Kurs ishi titulini rasmiylashtirish bo‘yicha namuna O‘zbekiston respublikasi
Download 31.79 Kb.
|
13a-22 Adhamov Nozimjon kurs ishi 1
Kurs ishi titulini rasmiylashtirish bo‘yicha namuna O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI “KORPORATIV BOSHQARUV”KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan KURS ISHI Mavzu : Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi Bajardi MATBA fakulteti 13A-22 guruhi Talabasi: Adhamov Nozimjon Tekshirdi:Orifjon Otaniyozov
TOSHKENT – 2022 Kirish I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari 1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. 1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. II bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar 2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni 2.2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi”. Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur. Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari 1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi. Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga alohida e’tibor qaratiladi. Download 31.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling