Kurs ishiga berilgan vazifa


* kadrlar bilan bog’liq qism; *


Download 198.61 Kb.
bet50/52
Sana05.01.2022
Hajmi198.61 Kb.
#207778
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Nuriddin Menejment Fanidan

* kadrlar bilan bog’liq qism;

* kasbiy qism;

* tashkiliy qism.

Kadrlar bilan bog’liq qism o’z ichiga kasbiy layoqatni ta’minlovchi kasbiy bilimlar, mahorat va ko’nikmalar (malakaviy salohiyat), o’rganish qobiliyatlari (ma’lumot salohiyati) ni oladi.

Korxona mehnat salohiyatining tashkiliy qismi ham alohida xodimning, ham jamoaning ish samarasini belgilaydi.

Korxona mehnat salohiyatining tashkil etilishi jamoaning malakaviy-kasbiy tarkibi va xodimlar soatini rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Korxona mehnat salohiyatini boshqarishda fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha omil va elementlarining davriy yangilanishiga sabab bo’lishidan kelib chiqishi kerak. Bunday sharoitda korxona mehnat salohiyatini boshqarishdan ko’zlangan maqsad ishchi kuchining amaliyotda foydalanilmayotgan imkoniyatlari ulushini mumkin qadar kamaytirishdir. Korxona mehnat salohiyatini boshqarish quyidagi to’rt tamoyilga rioya etilishiga asoslanishi kerak:

* korxona mehnat salohiyatining bajarilayotgan ish turlari va mehnat vazifalarining hajmi, tavsiflari va murakkabligi bilan mutanosib bo’lishi kerak;

* korxona mehnat salohiyati tarkibining ishlab chiqarishning moddiy omili bilan bog’liqligi;

* korxona mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining ta’minlanganligi;

* ishchilarning kasbiy-malakaviy rivojlanishi va ular bajarayotgan ishlab chiqarish vazifalari ko’lamining kengayishiga sharoitning yaratilishi.

Sanab o’tilgan omillarning to’rttalasi ham to’liq hisobga olingandagina korxona mehnat salohiyatidan to’laligicha foydalanilganligi haqida xulosa qilish mumkin.

Umuman, mehnat salohiyatini boshqarish o’z ichiga uch asosiy bosqichni oladi, bular shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish. Shunday qilib, mehnat salohiyatini shakllantirish bir tomondan, xodimlarga bo’lgan ehtiyojning aniqlanishi bilan boshlanib korxonada barcha talablarga javob beradigan va rivojlanishning manbai bo’ladigan personalning mavjudligi bilan yakunlanadigan mustaqil jarayon bo’lsa, ikkinchi tomondan bu shunday bir butun jarayonning qismidirki, ushbu jarayonda mehnat salohiyatining shakllantirilishi faqatgina birinchi bosqichdir va bu bosqich asosida korxonadagi personalning rivojlanishi va foydalanilishi amalga oshiriladi.



Xulosa

Mavzu bo’yicha shuni xulosa qilishimiz mumkinki, korxonalarda ijtimoiy boshqaruv usullarini nazariy asoslari ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Menejment nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy tashkilot, moliyaviy tuzilma, firma, butun jamiyatning rivojlanish maqsadlarini aniqlash hal qiluvchi yo’nalish hisoblanadi.

Ijtimoiy soha - davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi kishilik jamiyati hayot faoliyatining sohasi. Bu siyosat jamiyat hayotining hamma tomonlari taraqqiyotini ta’minlovchi moddiy va ma’naviy ne’matlarni taqsimlash, har bir insonning hayot tarzini yaxshilashga yo’naltirilgan. «Ijtimoiy» ning mazmuni - bu ijtimoiy guruhlar, individlar o’rtasida ularning holati, jamiyatdagi o’rni va roli, hayot tarzi yuzasidan munosabatlaridir.

Ijtimoiy menejment nazariyasi ijtimoiy jarayonlar va xodisalarni jamiyat jarayonlarini boshqarish sohasiga kirib kelishi tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlarini o’rnatadi.

Ijtimoiy tizimlarning vaqt va makonda o’z-o’zini tashkil etishi uchun quyidagi sharoitlar zarur:


(energiya va resurslarning tabiiy manbalari, kapital, tovar, inson resurslarining olmashuvchan oqimlari);

  • ijtimoiy tizim turli qismlarining egri chiziqli xamqorligi;



  • ehtimollik elemen-tining mavjudligi (masalan, tabiiy xodisalar ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo’llashdagi oqibatlar ehtimolligi va h.k.);



  1. Umarxodjaeva M.G., Yaxyaeva I.K., “Ijtimoiy menejment” fanidan o’quv qo’llanma TDIU, 2013 y.114b.

24

- tizim parametlari diapazonining aniqligi.

Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko’p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo’qotishlari qanchalik kam bo’lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.


Download 198.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling