Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


-bob. Soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi


Download 465.44 Kb.
bet18/21
Sana19.06.2023
Hajmi465.44 Kb.
#1626389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ikromjonov

2-bob. Soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi
11. Direksiya xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga xabardor qilish tartibida:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir kun mobaynida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) bayonnomasining nusxasini;
EIZ ishtirokchisining guvohnomasi nusxasini;
b) EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab bir kun mobaynida qabul qilish komissiyasi dalolatnomasi nusxasini yuboradi.
12. Davlat soliq xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va tashkilotlar tomonidan davriy hisobotlar topshirilganda ular tomonidan olingan soliq imtiyozlarini hisobga oladi hamda har chorakda Ma’muriy kengashning ishchi organiga yig‘ma ma’lumotlarni taqdim etadi.
13. EIZ hududlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
EIZ ishtirokchisi tomonidan Investitsiya qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilmagan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, Investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida buxgalteriya hisoboti tatbiq etiladi.
14. Soliq majburiyatlariga ega bo‘lgan soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadi.
3-bob. O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi
15. Direksiya xo‘jalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran bir kun mobaynida xabar tariqasida xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy bo‘yicha davlat bojxona organlariga:
Ma’muriy kengash protokol qarorining nusxasini;
EIZ ishtirokchisi guvohnomasining nusxasini yuboradi.
16. O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llashda EIZ ishtirokchisi davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va EIZ Direksiyasi bilan kelishilgan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati;
EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasi.
17. Davlat bojxona xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar davlat soliq xizmati organlariga chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hamda EIZ ishtirokchilariga berilgan bojxona imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
18. EIZ ishtirokchilari har yili 25-yanvarga qadar davlat soliq va bojxona xizmati organlariga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim qiladilar.
19. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, ular olib kelingan kundan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq to‘liq miqdorda undiriladi.

Download 465.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling