Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
IV. “Hazorasp” EIZga kiruvchi hududlar ro‘yxati
Download 465.44 Kb.
|
Ikromjonov
IV. “Hazorasp” EIZga kiruvchi hududlar ro‘yxati:
1. 1-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlog‘i, “Mirzo Ulug‘bek” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — “Pitnak-Urganch” temir yo‘lining 1 km uzunlikdagi qismi; sharqiy tomondan — “Toshsoqqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ichki xo‘jalik drenaji; janubi-g‘arbiy tomondan — Xorazm melioratsiya ekspeditsiyasi “Pitnak arna” kanali; g‘arbiy tomondan — “Hazorasp lochin servis” DUK yer maydoni; 2. 2-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlog‘i, “Y.Sherjon” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan: sharqiy tomondan — “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ Xorazm filiali yer maydonlari; janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yo‘li; g‘arbiy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasi; shimoliy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasida qurilgan namunaviy uy-joylar. 3. Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi yer uchastkalari: a) Pitnak shahri “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan: sharqiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘ini yer maydoni; janubiy tomondan — “Pitnak — Urganch” temir yo‘l uchastkasi; g‘arbiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘inining aholi yashash punkti; shimoliy tomondan — “Chap magistral kanal” kanali; b) “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inining aholi yashash punkti; sharqiy tomondan — “Xorazm” ko‘chasidagi xo‘jaliklararo avtomobil yo‘li; janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yo‘li; g‘arbiy tomondan — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Sadulla Iskandarov” fermer xo‘jaligi; v) “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer maydoni quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — Pitnak xizmatlar va axborot texnologiyalari kolleji hududi; sharqiy tomondan — “Mustaqillik” ko‘chasidagi xo‘jaliklararo avtomobil yo‘li; janubiy tomondan — “Fayz baraka” MChJning qandolatchilik sexi hududi; g‘arbiy tomondan — “Ruza Nafis” xususiy korxonasi supermarketi hududi; 4. Hazorasp tumani “Bog‘dor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: sharqiy tomondan — Xorazm viloyati mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hududi; janubiy tomondan — avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish “Sultonova Zulfiya” XK hududi; g‘arbiy tomondan — “Bog‘dor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punkti; shimoliy tomondan — “Bog‘dor” mahalla fuqarolari yig‘ini aholi punkti. 5. Hazorasp tumanidagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: sharqiy tomondan — 1200 mm diametrli “Buxoro-Ural” gaz quvurining himoya zonasi; janubiy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi; g‘arbiy tomondan — “Doniyerbek Elyorbek Shaxriyor” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi; shimoliy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolari yig‘ini yer uchastkasi. 6. Urganch tumanidagi Gaybu qishlog‘i “Tandirchi” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: shimoliy-g‘arbiy tomondan — avtomobilnoy dorogoy 4K 931 “Urganch shahri Chatkupir k.-Shovot shahri” avtomobil yo‘li; sharqiy tomondan — 4R 162 “Urganch shahri xalqa yo‘li”ning 5-kilometridagi yo‘l o‘tkazgich bilan; janubiy tomondan — “Urganch-Shovot” temir yo‘li uchastkasi bilan; g‘arbiy tomondan — “Urganch oil” MChJ avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi hududi bilan. 7. Urganch tumani Chatkupir qishlog‘i hududidagi sanoat zonasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — “Xidoyat” mahalla fuqarolari yig‘ini yer uchastkasi; sharqiy tomondan — “Dilmurod mebel servis” XK mebel ishlab chiqarish sexi hududi; janubiy tomondan — “Zafar kristall” MChJ neft zaxirasi ombori hududi; g‘arbiy tomondan — “Xorazm don mahsulotlari” AJ hududi. 8. Bog‘ot tumani Beshariq qishlog‘idagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi; sharqiy tomondan — Bog‘ot tumani “Gulshan” mahalla yig‘inidagi namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan turar joy imoratlari bilan; janubiy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi; g‘arbiy tomondan — kollektor. 9. Xiva tumani Zaungur posyolkasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan: shimoliy tomondan — “Urganchtransgaz” shu’ba korxonasi o‘quv kombinati; sharqiy tomondan — Xiva “Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasi hududi; janubiy tomondan — “Xivaneftgazqurilish” unitar korxonasi hududi; g‘arbiy tomondan — Xorazm viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yer uchastkasi. 10. Urganch tumani, “Bekobod” qishlog‘i va “G‘oybu” qishlog‘i yer uchastkalari quyidagi chegarlar bilan: shimoliy tomondan — “Buxoro Ural Magistral” gaz quvuri hududi; sharqiy tomondan — ochiq maydon; janubiy tomondan — ochiq maydon; g‘arbiy tomondan — ochiq maydon. Download 465.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling