Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


II BOB. MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O’RNI VA ROLI


Download 465.44 Kb.
bet8/21
Sana19.06.2023
Hajmi465.44 Kb.
#1626389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Ikromjonov

II BOB. MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O’RNI VA ROLI


2.1 Rivojlanayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishda mavjud muammolar va ularning yechimlari
Rivojlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrgа kelаdigаn bo'lsаk, yаngi industriаl mаmlаkаtlаrdа erkin iqtisodiy zonаlаrni tаshkil qilish sezilаrli dаrаjаdа foydа keltirmoqda. Xitoy, Mаlаyziyа, Filippin, Brаziliyа vа Meksikа kаbi dаvlаtlаrdа tаshkil qilingаn erkin iqtisodiy zonаlаr iqtisodiy o'sishning umumiy strаtegiyаsi bo'lib hisoblаnmoqda. Osiyo vа Аfrikаning qаtor rivojlаnаyotgаn mаmlаkаtlаri uchun erkin iqtisodiy zonа, ulаrning iqtisodiy rivojlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrdа iqtisodiy o'sishning аsosiy kontseptsiyаsi sifаtidа EIHlаrni bаrpo etish qаbul qilinаdi. Jаhon tаjribаsining ko'rsаtishichа, bundаy strаtegiyа o'zini oqlamoqda.
Rivojlаngаn mаmlаkаtlаrdа bаrpo etilgаn eksport ishlаb chiqаrish zonаlаri ko'proq ichki bozor uchun ishlаsа, rivojlаnаyotgаn mаmlаkаtlаrdаgi bundаy zonаlаr fаoliyаti tаshqi bozor uchun yo'nаltirilgаn bo'lаdi.
Xitoy Xalq Respublikasi misolida oladigan bo‘lsak, maxsus iqtisodiy zonalari iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiyalash va yuqori texnologiyali raqobatbardosh ishlab chiqarishga erishishda muhim omi lbo‘lmoqda. Oxirgi o‘ttiz yil davomida Xitoyda kuzatilgan iqtisodiy o‘sish haqiqatda “iqtisodiy mo‘jiza” bo‘lgani hech kimga sir emas. Uning rivojlanish tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1976-yilgacha Xitoy yopiq iqisodiyot hisoblanar edi. Ammo 1978-yilda Den Syaopin tomonidan olib borilgan “Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi islohotlar natijasida Xitoy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda Xitoy YaIMi yiliga o‘rtacha 10 % o‘sishga erishdi. 1979-2014 - yillarda Xitoyning aholi jon boshiga YaIMi qariyb 16 marta, ya’ni 195 AQSh doll.dan 3583 AQShga o‘sdi10.
Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm surgan
markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish
maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab ishlar
amalga oshirildi. Bunda Xitoyda turli shakldagi maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ)ni
tashkil etish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, MIZlarni tashkil etishdan asosiy
maqsadlar quyidagicha edi:

  • xorijiy kapitalni maksimal darajada jalb qilish, sanoatning ilmiy sig‘imli sohalarini yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish;

  • xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish, eksport hajmi va xorijiy valuta tushumini oshirish;

  • MIZ joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni Hong Kong,
    Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish;

  • arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to‘gri
    foydalanish;

  • boshqaruv malakasiga ega bo‘lish va milliy kadrlarni tayyorlash.
    Xitoyda MIZlarning tashkil etilish jarayonini 4 bosqichda kuzatishimiz
    mumkin: u 1970-yil oxiri 1980-yillar boshlari; 1980-yillar; 1990-yillar va 1990-
    yildan hozirgi kungacha davom etayotgan zamonaviy davrni qamrab oladi.

1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va
moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi.Va shu
maqsadda 1981-yil noyabrda “Guangdong va Fujian provinsiyalariga alohida
iqtisodiy maqom berish to‘g‘risida” XXR Davlat Kengashi qarori e’lon qilindi11. 1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi.
Keyinchalik, boshqa turdagi MIZlar ham butun mamlakat bo‘ylab tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda Xitoyda 14 ta ochiq qirg‘oq shaharlar, 15 ta erkin savdo zonalari, 17 eksportni rag‘batlantiruvchi zonalar, 52 ITTZ, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot zonalari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik zonalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan edi12.
2013-yil oxirida Xitoyda 5 ta MIZ, 210 ta ITTZ, 15 ta chegaradosh iqtisodiy
hamkorlik zonalari, 105 ta yuqori texnologiyali zonalar 13 ta erkin bojxona zonalari faoliyat yuritishi aniqlandi(2.1.1 jadval).

Download 465.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling