Kurs ishi Topshirdi: Abduraxmanov Doston Qabul qildi: Nasriddinov Bahouddin Denov 2023 Mavzu: Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish yo‘llari. Reja


Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish mohiyati va ahamiyati


Download 132.88 Kb.
bet2/12
Sana12.03.2023
Hajmi132.88 Kb.
#1265023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish yo‘llari.

Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish mohiyati va ahamiyati

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiya (frans. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. A. dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldisotdi etiladi. A. bevosi-ta emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. Oʻzbekistonda A. aholiga xu-susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda sotiladi. Oʻzbekistonda 1997-yil 5 ta investitsiya fondi ishladi.A. davlat korxonalari aksiyador ja-miyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va im-tiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mac, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. 
Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo’yilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:
1) mulkiy huquq.
2) nomulkiy huquq. aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor.
Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi:
1. Ovoz berish.
2. Kapitalni o'sishi.
3. Qo'shimcha imtiyozlar.
4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi.
5. Mulkka egalik qilish huquqi
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi olinishi;
- mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab qolinishi;
- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi.
Oʻz navbatida, mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning murakkabligini, shuningdek, korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (bozor kon’yukturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx oʻzgarishi va boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi kabilarni keltirish mumkin. Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda oʻz-oʻzini moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi. Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks ettirib korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi. Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz ixtiyorida qoladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori koʻp jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuningdek, tanlangan hisoblash usuliga bogʻliq.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy vositalardan foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda hisoblash va bu oʻz navbatida, qoʻshimcha aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida qoldirish imkonini beradi. Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz moliyaviy resurslarini shakllantirish mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi. Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (self financingSF) qobiliyatini baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini prognozlash quyidagi formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin:

Download 132.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling