Kurs ishi mavzu:“ Sotsial ustanovka”


-BOB. USTANOVKA TURLARI 2.1.Kognitiv component


Download 51.38 Kb.
bet7/11
Sana24.12.2022
Hajmi51.38 Kb.
#1052812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iskandar lolayev

2-BOB. USTANOVKA TURLARI

2.1.Kognitiv component

 Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;

Sotsial ustnovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li – bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’yektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, sotsial ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.

Ustanovka set inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Biroq keyingi atamalar uning haqiqiy ma’nosini, mohiyatini mukammal aks ettirmaydi, shuning uchun ushbu atamani o‘zgarishsiz qoldirsa ham bo‘ladi.

Odatda, ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojni ma’lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyorlik tushuniladi. Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga ruhan tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi, uning qonuniyatlari eksperimental tarzda ta’kidlab o‘tilgan va ilmiy maktab namoyandalari tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada sinaluvchiga ikkita - bittasi katta, ikkinchisi esa kichikroq soqqachani ko‘zi yumuq holda uzluksiz bir nccha (10-15) marta paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning navbatdagi bosqichida soqqachalar baravariga almashtiriladi, bunda qiziq holat yuz berib, baravar jismlar ham har xil tuyuladi, ya’ni sinaluvchida (illuziya) noto‘g‘ri aks ettirish holati yuzaga keladi. Bunday psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, obyektiv jihatdan o‘zaro teng soqqachalar taqqoslanganda favqulodda subyektiv sharoitda ular bir-biriga teng emas, degan mayl bilan ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib tushuntiriladigan bo‘lsa, taqqoslash jarayoni ustanovka (ko‘rsatma berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday natijaga kelindi.


Download 51.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling