Kurs ishi mavzu: Yozma nutq nuqsoniga EGA bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirish Bajardi


Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni yozma nutqga tayyorlash bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish


Download 1.93 Mb.
bet24/32
Sana02.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#198839
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32

Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni yozma nutqga tayyorlash bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish


Katta maktabgacha yoshdagi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar yozma nutqining funksional negizini ta’lim-tarbiya jarayonida kuzatish, tadqiq etish va nutqi meyorda rivojlangan bolalar bilan taqqoslash mazkur guruhga kiruvchi bolalarning о‘qish va yozuv malakalarining funksional negizini shakllantirish bо‘yicha metodik ish tizimini yaratish imkonini yaratdi.

Olib borilgan tadqiqot asosida mazkur ish tizimi, maktabgacha yoshdagi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni ta’lim-tarbiya tizimiga kiritilishi va uning bir yо‘nalishiga aylanishi - kelajakda yozma nutq nuqsonlarini oldini olish va yozma nutqni tez, samarali о‘zlashtirishga imkon beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish va rivojlantirish talablariga yaxlit yondoshuvga bola shaxsining barcha sohalarning о‘zaro ta’siri va bir-birini tо‘ldirishi orqali erishiladi. О‘zbekiston Respublikasida «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablari» kо‘p sonli ilmiy tadqiqotlarga tayanib, bolalarning rivojlanish va ta’lim olishlarini tо‘rt asosiy yо‘nalishga ajratadi:


  1. Jismoniy rivojlanish, о‘z - о‘ziga xizmat va gigiyena;

  2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish;

  3. Nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik;

  4. Bilish jarayoni, atrof-olam tо‘g‘risidagi bilimlarga ega bо‘lish.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yо‘nalishlaridan biri nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa – “Nutq, о‘qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug‘atini

boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik tо‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, savodga tayyorlash.

Og‘zaki nutqni о‘stirish bо‘yicha о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini о‘stirishga, nutqni grammatik tomondan tо‘g‘ri shakllantirishga, sodda va qо‘shma gaplar tuzish, bunda barcha sо‘z turkumlaridan foydalanishga о‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga tо‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va sо‘zlarni tо‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini о‘stirishda mustaqil hikoya qilishga о‘rgatish katta о‘rin egallaydi: bolalalarni о‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga о‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan tо‘g‘ri tuzilgan bо‘lishi kerak.

Savodga tayyorlash bо‘yicha о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga о‘rgatish ikki davrga ajratiladi: tayyorgarlik davri va asosiy davr (savodga tayyorlash)

Savodga о‘rgatishning tayyorgarlik davrida quyidagi ishlar olib boriladi:


  1. Tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etish va sо‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish;

  2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish;

  3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga о‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish;

  4. Oddiy tahlil va sintez qilish kо‘nikmalarini rivojlantirish: a/ Gapni sо‘zlarga bо‘lish, sо‘zlarni bо‘g‘inlarga bо‘lish;

b/ ma’lum tovushlarni о‘rnini aniqlash (sо‘zning boshida, о‘rtasida va oxirida);

v/ sо‘zda tovushlar ketma-ketligi va sonini aniqlash; g/ tovushlardan bо‘g‘inlar, sо‘zlar tuzishga о‘rgatish; d/ tovushlarni eshitishda farqlashga о‘rgatish.



Tayyorlov guruhida nutq, о‘qish va savodga tayyorlash yо‘nalishining savodga о‘rgatish bо‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida esa quyidagi ishlar olib boriladi:

  1. Tayyorgarlik davridagi tushunchalarni asosiy davrda ham mustahkamlab, chuqurlashtirib borish;

  2. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish;

  3. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bо‘yicha mashqlarni bajarishga о‘rgatib borish;

  4. Bо‘g‘in о‘qish;

  5. Kesma harflar yordamida bо‘g‘in va sо‘zlarni tuzish va ularni bо‘g‘inlab о‘qishga о‘rgatish;

  6. Bо‘g‘inli kartochkalardan bir nechta sо‘z tuzish va о‘qish.

Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol о‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus о‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bо‘g‘inlarni о‘qiy olish kо‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beriladi. Mashg‘ulotlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yо‘naltirilgan, ishtirok etishga mо‘ljallangan quyidagi usullardan foydalaniladi:

    1. Suhbat;

    2. Kо‘rgazmalilik;

    3. Tushuntirish;

    4. Kо‘rsatish;

    5. Kichik guruhlarda ishlash (3-4 bola bilan);

    6. Savol-javob;

    7. Rag‘batlantirish;

    8. Amaliy ish;

    9. Bilimlarni mustahkamlash uchun о‘yin.

Shu bilan birga yozma nutqning funksional negizini yaratishga yо‘naltirilgan ish tizimi bolani savodga о‘rgatish ishlaridan avval amalga oshirilishi va quyidagi yо‘nalishda olib borilishi lozim:


  1. Download 1.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling