Kurs ishining o’rganilganlik darajasi.
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilingan.Nemis faylasufi Martin Xaydeger, K.L.Megrelidze, Akademik A.I.Berg, Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabining yirik vakillari X.Kyulpe, K.Byuller, A.Messer, Ax.Narsis tafakkur jarayonini o’rganish borasidagi olib borilgan ilmiy tadqiqotlari, o’zbek olimi professor E.G’oziyevning tafakkur boyicha nazariy asoslari tadqiqotning metodologik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Muloqot jarayoni
Kurs ishining maqsadi Tafakkurga oid ilmiy tadqiqotlarini psixologik asoslarini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.
Maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
1. Tafakkur va muloqot jarayonlari va uni rivojianishi muammosini o’rganish borasida olib borilgan tadqiqotlarni tahlil etish.
2. Tafakkur va muloqot jarayonini va uni rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslash.
3Olimlarning tafakkur va muloqotga oid ilmiy tadqiqotlarini tahlil qilish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Olimlarning tafakkur va muloqotga oid ilmiy tadqiqotlarini kurs ishi darajasida o’rganilishi tadqiqotning ilmiy yangiligi. Kurs ishining predmeti. Tafakkur va muloqot jarayonlari. Olimlarning ilmiy tadqiqotlari
Kurs ishining nazariy ahamiyati. Olimlarning tafakkur va muloqotga oid ilmiy tadqiqotlarini ilmiy-nazariy asoslanishi orqali Umumiy psixologiya , Psixologiya , Yosh davrlar psixologiyasi , Eksperimental psixologiya kabi fanlarni ilmiy boyishiga xizmat qiladi .
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tafakkur va muloqot jarayoni uni rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari borasida olingan ma’lumotlarni tarbiyachilar, psixologlar, ota-onalar faoliyatida qo’llanishi mumkin.
Kurs ishining tuzulishi. Kurs ishi kirish qism, ikki bob, oltita paragraf , xulosa, tavsiya taklif hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat .
I BOB. TAFAKKUR. TAFAKKUR TAHLILIGA KOGNITIV YONDASHUV
Do'stlaringiz bilan baham: |