Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat.
Bu shaklda boshqarish buyruq va farmoyishlar vositasida olib boriladi.
Buyruq – rahbarning qo’l ostidagilarga muayyan topshiriqni bajarish uchun bergan yozma yoki og’zaki talabi.
Farmoyish – qo’l ostidagilarga ayrim ishlab chiqarish yoki xo’jalik masalalarini hal etish bo’yicha berilgan talab. Farmoyish funksional rahbarlar tomonidan ularga o’z kompetensiyasi doirasida berilgan huquqlar asosida chiqariladi (asosan farmoyishlarni direktor o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari ishlab chiqadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |