan, bosh tomoni esa to‘mtoq, geometrik, zoomorf (hayvonlar shaklidagi) va inson qo‘li tasviri tushirilgan shakllarda bezatilgan. Oynalar aylana shaklda, chekkasi qayrilgan. Baldoqlar simni eslatadi. Sirg‘alar baldoqqa o‘xshatib, lekin kichkina qilib yasalgan. Surmadonlar ham Sopollitepadan topilgan surmadonlarga aynan o‘xshaydi, ya’ni shakli grafinni eslatadi.Munchoqlar lazurit, serdolik, xolsedon kabi toshlardan, suyaklardan romb, aylana, konus shaklida yasalgan.
Jarqo‘ton davri muhrlari bronza, sopol va gipsdan yasalgan. Muhrlarda o‘simliklardan archa, hayvonlardan tog‘ echkisi, ilon, burgut, shuningdek, geometrik shakl ifodalangan.
Ko‘zali davri ashyolari. Ko‘zali davriga kelib kulolchilik sohasida bir qadar o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Texnologik jihatdan takomillashuv jarayonini kuzatish mumkin. Kulolchilik charxlari tez aylantirilganligi sabab, sopol idishlar bejirim yasalgan. Vazalar oyoqchalari antik davr me’morchiligidagi bejirim ishlangan ustunlarni eslatsa, ko‘za ilk marotaba tashqi tomondan bezatila boshlandi.
Ko‘zali davri qabrlariga haqiqiy mehnat va jang qurollari o‘rniga ularning bronzadan yasalgan kichik shakllarini qo‘yganlar. Qabrga, shuningdek, kichik pichoqlar, boltalar, xanjarlar, o‘roqlar, ketmonlar qo‘yishgan. Tadqiqotchilar bu holatni metallni tejash, deb izohlashadi.
Molali davrida kulolchilik yanada taraqqiy etdi: sopol idishlarning shakli takomillasha bordi, vazalar har xil shaklda yasala boshlandi, yangicha shakldagi idishlar paydo bo‘ldi, sopol idishlar sirtini qizil angobga bo‘yash odat tusiga kirdi, Ko‘zali davrida unutilgan ayrim sopol idishlar tiklandi.
Bularga ko‘za va chapyalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Juda ham yupqa, yengil qilib yasalgan kichik idishlar paydo bo‘ldi. Umuman Molali davri sopollari majmuasi 11 tipga bo‘lingan.
Sopolli va Jarqo‘ton davrlarida qadimgi Baxtariya aholisi moddiy madaniyatida ko‘proq Qadimgi Sharq madaniyatlari bilan bevosita madaniy aloqalar kuzatiladi. Bu aloqalar Ko‘zali va Molali davrlarida ham saqlanib qoladi. Shu bilan bir qatorda, Yevrosiyo mintaqasida istiqomat qilgan Andronovo madaniyati aholisi bilan ham madaniy va iqtisodiy aloqa kuchaygan. Bu aloqalar Jarqo‘ton moddiy madaniyatida o‘z aksini topmoqda. Jarqo‘ton yodgorligining so‘nggi, Ko‘zali va Molali davri qatlamlarida ko‘chmanchi madaniyatlarga xos jang qurollari: pichoq, xanjar, paykon va hatto shimolga xos bo‘lgan sopol buyumlarning ko‘plab topilishi, murdani ko‘mishda Andronovo madaniyatiga xos bo‘lgan odatlarning paydo bo‘lishi jarqo‘tonliklarning ko‘chmanchi madaniyat – Andronovo madaniyati aholisi bilan aloqalari bo‘lganligini ko‘rsatadi.*
Sopollitepa manzilgohida keramik idishlardan tashqari toshdan va bronzadan ishlangan ko`plab buyumlar ham arxeologlar tomonidan topilgan. Toshdan yasalgan buyumlar – kuvacha, piyolasimon va oq hamda qizg`imtir marmardan, ohaktoshdan qilingan. Toshdan ishlangan buyumlar nihoyatda mohirlik bilan tayyorlangan, buda sopollitepaliklarning bu borada qo`li gul mohir usta ekanliklari ma’lum bo`ladi. Kosalarning barchasining bo`yi kalta holatda, bunga toshdan buyum yasashning og`irligi va mo`rt bo`lishi sabab bo`lgan bo`lsa, ajab emas. Shuni ham aytish kerakki, tosh buyumlarning barchasi qabrlardan topilgan, shunga binoan ularni turmushda ishlatish uchun yasamagan bo`lishlari ham mumkin. Sopollitepa hududidan topilgan metall buyumlari tashqi ko`rinishi jihatidan turli shakllarga ega bo`lib, bu idishlar aksariyati tosh buyumlari kabi qabrlardan topillgan. Metall idishlari qorin qismi kengroq, og`iz qismi cho`zilgan va bu turdagi metall idishlarining ham turli ko`rinish va shakllari uchratiladi. Bir guruh metall idishlarining hajmi 7 – 10 sm atrofida bo`lib, kimyoviy taxlil natijalariga ko`ra, idishlarda surma saqlangan bo`lishi mumkin. **
____________________
*Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
**Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
Ikkinchi guruhga oid metall buyumlari biroz kattaroq – 10 – 14 sm atrofida, ularning shakli silindirni eslatadi, ba’zilarida tutqich dasta ham o`rnatilgan. Idishning devorlari anchagina yupqa. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi chashkalar ham bronza metalidan tayyorlangan yarimsferik va ko`zasimon ko`rinishlarda. Sopollitepa manzilgohidan topilgan buyumlar orasida yog`och idishlar va savatlar ham mavjud. Yog`och buyumlarining ham aksariyati qabrlarda saqlanib qolgan. Topilgan artefaktlarning barchasi arxeologlar tomonidan turlarga ajratilgan. 
Ko`plab arxeologik topilmalarni tadqiq etish shuni ko`rsatdiki, Janubiy O`zbekiston hududi o`zining iqlimi, tabiiy sharoiti va geografik o`rni bilan dehqonchilk madaniyatlaridan biriga aylanishiga sababchi bo`lgan. Ziroatkor qabilalar muntazam ravishda Markaziy Osiyoning janubig`arbiy hududlari, Shinolisharqiy Eron, Janubiy Afg`oniston bilan bir tarafdan, ikkinchi tarafdan, Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari bilan aloqada bo`lganlar. Topilmalar yordamida Sopolli madaniyati O`zbekiston hududa alohida tarzda shakllanganligini va madaniyat darajasiga yetganligini aytish mumkin. Yuqorida keltirib o`tilgan hududlardagi madaniyatlar bilan olib borilgan mubtazam aloqalar sopollitepaliklar hayotida ham aks etgan, dehqonchilik va hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Ammo shuni ham qo`shimcha qilish kerakki, sopolli madaniyati o`ziga xos hunarmandchilik buyumlari va qurollari hamda boshqa turdagi topilmalari bilan yer yuzida uchraydigan madaniyatlardan ajralib turadi. Sopolli tipidagi qabilalarning madaniyati nafaqat Janubiy O`zbekiston hududlariga, balki Shimoliy Afg`oniston, Murg`ob vohasi, Janubiy Turkmanistonning tog`oldi hududlaria Shimoli-sharqiy Eron hududlariga tarqaladi Sopolli madaniyatining aksariyati keramik idishlari kulolchilik charxida tayyorlangan, sopol buyumlari juda yaxshi holatda pishirib olingan, to`q qizil va qizg`imtir ranglardagi angob bilan bo`yalgan. Sopolli madaniyatiga eng yaqin madaniyatlardan biri bu Dashli madaniyati hisoblanadi. Sopolli va Dashli madaniyatiga tegishli tumorlar toshlardan va loydan tayyorlangan, ularga gulsimon va boshqa ko`rinishdagi naqshlar solingan. Sopolli madaniyatining kelib chiqishi to`g`risida antropologik ma’lumotlarga to`xtalib o`tish ham kerakli ma’lumotlarni berishi mumkin. Sopollitepa va Jarqo`ton hududlaridan olingan antropologik materiallar sopolli madaniyati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirdi. Sopollitepadagi 138 qabrdan jami bo`lib 158 jasad qoldiqlari topilgan, shundan 54 tasi katta yoshdagi ayollar, 50 tasi erkaklar, 38 tasi 1 yoshdan 16 yoshgach bo`lgan bolalar va 16 tasi bir yoshgach bo`lga bolalarga tegishli ekanligi ma’lum bo`ldi. Sopollitepa va Jarqo`ton yodgorliklaridagi antropologik materiallar T.Xodjayev va X.Xalilovlar tomonidan o`rganilgan. Jarqo`ton yodgorligidagi odam bosh suyaklari Sopollitepa yodgorligidan ko`ra ko`proq ma’lumotlarni taqdim etadi. Sopollitepadan topilgan ayol va erkaklarga tegishli bosh suyaklari bitta tipga mansub. Barch bosh chanoqlari uzunchoq yuzli, vaqatgina dumaloq yuzli bosh suyaklari ikki dona topilgan. T.Xodjayevning izoh keltirishicha bunday holat normal holat bo`lib hisoblanadi va shunga qaramasdan aholining yuz tuzilishini cho`ziq boshli odamlar deyishga to`sqinlik qilmaydi. Sopolliliklarning lablari tuzilishi o`rtacha qalinlikda, qoshlari yoyi ham o`rtacha holatda shakllangan. Bururnlarining tuzilishi ham o`rtach kenglikda, qirrador holatda chiqqan. Sopolli madaniyatining aholisi antropologik tipi yevropoid irqiga to`g`ri keladi. Sopolli madadaniyatining aholisi bosh suyaklari Xafuztepa, Sialik yodgorliklaridan topilgan bosh chanoqlaridan farq qilib tursa, Oltintepa va Gyuksuyur vohalaridan topilgan bosh suyak qoldilari sopolli madaniyatiga bir muncha yaqin turadi. Sopolli madaniyati aholisining antropologik jihatdan eng yaqin o`xshash variantlari Zamonbobo madaniyati yodgorliklarida kuzatiladi. 
Sopolli madaniyatining dafn odatlari haqida ham alohida to`xtalib o`tish kerak. Sopollitepa yodgorligida alohida mozor qo`rg`onlari aniqlanmagan, aholi jasadlarni odatga ko`ra uylarning poli ostiga, bino va boshqa turdagi inshootlarning devorlari tag qismlariga dafn etib kelganlar. Faqatgina Jarqo`ton va Mo`lali davriga tegishli yodgorliklarda aholining alohida tashkil etilgan qabristonlarda dafn etilganiga guvoh bo`lamiz. ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­__________________________
* A. Askarov. Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi yuga Uzbekistana, Tashkent, «Fan», 1977 g., str. 106. 
bu davrda aholining mashg`ulotlaridan biri bo`lgan bo`lishi mumkin, bunga sabab har doim ham iqlim qulay kelmagan, yoki qaysidir ma’noda ovchilik o`zini ahamiyatini butunlay yo`qotmaydi. Jarqo`ton va Sopollitepa yodgorliklarining topilamalari bir birigan juda o`xshash, sopollar orasida ham, metall buyumlari orasida ham farq deyarli sezilmaydi, bu esa yodgorliklarning aynan bitta madaniyatga – Sopolli madaniyatiga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Ikki yodgorlikning, yuqorida keltirib o`tganimizdek, dafn marosimlarida ham o`xshash jihatlari bor. Biroq sopollitepaliklar jasadlarni uylari pol ostiga va inshootlar devorlarining ostki qismiga dafn qilganliklarini unutmaslik kerak.* Odatda qabrga bukchaygan holatda ayollar chap yonlari bilan, erkaklar o`ng yonlari bilan, boshlarini shimol tarafga qaratgan holda, ko`plab idishlar bilan birgalikda dafn etilgan, kattalarning qabrlari katakomba usulida, yosh kishilarning qabrlari esa yorma usulida qazilgan. Dehqonchilik. Sopolli madaniyatining xo`jalik asosini ishlab chiqaruvchi xo`jalik tashkil qilgan. Uning asosiy yo`nalishlari sug`orma dehqonchilik va xonaki chorvachilkdan iboratdir. Iqlimning qulayligi va geografik muhitning yaxshiligi bu yerda dehqonchilikning rivojlanishiga va taraqqiy etishiga katta turtki bo`ldi. Dehqonchilikdan keyingi o`rinni egallagan ishlab chiqatuvchi tarmoqlardan biri chorvachilik ham xo`jalikda muhim o`rin tutgan. Turli arxeologik qazishmalar, analizlar va qator tajribalar shuni tasdiqlaydiki, O`zbekiston hududlaridagi madaniyatlar, umman, Markaziy Osiyo hududidagi madaniyatlarda jahon miqyosida birinchilardan bo`lib ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tgan. Miloddan avvalgi VI – V ming yilliklarda Janubiy Turkmaniston hududlarida Joytun madaniyati keng tarqaladi, albatta, bu madaniyat ham o`z navbatida Yaqin sharq hududida tarqalgan Iyerixon, Jarmo, Mesopotamiya dehqonchilik madaniyatlari bilan o`zaro aloqalarga kirishganlar. Bu narsa ushbu madaniyatlarning rivojlanishi va taraqqiy etishiga katta zamin yaratib bergan. Hech ikkilanmasdan shuni aytish mumkinki, sopolli madaniyatida asosiy rolni xo`jalikda dehqonchilik egallagan. Buni yodgorlikda yashagan aholining muntazam o`troq turmush tarzini 
kechirganligi, yodgorlikdan ko`plab mehnat qurollarining topilganligi va boshqa turdagi ashyolar tasdiqlaydi. Yodgorlikning mustahkam mudofaa tizimiga ega bo`lganlgi va turli maqsadlarda bunyod etilgan inshootlarning mavjudligi sopollitepaliklarning hayotida dehqonchilik naqadar muhim o`rin tutganligini ko`rsatadi. Sopollitepa yodgorligini qazish jarayonlarida 150 ta bino yaxshi holatda saqlanib qolganligi va uylar hamda mudofaa devorlarining balandligi 2 metrgach ekanligi ma’lum bo`ldi, bu yodgorlikni o`rganish ishlariga katta yordam beradi va yodgorlikdagi qurilgan inshootlar haqida yetarlicha ma’lumot to`plashga imkon yaratadi. Taxmin qilish mumkinki, yodgorlikning mudofaa devorining balandligi dastlabki davrda 5 metrdan kam bo`lmagan, kengligi esa 1,6 – 1,7 metrni tashkil qilgan. Taxminiy hisob kitoblarga ko`ra faqatgina mudofaa devorining qurilishiga 40x10x20 sm lik g`ishtlardan 577 500 tacha ishlatishgan. G`isht bo`laklarining barchasiga somon aralashtirilgan. Bundan maqsad somonli g`isht mustahkam bo`lgan, somon g`ishtning tashishda, qurilish vaqtida tezda parchalanib ketishiga yo`l qo`ymagan, keyinchalik ham inshootlar devorlarida uzoq vaqtlari yaxshi holatda saqlanishiga sababchi bo`lgan. Somonli guvalalardan bugugungi kunda ham asosan qishloq hududlarida muntazam ravishda devorlarni qurishda foydalanib kelinadi, chunki azaldan bizning iqlimimiz va tabiiy shartsharoitimiz shuni talab qiladi. Qazish ishlari jarayonida madaniy qatlamlar orasidan ko`plab miqdordagi poxol qoldiqlariga duch kelingan. Poxollar chorvalarni oziqlantirishda hamda boshqa maqsadlar – maydalagan holda qurilish ishlari, guvalalar tayyorlashda, devorlarni suvoq qilishda qo`llanilgan. Poxollar asosan arpa va bug`doylarning poyalaridan olingan hamda chorva mollariga somon holatida berilgan. Poxollarning ko`p miqdorda topilishi Sopollitepada dehqonchilikning yaxshi rivojlanganligini ko`rsatadi, shuningdek, qo`shimcha ravishda don saqlanish uchun mo`ljallab qurilgan ombor qoldiqlarini aytish mumkin. Har bir uyning binosida oziqovqat mahsulotlarini saqlash uchun, ayniqsa, donni saqlash uchun alohida xonalar ajratilgan. Bu xonalarda o`choq, alohida chuqurlar yoki sandal qoldiqlari topilmagan.** Donlarni saqlash uchun sopollitepaliklar boshqa
_________________________
*O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
**O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
vositalardan ham unumli foydalanishganlar, kattakatta xumlar don saqlash uchun qulay idishgina bo`lib qolmay, mahsulotlarni ko`plab miqdordagi kemiruvchilardan saqlagan. Saqlash uchun mo`ljallangan xonlar ochilganda pol qismi sopol parchalari bilan maxsus qatlam qilib qoplab chiqilgan, bu usul ham kemiruchilardan saqlash maqsadida qilingan, sababi qlin sopol siniqlari orasidan kemiruvchilar o`ta olmagan. Yaqin Sharq hududida tarqalgan madaniyatlarda kemiruvchilardan hosilni saqlab qolish maqsadida ilk marta mushuk xonakilashtirilgani ma’lumSopollitepadan topilgan don qoldiqlari labaratoriyalarda mutaxassislar tomonidan tekshirib ko`rilganda pakana bo`yli bugdoy, arpa va uzum urug`lari ekanligi aniqlangan. Janubiy O`zbekiston hududidan topilgan bronza davriga tegishli bo`lgan ushbu don qoldiqlari Turkmanistonda tarqalgan neolit, eneolit va bronza davriga tegishli madaniyatlardagi don qoldiqlariga o`xshash. Pakana bo`yli bug`doy navlari Afg`onistonning janubida, Mundigak II qatlamlarida, Hind daryosining bo`ylarida tarqalgan Xarappa madaniyati yodgorliklarida ham aniqlangan shuningdek, Xarappa madaniyatiga tegishli yodgorliklardan guruch donlarining qoldiqlari topilgan, bunga sabab hududning sersuv dalalari va iqlimidir. Don qoldiqlarining turli hududlardan topilishi, bug`doy navlarining
asosan ikki turi ekilganligi, o`zaro madaniy aloqlar natijasida Markaziy Osiyo hududlaridan tarqalganligi olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Janubiy O`zbekiston hududi dehqonlari bir paytlar yetishtirgan so`li va arpaning yovvoyi navlari bugungi kunda ham Ko`hitang tog`i tog`-cho`l mintaqalarida uchratiladi. 
Mutaxassislarning fikriga ko`ra, yog`ingarchilik kam bo`ladigan Janubiy O`zbekiston hududlarida donli ekinlar sug`orma dehqonchilik yo`li bilan yetishtirligan. Chunki iqlim qish kunlarida yomg`ir-qorli bo`lsa-da, yoz fasli quruq keladi va bu aksariyat hollarda ekinlarni sun’iy sug`orishni talb qiladi. Shrobod daryosining deltasi, Xo`jaobod daryolarining bo`ylari dehqonchilik uchun qulay bo`lgan, Janubiy O`zbekiston hududlari iqlimi, albatta, sug`orma dehqonchilikni talab qilgan, bugungi kunda ham arxeologlar tomonida qadimgi sug`orish kanallari, irrigatsiya tizimlarining izlari ochib o`rganilgan.

2.2. BMAK ning ilmiy yangiliklari


Mil. av. III mingyillik oxirida insoniyat mis bilan qalayni aralashtirib, yangi metall – bronza (jez) hosil qilishni o‘rgandi. Bumetall misdan qattiqligi bilan farq qiladi. Undan yasalgan mehnat qurollari jamiyatni yanada rivojlantirishga asos yaratgan. Arxeologik davrlashtirish asosida bronza davri uch – ilk, o‘rta va so‘nggi bronza davrlariga bo‘linadi hamda mil. av. IIImingyillik oxiri va IImingyillikni o‘z ichiga oladi.O‘zbekiston hududida o‘rta va so‘nggi bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar mavjud. Respublikamizning shimoliy hududlari (qadimgi Xorazm)da ko‘chmanchi chorvador qabilalar (Tozabog‘yob madaniyati) istiqomat qilgan bo‘lsa, janubiy hududlari (Surxondaryo viloyati)da o‘troq dehqonchilikka asoslangan, ilk shahar madaniyatiga asos solgan Sopolli madaniyati sohiblari istiqomat qilgan. Markaziy viloyatlar (Zarafshon vohasi)da esa ko‘chmanchi‑chorvador va o‘troq‑dehqon madaniyatlarining qorishuvi jarayonlari kuzatiladi.Quyi Amudaryo, Orolbo‘yi hamda Zarafshon vohalarida tarqalgan Tozabog‘yob madaniyati genetik jihatdan Shimoliy Qozog‘iston, Sibir va Yevrosiyoda keng tarqalgan Andronovo madaniyati bilan bog‘lanadi. Andronovo va Tozabog‘yob madaniyatlarining ashyoviy manbalari – hunarmandchilik, mehnat va ov qurollari, uy qurilishi uslublari va hatto qabrni qazish va murdani ko‘mish odatlari ham bir xilligi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi, aholining mahalliy sharoitga ko‘nikishi natijasida Tozabog‘yob madaniyati sohiblari o‘troqlasha boradi; arxeologik manbalar ular dehqonchilikni o‘zlashtirganliklaridan da­lolat beradi. Tozabog‘yob madaniyati izlari Quyi Amudaryo va Xo‘jaylida (11 ta yodgorlik), Zarafshonning yuqori oqimida, Katta Tuzkon, Kichik Tuzkon, Qizilqir kabi yodgorliklarda o‘rganilgan.Yuqorida eslab o‘tganimizdek, respublikamizning janubiy viloyatlarida Qadimgi Sharq madaniyatiga xos bo‘lgan, yuqori dehqonchilik madaniyatiga erishgan, tariximizda ilk marotaba shahar madaniyatini barpo etgan bronza davriga oid Sopolli madaniyati tarqalgan. Sopolli madaniyatiga oid bo‘lgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan Sopollitepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston, Molali kabi yodgorliklar tadqiqotchi-arxeologlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda.Zamonbobo – bronza davrida Zarafshon vohasida tarqalgan madaniyat. Zamonbobo qabristoni 1950 yilda Yahyo G‘ulomov tomonidan topilgan, so‘ng A.Asqarov tomonidan o‘rganilgan. Zamonbobo madaniyati yodgorliklari mil. av. II mingyillikka oidZamonbobo qabristoni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan 15 km shimoli-g‘arbda, Zamonbobo ko‘lining shimoliy qirg‘oqlarida joylashgan. Bu yerda 1950-1964 yillarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Jami 46 ta qabr ochilgan. Qabrlar katakomba – lahad tipida qazilgan. Juda ko‘p qabrlarda ikkita – erkak va ayol skeleti uchraydi. Uchta qabrda erkak va ayol skeleti bilan birga bola skeletiham topilgan.
Ayrim qabrlarda skelet yer sathidan 10-50 sm, boshqalarida esa 70-130 sm chuqurlikda joylashgan. Chuqur qazilgan qabrlar boyligi bilan ajralibturadi. Zamonbobo qabrlari so‘nggi zamonlarda buzilgan, chunki hamma skelet juda yomon saqlangan, faqat 3 ta qabrdagi suyaklar anatomik to‘liq saqlangan va buzilmagan. Buzilmagan shu qabrlar asosida aytish mumkinki, Zamonbo­bo madaniyatida odamlarni yonbosh qilib, g‘ujanak holda ko‘mish odat bo‘lgan. Boshlari sharq va shimol tomonga qaratilgan. Har bir skelet oldida, uning bosh qismida bittadan sopol idish uchraydi. Bir nechta qabrdan chaqmoqtoshdan yasalgan paykonlar ham topilgan. Ayollar skeletlari yonidan ko‘plab qimmatbaho va oddiy toshlardan yasalgan taqinchoqlar, bitta qabrdan misdan yasalgan oyna, pichoq, yana bittasidan silindr shaklidagi oltin munchoq topilgan.
Bronza davriga (mil. av. XVII-XV asrlar) oid. Yodgorlikning markaziy qismida joylashgan qal’a to‘liq ochib o‘rganilgan. U kvadrat shaklida bo‘lib, tomonlari 82x82 mga teng. Qal’a uch qator mudofaa devori bilan o‘ralgan. Devorlar labirint sistemasida qurilgan bo‘lib, T shaklidagi ko‘rinishga ega. Bu mudofaa devori shu qadar geometrik shakl va aniqlikda qurilganki, tashqi dushman qal’a darvozasini topishi ham mushkul bo‘lgan. Qalaning haqiqiy darvozasi janub tomonda bo‘lib, T shaklidagi burjlar – devorlar yordamida yana xuddi shunday 7 ta soxta darvoza barpo qilingan.Jang vaqtida haqiqiy eshikni topolmagan dushman soxta eshiklar orqali labirint sistemasida qurilgan qala devorlari orasiga tushib qolgan va qal’a mudofaachilari tomonidan oson qo‘lga tushirilgan.Sopollitepa qal’a devorlari 2 m balandlikkacha saqlanib qolgan, xom g‘ishtdan terilgan.
Qal’a ichida yirik patriarxal oilalardan iborat 8 ta mahalla joylashgan. Mahallalar bir-biridan yo‘l va hovlilar bilan ajratilgan. Umuman, Sopollitepa qal’asida mehmonxona, omborxona, oshxona, yotoqxonadan iborat 146 ta katta va kichik xonalar majmuasi ochilgan. Devorlari 46x24x13 sm, 42x22x12 sm o‘lchamdagi xom g‘ishtdan terilgan. Uylar devorga o‘rnatilgan o‘choqlar bilan isitilgan.Sopollitepada uchta qurilish davri bo‘lganligi kuzatilgan. Har bir qurilish davrida u yoki bu xonalar o‘zgartirilgan, yangi xonalar qurilgan. Lekin 8 ta mahalla barcha qurilish davrida o‘zgarmay qolavergan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda , Sopolli madaniyati va umuman bronza davri O‘rta Osiyo antropologiyasi juda yaxshi o‘rganilgan, lekin antropologik jihatdan ekvator irqiga oid manbalar deyarli uchramaydi. Shu faktning o‘zi ham O‘rta Osiyo aholisining bronza davrida dravid irqiga oid emasligini yoki dravid tilli bo‘lmaganligini tasdiqlaydi.Bronza davrida O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi chorvachilikka va o‘troq dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar ahli yashashgan. Ushbu madaniyatlar aholisining etnik tarkibini o‘rganishga antropolog va arxeolog olimlar doimo qiziqish bilan yondashishgan. O‘rta Osiyoning bronza davri aholisining etnik tarkibi xususida antropolog olimlar deyarli bir xil fikrda, ular bronza davrida Kaspiy dengizi bo‘ylaridan to Pomirgacha bo‘lgan hududlarda O‘rta yer dengizi irqiga mansub aholi yashagan deb hisoblashadilar Shu hududda Nomozgoh madaniyati (Nomozgoh IV-V) ochilgandan so‘ng fanda ushbu madaniyat aholisini ariylar deb atalgan. Ayniqsa, Janubiy O‘zbekistonda Sopolli va Shimoliy Afg‘onistonda Dashtli madaniyatlari ochilgandan so‘ng bu g‘oya yanada kuchaygan So‘nggi yillarda Nomozgoh madaniyatining asosiy ijodkorlaridan biri V.M. Masson bu g‘oyadan qaytdi va «…bu madaniyat sohiblari ariylar emas, balki dravid yoki elam tilli bo‘lgan», — degan fikrni ilgari surmoqda. Ma’lumki, o‘tgan asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida dravid tilli bo‘lgan degan g‘oya tarqalgan edi. Bu g‘oyani o‘z vaqtida O‘rta Osiyo tarixi bilan shug‘ullanuvchi zabardast olimlar ham qo‘llab quvvatlagan. B.A.Litvinskiy bu fikrni Amudaryoning chap tomonida joylashgan Xarappa madaniyatiga oid SHo‘rto‘g‘ay yodgorligi misolida isbotlashga xarakat qiladi. Afsuski, Xarappa madaniyatiga oid boshqa yodgorlik O‘rta Osiyo hududida topilgani yo‘q. Dravid tillilik g‘oyasi tarafdorlari O‘rta Osiyoning antropologik manbalarini nihoyatda yaxshi bilishsada, o‘z asarlarida undan foydalanishmaydilar. To‘g‘rirog‘i, eslab o‘tishni istamaydilar. Ma’lumki, Dravidoidlar ekvator atrofida tarqalgan irq bo‘lib, qoratanli kishilar hisoblanadi.Ta’kidlab o‘tganimizdek, Sopolli madaniyati va umuman bronza davri O‘rta Osiyo antropologiyasi juda yaxshi o‘rganilgan, lekin antropologik jihatdan ekvator irqiga oid manbalar deyarli uchramaydi. Shu faktning o‘zi ham O‘rta Osiyo aholisining bronza davrida dravid irqiga oid emasligini yoki dravid tilli bo‘lmaganligini tasdiqlaydi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, antropologlar Kaspiydan Pomirgacha bo‘lgan hududda Sharqiy O‘rta Yer dengizi irqiga oid aholi yashaganligini qayta-qayta ta’kidlashgan. Akademik E.V.Rtveladze O‘rta Osiyo bronza davri aholisining tilini ham shu yerdan qidirish kerak, — deydi va O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan deb S.P. Tolstov g‘oyasini «qaytadan uyg‘otdi».E.V. Rtveladze shu maqolasida Qadimgi Sharq halqlariga xos bo‘lgan yozuvlarning tarqalish geografiyasini tuzib chiqqan. Uning yozishicha, xurrit yozuvi Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlari — Fors ko‘rfazining shimoli-sharqiy qirg‘oqlari — Markaziy Eron yo‘nalishida tarqalgan. Haqiqatdan ham shunday, Kaspiy va Urmiya ko‘li atroflarida xurrit yozuvi tarqalgan. Bu Janubiy Turkmanistondan bir necha yuz kilometr, xolos. Shu geografik tarqalishni asos qilib E.V. Rtveladze O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan deb hisoblaydi. E.V.Rtveladze o‘z g‘oyasini yana bir ma’lumot bilan quvvatlashga xarakat qilgan. Uning fikricha o‘zbek urug‘laridan bo‘lgan «mitan» urug‘i bilan xurrit davlatidagi «mitani» nomlarining o‘xshashligi misol qilib olingan. O‘zbek toponimlaridan «urmitan», «xurmitan» (Buxora), «xuarazm» (Xorazm — xurritlar yeri ma’nosida) kabi etnotoponimlarni ham xurritlar nomi bilan bog‘laydi.O‘rta Osiyoning bronza davri yodgorliklaridan bironta xurrit tili yozuvining topilmaganligi va umuman E.V. Rtveladzening xurrittillilik g‘oyasi haqiqatdan juda yiroq va bironta faktik manbaga tayanmagan.O‘rta Osiyoning bronza davri aholisi to‘g‘risida A.A.Asqarovning umumiy fikri shunday: «…qadimgi dehqonchilik madaniyati sohiblari, O‘rta Osiyoning shimolidagi chorvador qabilalar, mumkinki Janubiy Rus cho‘l zonalari halqlari bir tilda — Eron tilli va shu til lahjalarida gapirishgan. Mening fikrimcha sopolli va kuchuktepa madaniyati xalqlari til jihatidan bir-birini tushunishgan, shu til asosida Qadimgi Baqtriya tili vujudga kelgan, yani Eron tili lahjalaridan biri»[8].
So‘nggi yillarda A.A. Asqarov «andronova madaniyatining bir qism aholisi turktilli bo‘lganligi» xususidagi g‘oya bilan chiqdi Hozircha ushbu g‘oyaning tarafdorlari kamchillikni tashkil etsa-da, Qozog‘istonlik arxeolog K.M. Baypakov andronova madaniyati aholisining bir qismi turk tilli bo‘lgan, — degan fikrni olg‘a surmoqda[. Bu g‘oyalarning asosi Qadimgi Xitoy yilnomalarida keltirilgan yozma manbalar hisoblanadi. Ma’lumki, ushbu yilnomalarda Xitoyning shimolida miloddan avvalgi III-I ming yilliklarda «di» — «tiyek» -«tiyeuk» — «turk» xalqlari yashaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.O‘rta Osiyo hududlarida andronova va saklarning genetik birligi xususida antropologlar va arxeologlar o‘z fikrlarini bildirishgan. Tarixiy sharoitlarga qarab andronova madaniyatining miloddan avvalgi VIII asrgacha yashab kelganligi Janubiy Ural va Qozog‘istonda kuzatilgan. Yana bir masalaga oydinlik kiritib o‘tish lozim deb o‘ylaymiz, ayrim hududlarda andronova va saklarning moddiy madaniyatida o‘xshashlik sezilmasa, Tagisken madaniyati bilan dandiboy-begazi yoki karasuk madaniyatlari o‘rtasida mayitni ko‘mish va sopollar o‘rtasida o‘xshashliklar kuzatilgan[15]. Bu holat Xorazm saklarining (massagetlarining) yerli madaniyat sohiblari ekanligini tasdiqlaydi. Ular o‘troq dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan janub halqlari bilan doimiy madaniy aloqada bo‘lishgan. Orol bo‘ylarida yashagan sak qabilalari moddiy madaniyatida janub sopollarining uchrashi A.S.Sagdullayev maqolalarida ham yoritilgan.Afsuski, hozirgi fanimizda saklarni ham erontilli bo‘lgan, — degan fikrlar mavjud
Jarqo‘tondan topilgan erkak kishining byust haykali asosida jarqo‘ton aholisining tashqi tuzilishi haqida tasavvur paydo bo‘ldi. Shu vaqtgacha jarqo‘ton va bo‘ston qabrlaridan ko‘plab haykallar topilgan bo‘lib, ularda inson qiyofasi antropomorf ko‘rinishida ifodalangan edi. Jarqo‘ton arkidan topilgan byust haykalda esa inson qiyofasi hayotiy tarzda tasvirlangan. Shu haykal asosida fikrlaydigan bo‘lsak, jarqo‘ton aholisi yevropoid irqiga oid bo‘lib, qirra burun, soch — soqollari qora, qizil tanli kishilar bo‘lgan.



Download 50.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling