Kurs ishi mavzusi: Turkiy tillarda qarindosh nomlarining qiyosiy tahlili. Qabul qildi: D. Ne'matova Andijon-2022 Reja


Download 91.38 Kb.
bet1/7
Sana05.05.2023
Hajmi91.38 Kb.
#1430364
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turkiy tillarda qarindosh nomlarining qiyosiy tahlili.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
Ta'lim vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni o‘qitish
(o‘zbek tili) yo‘nalishi IV bosqich
401-guruh talabasi
Diyoraxon Qurbonovaning
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
fanidan yozgan


KURS ISHI

Mavzusi: Turkiy tillarda qarindosh nomlarining qiyosiy tahlili.


Qabul qildi: D. Ne'matova
Andijon-2022

Reja:

  1. Kirish. Turkologiyada qavm-qarindoshlik terminlari masalasi.

  2. Asosiy qism:

    1. Qon-qarindoshlik terminlari.

    2. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari.

    3. Tutingan so‘z bilan ifodalangan yaqinlik nomlari.

  3. Xulosa.



I.Kirish. Turkologiyada qavm-qarindoshlik terminlari masalasi.
Turkiy tillar bo‘yicha qilingan dastlabki ishlar turkiy tillar guruhiga kiruvchi biror xalqning tarixini uning etnografik xususiyatlarini tekshirish bilan bog‘lab, qavm-qarindoshlik terminlari ustida yo‘l-yo‘lakay to‘xtalib o‘tilgan, xolos.
Turkologiyada qavm-qarindoshlik terminlarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tekshirish ishlari o‘tgan asrdan boshlangan bo‘lib, bir tilning qarindoshlik terminlarini, ba'zi ishlarda esa turkiy tillarning ko‘pchiligini bir-biriga qiyos qilish yo‘li bilan tekshirib chiqqanlar.
O‘zbek tilshunosligida bu masala to‘g‘risida qisman gapiriladi. Lekin qavm-qarindoshlikni anglatuvchi ota, ona, bola, o‘g‘il, qiz, nabira kabi qon-qarindoshlik terminlarinigina leksikologiya tarixi bilan bog‘lab tekshiriladi va misol tariqasida ko‘rsatib o‘tiladi yoki o‘zbek tili va uning shevalaridagi qavm-qarindoshlik terminlarini tekshirish, bu borada jiddiy ilmiy ish olib borish kerakligi, uning tilshunoslikdagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtab o‘tiladi.
O‘zbek tilshunosligida keyingi vaqtlarda yaratilgan ilmiy ishlardan biri B.O‘rinboyevning qavm-qarindoshlik terminlarining bir tomonlama xususiyatini, ya'ni undov, murojaat anglatuvchi so‘zlar qatoridagi formasinigina tekshirishga asoslangan asaridir. Albatta, bu ham o‘zbek tilidagi qarindoshlik terminlari uchun juda oz material beradi. O‘zbek tili tarixiga oid 1913-yilda chiqqan “Birinchi muallim" kitobining 23-24- betlarida esa qarindoshlaring umumiy ro‘yxati berilgan.
Uyg‘ur tilshunosligida esa bu sohada hali hech qanday ish qilingani yo‘q. Faqat turkologik ishlarda uyg‘ur tili uchun keltirilgan misollarnigina uchratish mumkin. Albatta bu ishlarda keltirilgan misollar uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining hozirgi ahvolini to‘liq ifodalab bera olmaydi.
Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari to‘g‘risida L.A. Pokrovskaya, X.G. Yusupov va S.A.Burnasheva tomonidan yozilgan maqolalarnigina ko‘rsatish mumkin. Bu asarlar turkiy tillardagi qavm-qarindoshlik terminlarini ma'no jihatdan tekshirishda ko‘pgina ijobiy tomonlarga ega bo‘lsa ham, lekin o‘zbek va uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining hozirgi ahvoliga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari materiallarida qavm-qarindoshlik terminlari juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlatilish doirasi, leksik, morfologik ma'nolari ham xilma-xildir. L.A.Pokrovskaya o‘z ishida konkret bir tilni asos qilib olib tekshirmaydi, shuning uchun ham bu ish umumiy texnologik xarakterga ega. X.G.Yusupov esa hozirgi zamon boshqird tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining ko‘rinishi, ularning dialektika xususiyatlarini ta'riflab bergan. Xuddi shu singari S.A.Burnasheva ham tatar tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarini ta'riflash va qisman boshqa turkiy tillardagi terminlari yo‘l-yo‘lakay xarakteristika berib o‘tish bilan chegaralanadi.

Turkman

Qoraqalpoq

Qozoq

Uyg'ur

O'zbek
Mazkur ishimizda biz qavm-qarindoshlik terminlarini

Qirg'iz

tillari qiyosi orqali o'rganib chiqamiz.


Ma'lumki, har qanday terminlar, shu jumladan, qavm-qarindoshlik terminlari qanchalik turg‘un bo‘lmasin, zamon o‘tishi, jamiyatning o‘zgarishi, oila, nikoh formalarining yangi shakllari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishi bilan ishlatilib kelinayotgan qavm-qarindoshlik terminlarining ma'no doirasi ham kengayadi, yangi turlari paydo bo‘ladi.

Qiyoslash ishlari
tarixi

O‘zbek va uyg‘ur tillaridagi qavm-qarindoshlik terminlari birdan paydo bo‘lgan emas, albatta. U o‘ziga xos tarixiy bosqichlarni bosib o‘tib, hozirgi ahvoliga kelgan. Hozirgi tilda qo‘llanilayotgan har bir termin paydo bo‘lgan vaqti jihatidan ham, turli funksiyalarda qo‘llanilishi va har xil o‘zgarish hamda yangiliklarni qabul qilish jihatidan ham o‘ziga xos tarixga egadir. 1
O‘zbek va uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlari hozirgi holga kelguncha ko‘p bosqichlarni va turli davrlarni boshidan kechirdi. Zamonlarning o‘tishi o‘zbek va uyg‘ur xalqi hayotida yuz bergan zo‘r iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar bu tillarning lug‘at sostavini ham o‘zgartirdi, kopgina qavm-qarindoshlik terminlari eskirib, iste’molda chiqdi. Bir turkum terminlarning ma'no doiralari kengaydi va o‘zgarishlarga uchradi.
Ma’lumki, o‘zbek va uyg‘ur xalqi o‘zining tarixiy taraqqiyoti jarayonida turli sistemadagi tillarda gapiruvchi ko‘pgina xalqlar bilan hayot kechirdi, aralashdi. Shuning natijasida o‘zbek va uyg‘ur tili murakkab sharoitda shakllandi va uning lug‘at sostavi, shu jumladan, qavm-qarindoshlik terminlari ham boshq2a tillarning leksik elementlarini (terminlarini) o‘z ichiga olgan holda rivojlandi. Ammo bunga qaramasdan o‘zbek va uyg‘ur tilining asosiy qavm-qarindoshlik terminlari saqlanib qoldi va ma'no doirasini kengaytirdi.
Qavm-qarindoshlik terminlari va nomlarini tilshunoslik nuqtayi nazaridan asosan ikki yo‘l bilan: 1) terminlar va nomlarining kelib chiqishi va taraqqiyoti;
2) terminlar va nomlarining hozirgi ahvoli, ko‘rinishi, leksik, grammatik xususiyatlari va ularning ma'no doiralari nuqtayi nazaridan tekshirish mumkin. Bunday tekshirishlarning birinchisi juda murakkab bo‘lib, tarixchilar, etnograflar va tilchilarning hamkorlikda ish olib borishlarini talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘zbek va uyg‘ur tilidagi qavm-qarindoshlik terminlari o‘zining kelib chiqishi va ma'nosiga ko‘ra asosan uchta katta guruhga bo‘linadi:
















2.Nikohdan keyingi paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari.








Download 91.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling