Kurs ishini bajarish uchun


Download 191.07 Kb.
Pdf просмотр
Sana14.03.2020
Hajmi191.07 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBUKASI SOG’LIQNl SAQLASH VAZIRLIGI 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEM1YASI 

 

 

 



 

 

 



TIBBIY YO’NALISHLARDA  

“TA’LIMDA AXBOROT TEXNOI.OGIYALARI FANIDAN 

 

 

KURS ISHINI BAJARISH UCHUN 



 

USLUBIY KO’RSATMALAR 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent 2015 

 

 



Tibbiy  yo’nalishda  “Ta’limda  axborot  texnologiyalari”  fanidan  kurs  ishini 

bajarish  uchun  uslubiy  ko’rsatmalar./Tuz:  Madjidov  A.Sh-  Toshkent,  TMA, 

2015, 18 - b. 

 

 



 

Ushbu  uslubiy  ko’rsatmalarda  tibbiy  pedagogika  yo’nalishlari  bakalavriat 

talabalari uchun mo’ljallangan kurs ishlari vazifalari berilgan. 

 

 



“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi. 

 

 



Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  ilmiy-uslubiy  kengashining  qaroriga  muvofrq 

nashrga tayorlandi. 

 

 

Taqrizchilar: 



 

Mirbabayev F A. 

Toshkent  avtomobil  va  yollar  instituti  “Axborot 

texnologiyalari” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent. 

 

Kulmanova M.U.  Toshkent tibbiyot akademiyasi  “Biologik va tibiy kimyo” 



kafedrasi mudiri, k.f.n., dotsent. 

 

 



 

 

 



© Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2015 

 

 



KURS ISHINING ASOSIY MASALALARI VA 

UNI BAJARISH UCHUN TALABLAR 

 

Kurs ishining maqsadi va mazmuni 



Berilayotgan kurs ishi tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalaming “Ta’limda 

axborot  texnologiyalari”  fanidan  olgan  nazariy  bilimlarini  umumlashtirish  va 

mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 

Kurs  ishining  asosiy  maqsadi  axborot  texnologiyalarini  o’rganishdan, 

zamonaviy  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  ta’lim  jarayoniga 

qo’llashning  asosiy  usullarini  o’zlashtirishdan  iborat.  Bu  maqsad  talabaning 

berilgan  mavzu  bo’yicha  o’quv  uslubiy  majmuani  mustaqil  yaratish  va  uni 

axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida yoritib berishida o’z aksini 

topadi. 

Kurs  ishi  semestr  davomida  bajarilib,  u  fanni  o’zlashtirishning  yakuniy 

bosqichi hisoblanadi. 

Kurs ishini sifatli bajarish talabadan informatika va axborot texnologiyalari 

shuningdek,  pedagogikaning  alohida  bo’limlari  bo’yicha  bilim,  ko’nikma  va 

malakalarga ega bo’lishini talab qiladi. 

Kurs ishini bajarishda talaba albatta: 

 



O’ziga  berilgan  mavzu  variantini  yechishning  nazariy  qismi  bilan 

tanishish; 

 

Ma’lum hamda yetarli darajada mavzuni yoritib chiqishi; 



 

Mavzuning  nazariy  va  amaliy  mashg’ulotlari  xronologik  xaritasini 



tayyorlab, o’qitishning interfaol usullarini tanlash; 

  Mavzu bo'yiha doklad tayyorlash va uni multimediali taqdimot yordamida 



yoritib berish; 

 



Mavzu  bo'yiha  amaliy  mashg’ulot  vazifasini  bajarish  uchun  interfaol 

usullar qo’llagan holda metodik ko’rsatmalar tayyorlash

 

Mavzu  bo’yicha  audiovizual  effektlami  qo’llagan  holda  web  sayt 



tayyorlash; 

 

Mavzu bo’yicha sinov savollari tayorlash; 



 

Mavzu  bo’yicha  kompyuterda  o’quv  nazorat  dasturlaridan  birida  test 



dasturi tuzish; 

 



Audiovizual effektlar qo’llagan holda mavzu bo’yicha veb sayt tayyorlash; 

 



Mavzu  boyicha  o’tilgan  materiallami  qiyosiy  tahlil  qilish  va  xulosa 

chiqarishi kerak. 

 

Kurs ishi quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo’lgan tushuntirish 



yozuvi ko’rinishida rasmiylashtiriladi: 

1.  Titul varag’i (ishning nomi, gurnh raqami, talaba ismi sharifi, rahbarning 

ilmiy darajasi, unvoni va ismi sharifi). 

2.  Mundarija 

3.  Kurs ishi uchun qo’yilgan mavzu. 

4.  O’z ichiga quyidagilami olgan ishning asosiy bo’limlari: 

a.  kirish qismi; 

b.  nazariy va amaliy mashg'ulotning xronologik xaritasi; 

c.  mavzuni bo’yicha ma’ruza matni, 

d.  ma’ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot; 

e.  amaliy mashg’ulot uchun metodik ko’rsatmalar; 

f.  mavzu bo’yicha nazariy savollar; 

g.  o’quv nazorat dasturlaridan birida tayyorlangan test dasturi; 

h.  electron o’quv qo’llanma haqida. 

5.  Rahbar xulosasi. 

6.  Glossariy 

7.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati. 

8.  Xulosa. 

Uning har bir bandi quyidagi ko’rinishda rasmiylashtiriladi. 

 

 



KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH 

Kurs  ishi  A4  formati  (210X297  mm)  oq  qog'ozining  bir  tarafiga 

kompyuterda  yoziladi.  Zarur  hollarda  ilovalami  (jadval,  sxema,  diagramma  va 

h.k.) uchun katta formadagi qog’ozda bajarilishga yo’l qo’yiladi. 

Matn  oddiy  shriftda  bir  yarim  intervalda  qora  rangda  chop  etiladi.  Shrift 

o’lchami - 14 (Times New Roman). Satrlararo interval 1,5. 

Matn  o’ng,  yuqori  va  pastdan  20  mm,  chapdan  30  mm  qoldirib,  kenglik 

bo'yicha tekislagan holda teriladi. 

Abzats chap tarafdan 1 sm qoldirib yoziladi. 

Kurs ishi hajmi  mavzudan kelib  chiqib  ilovalardan  tashqari 25-60 varaqni 

tashkil etadi. 

 

SAHIFALARNl RAQAMLASH 



Raqamlash titul varag'idan boshlanadi. Titul varag’i va mundarijaga sahifa 

raqami qo’yilmaydi. Birinchi raqam kirish qismiga qo'yiladi. Bu odatda 3 yoki 4 

raqam bo’ladi. Sahifa raqami yuqori o’ng burchakka oxirida nuqtasiz qo'yiladi. 

Kurs  ishi  sahifalari  arab  raqamlari  bilan  raqamlanadi.  Alohida  sahifalardagi 

ilovalar (rasm, jadval, sxema, diagramma va h.k.) umumiy tartibda raqamlanadi. 

 

MUNDARIJA 



Mundarija  2  sahifada  joylashadi.  Mundarija  sarlavhalari  matndagi 

sarlavhalami aynan takrorlashi shart. Ularni qisqartirish, boshqa ko'rinishda yoki 

matndan  boshqacha  tartibda  berish  mumkin  emas.  Barcha  sarlavhalar  oxirida 

nuqta qo’ymasdan bosh harfdan boshlanadi. Har bir sarlavhaning so’nggi harfi 

o’ziga mos sahifa raqamiga mos mundarijaning o'ng qismidagi sahifa raqamiga 

tutashadi. Mundarijaga titul varag'i kiritilmaydi. 

 

SAHIFALARNI RASMIYLASHTIRISH 



“KURS 

ISHI”, 


"KIRISH”, 

“XULOSA”, 

“FOYDALANILGAN 

ADABIYOTLAR  RO’YXATI”,  “ILOVALAR”  kabi  tuzilmali  elementlar 



nomlari kurs ishi tuzilmali elementlar sarlavhalari hisoblanadi. Sarlavhada “bob” 

so'zi  yozilmaydi.Sarlavhalarda  imkoniyat  darajasida  qisqartmalar,  tor  ixtisoslik 

atamalari,  qisqartmalar,  abbreviatura  va  matematik  formulalami  ishlatmaslik 

kerak. Sarlavhalar sahifa o’rtasida yoki chap tarafida bo’lishi mumkin. 

Bo’lim  va  punktlar  sarlavhalari  yangi  xatboshidan  yozilishi  kerak. 

Sarlavhalar bosh harfda, sarlavhaosti birinchi harfi bosh harfda. qolganlari kichik 

harfda yoziladi. Oxirida nuqta qo'yilmaydi va ostiga chizilmaydi. Agar sarlavha 

bir necha gapdan iborat bo’lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha va sarlavhaosti 

da b o'g'in ko’chirish ishlatilmaydi.  

Boblarni yangi sahifadan boshlash kerak. 

Podrazdel,  punkt  va  podpunktlar  sarlavhalari  sahifa  oxirida  bo'lmasligi 

kerak.  Ular  davomida  kamida  uch  qator  matn  bo’lishi  kerak.  Bob.  bo’lim. 

podrazdel. punkt va podpunktlar arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bob (bo’lim) 

ishning asosiy qismi doirasida arab raqamlari bilan (1, 2, 3 va h.k.) raqamlanadi. 

Punktlar har bir bob (bo’lim) va podrazdel doirasida raqamlanadi. Punkt raqami 

bob (bo'lim) raqami, podra/del yoki podpunkt tartib raqami, ajratuvchi raqamdan 

iborat bo'ladi (masalan 1.1, 1,2 yoki l . l .L 1.1.2 va hakozo). Agar bob (bo'lim) 

birgina punktdan iborat bo'lsa ham xuddi shunday raqamlanadi. Agar matn faqat 

punktlardan iborat bo'lsa. u ish doirasida tartib raqamlari bilan raqamlanadi. 

Bob (bo'lim). punkt. podpunkt raqami so’nggida nuqta qo'yilmaydi. oxirgi 

raqam va birinchi harf orasida bitta probel (bo'sh joy) qoldiriladi. 

Tuzilmali  elementlar  sarlavhalari  va  asosiy  qism  boblari,  birinchi  punkt 

sarlavhasi orasida ikki interval qoldiriladi. 

Matnning asosiy qism punkt va podpunkti abzatsdan yoziladi. 

Sarlavha va matn orasida ikkita bir yarimlik bo'sh joy bo'lishi kerak. 

 

QISQARTMALAR 



Kurs  ishini  yozishni  osonlashtirish  va  hajmini  kamaytirish  maqsadida 

qisqartmalar ishlatiladi. Umumqabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos 

kelishi  kerak.  Ishda  o  'z  qisqartmalaridan  foydalanish  mumkin.  bunda  birinchi 


uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan 

oshiq  bo'lsa  alohida  “Qisqartmalar  ro’yxati”  bayon  qilinishi  kerak.  Matnda 

qisqartmalarni quyidagicha ishlatishga yo'l qo'yilmaydi: 

  Matnda  “>”,  “<”,  “=”  va  boshqa  matematik  belgilami,  shuningdek  “%”, 



“№” belgilarini raqamsiz ishlatish; 

  manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi); 



 

‘‘GOST’, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish; 



  qiymatisiz  foydalanilganda  fizik  kattaliklar  qisqartma  nomlari  (jadval  va 

formulalardan tashqari). 

 

SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI 



  bir xonali sanoq sonlar agar o’lchov birligi bo’lmasa so’z bilan yoziladi, 

masalan: uch qator (3 qator emas); 

  Ko'p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi; 



 

O’lchov  birligi  qisqartmasi  bilan  kelgan  sonlar  raqam  bilan  yoziladi, 



masalan: 3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi. 

 



Bir turdagi  sonlarni yozishda o’lhov  birligi qisqartmasi  oxirgi  raqamdan 

keyin qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg. 

 

TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI 



 

Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi. 



O’n yettinchi. 

 



Murakkab  so’z  tarkibiga  kiruvchi  tartib  raqamlari  son  bilan  yoziladi, 

masalan: Natriy xloming 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham 

mumkin. 

 

FORMULA VA TENGLAMALAR 



Formula va tenglamalarni qora siyohda qo'lda yozishga ruxsat etiladi. Agar 

formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir 

formula  yoki  tenglamadan  oldin  va  keyin  bitta  bo’sh  qator  qoldiriladi. 


Formuladagi  belgilarga  sharh  ular  fomulada  qay  terrtibda  kelsa,  shu  tartibda 

beriladi  Sharh  “bunda”  degan  so’z  bilan  boshlanadi,  ikki  nuqta  qo’yilmaydi, 

masalan: 

 

S=ab,                                                        (2) 

 

bunda,  S - to’g’ri  to'rtburchakning  yuzi,  m



2

,  a  va  b  -   to’g’ri  to'rtburchakning 

tomonlar uzunligi, m. 

Formula  va  tenglamalar  arab  raqamlari  bilan  raqamianadi  va  kichik 

qavslarga olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda 

raqamlashning faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida). 

Formulani  boshqa  satrga  o’tkazish  faqat  matematik  belgidan  keyin  amalga 

oshiriladi. Fizik kattaliklar birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin 

yoziladi. 

Ko’paytirishning  asosiy  belgisi  o’rta  chiziqdagi  nuqta  (∙)  hisoblanadi. 

Ko’paytirishning  (x)  belgisi  ko'paytirish  belgisida  ko'chirish  va  vektorlarni 

ko'paytirishda  ishlatiladi.  Ko’paytirishning  (∙)  belgisi  fizik  belgilarning  harfiy 

belgilanishi,  qavslardan  oldin  va  keyin,  radikal  (√),  integral  (∫)  belgilari. 

trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qoyilmaydi. 

 

ILLUSTRATSIYA (ILOVA) LARN1 QO’YISH 



1.Rasmlar 

Barcha  illustratsiyalar  bir  xil  uslubda  bajarilgan  bo’lishi  kerak. 

Illustratsiyalar  ularga  matnda  birinchi  murojaat  bo’lgandan  keyin  darhol 

joylashtiriladi.  Har  bir  illiustratsiyaning  o’ziga  tegishli  sharhi  bo’ladi  va 

raqamianadi.  Illustratsiyalar  butun  matn  yoki  bo’lim  miqyosida  raqamlanishi 

mumkin. Illustratsiyalar soni ko’p bo’lsa ular tartib bilan raqamlanib, ish so’ngiga 

joylashtiriladi Agar rasmlarni raqamlash bir bo'lim miqyosida bo'lsa, rasm raqami 

bob  (bo'lim)  raqami  va  rasmning  tartib  raqamini  nuqta  bilan  ajratib  qo'yiladi, 

masalan: 2.1 rasm 


Agar  bitta  raqam  bilan  belgilangan  illustratsiya  bir  necha  tasvirdan  iborat 

bo’lsa ular kichik harflar bilan belgilanadi. (a,b,c. va h.k). 

Barcha  illiustratsiyalarga  matnda  murojaat  bo'lishi  kerak.  Illustratsiyalar 

alohida sahifada yoki matn orasida joylashtirilgan bo’lishi mumkin.  

 

2. Jadvallar 



Jadvallar  unga  matnda  birinchi  murojaat  bo’lgandan  keyin  darhol 

joylashtiriladi.  Barcha  jadvallar  butun  matn  bo’ylab  arab  raqamlari  bilan 

raqamianadi.  Agar  ishda  bitta  jadval  bo'lsa  unda  raqam  qo’yilmaydi.  Jadval 

raqamlanganda “№” belgisi ishlatilmaydi. 

Jadval mavzu sarlavhasi satr o'rtasidan birinchi harfi bosh qolganlari kichik 

harf  bilan  bir  intervalda  yoziladi.  Mavzu  sarlavhasi  so'ngida  foydalanilgan 

manbaalar ro’yhatiga mos ravishda jadval manbasi kvadrat  qavsda yoziladi 

 

BOG’LANISHLARNI RASMIYLASHTIRISH 



Matnda  manbalarga  bog’lanishlari  foydalanilgan  manbalar  ro’yxatidagi 

tartib raqami bo’yicha qo’yilishi kerak. Manbaning tartib raqami kvadrat qavsga 

olinadi.  Agar  manbadagi  aniq  sahifaga  murojaat  qilinsa.  sahifa  raqami  ham 

ko’rsatiladi, masalan: [3], [4, 6 b.]. 

Iqtiboslar  qo’shtirnoq  ichida  bosh  har  dan  boshlab  yoziladi.  Agar  iqtibos 

qisqartirilsa,  tushirib  qoldirilgan  qismi  o'rniga  uch  nuqta  qo’yiladi.  Masalan: 

A.Eynshteyn aytganidek. “Tarbiya ishiga har bir kishining individual qobiliyatini 

rivojlantirish haqida g’amxo’rlik qilish bilan ... e'tibor berish zarur” 

 

ILOVALAR 



llova matnda ko'rsatilgan tartibda foydalanilgan manbalar ro’yxatidan keyin 

joylashtiriladi. 

Ilovalarga turli jadvallar, grafiklar, algoritm blok sxemalari, dastur kodlari 

va  boshqalar  kirishi  mumkin.  Har  bir  ilova  yangi  sahifadan  boshlanadi.  Ilova 

butun ish bo’yicha umumiy raqamlanadi. 


“ILOVA”  sarlavhasi  yuqori  o’ng  burchakka  yoziladi.  Barcha  ilovalar 

raqamlanadi,  masalan:  1-ILOVA,  I-ILOVA.  Agar  ilova  bitta  bo'lsa  u 

raqamlanmaydi. Agar ilova sarlavhasi mavjud bo'lsa, u satr o’rtasidan bosh harfda 

yoziladi. 

 

FOYDALANILGAN MANBALARNI RASMIYLASHTIRISH 



 

Foydalanilgan  manbalar  ro’yxati  birinchi  harfi  bo’yicha  alfavit  tartibida 

joylashtiriladi. Avval o'zbek tilidagi, keyin boshqa tillardagi manbalar ko’rsatladi. 

Har bir yangi manba yangi satrdan yoziladi. Hammualliflar familiyalari manbada 

keltirilgan tartibda ko’rsatiladi. Kitob, monografiya, hisobotlar qisqartmasiz to’liq 

yoziladi. 

Agar  maqola  jurnaldan  olingan  bo'lsa,  quyidafi  tartibda  yoziladi:  maqola 

muallifi,  maqola  nomi,  ikkita  yotiq  chiziq  (//),  jurnal  nomi,  nuqta,  nashr  yili, 

nuqta, jurnal nomeri, nuqta, maqola sahifasi, nuqta. 

 

Elektron resurslar 



Elektron  resurslar  ro’yxati  foydalanilgan  manbalar  oxirida  beriladi.  U 

quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 

1. 

Alisher Navoiy nomli O’zbekiston milliy kututxonasi / www.natlib.uz 



 

KURS ISHINI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR 

Quyida kurs ishi bo’yicha bir variantning qanday bajarilishi keltirilgan: Kurs 

ishi titul varaq bilan boshlanadi (1-rasm). Ikkinchi varaqda mundarija keltiriladi 

Keyingi  varaqlarda  kurs  ishi  uchun  qo’yilgan  mavzu  nomi,  asosiy  qism, 

foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati, ilovalar, kurs ishi so’ngida xulosa 

va rahbar taqrizi joylashadi. 

 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIG1 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 

“INFORMATIKA, BIOFIZIKA VA NORMAL FIZIOLOGIYA” KAFEDRASI 

 

 

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 

FANIDAN 

 

ALGORITMLASH ASOSLARI  

mavzusida 

 

KURS ISHI 

 

Bajardi: tibbiy pedagogika fakulteti 3 kurs 



302 guruh talabasi Ahmedov A.A. 

Himoya bali __________________ 

Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Madjidov A.Sh. 

Sana ________________________ 

 

 

 



 

 

 



 

Toshkent 2015 

 

1-rasm. Kurs ishi titul varag’ining ko’rinishi 



 

 


Mundarija 

1.  Kurs ishi uchun qo'yilgan mavzu. 

2.  Kirish 

3.  Asosiy qism: 

a.  mavzu bo'yicha ma’ruza matni; 

b.  ma’ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot; 

c.  mavzu bo'yicha nazariy savollar; 

d.  ma’ruza matni bo’yicha glossariy; 

e.  amaliy mashg'ulot uchun metodik ko’rsatmalar; 

f.  pedagogik qism (darsning xronologik xaritasi, qo’llaniladigan 

pedagogik va interfaol uslublar); 

g.  mavzu bo’yicha matnli va elektron shakldagi testlar; 

h.  mavzu bo’yicha yaratilgan elektron o'quv qo’llanma yoki darslik;  

i.  qo’shimsha ma’lumotlar; 

4.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati. 

5.  Xulosa.  

6.  Rahbar taqrizi 

 

 



Kurs ishi uchun qo'yilgan mavzu 

ALGOR1TMLASH ASOSLARI 

 

Kurs ishini bajarish uchun  Microsoft  Office  Word 2013, Microsoft  Office 



PowerPoint  2013,  Microsoft  Office  Frontpage  2003  Adobe  PhotoShop  CS6 

dasturlaridan foydalanildi. 

KIRISH 

Algoritmlar haqida (3 varaq) 



ASOSIY Q1SM 

 

Xronologik xarita (1 varaq - nazariy, 1 varaq - amaliy) 



Ma’ruza matni (kamida 8 varaq) 

Nazariy savollar (1 varaq) 

Amaliy mashg’ulotlar uchun metodik korsatmaiar (3 varaq) 

Test variantlari  

Glossariy 

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati. 

Xulosa.  

Rahbar taqrizi 

 

ILOVALAR: 



1-ilova: Taqdimot sahifalari 

2-ilova: Test sahifalari 

3-ilova: Elektron o’quv qo’llanma sahifalari 

4-ilova: Qo’shimcha ma’lumotlar (videorolik kadrlari, fotogalereya) 

 

 


KURS ISHINING NAMUNAVIY MAVZULARI 

 

1. 



Axborot va axborot jarayonlari. 

2. 


Axborot jarayonlarining tasnifi. 

3. 


Axborotni  diskret(raqamli)  taqdim  qilishning  universalligi.  Axborotni 

ikkilik taqdim etish 

4. 

Axborotni izlash va tizimlashtirish. 



5. 

Axborotni saqlash; saqlash usullarini tanlash 

6. 

Axborotni sosial, biologik va texnik tizimlarda uzatish. 



7. 

Rasmiy qoidalar asosida axborotni o'zgartirish. 

8. 

Algoritmlash avtomatlashtirishning zaruriy sharti sifatida. 



9. 

Inson tomonidan axborotni eslab qolish, qayta ishlash va o'tkazishning o'ziga 

xosligi . 

10.  Shaxsiy axborot muhitini tashkil etish. 

11.  Axborotni xavfsizligi asosllari 

12.  Kriptologiya – matnni shifrlash va qayta tiklash haqidagi fan. 

13.  Kriptografiya – matnni shifrlash haqidagi fan. 

14.  Kriptoanaliz – matnni qayta tiklash haqidagi fan. 

15.  Jamiyatda,  tabiatda  va  texnika  tahlilida  informatika  va  AKT  asosiy 

vositalarinini qo'llash. 

16.  Kompyuter axborot jarayonlarini avtomatlashtirish vositasi sifatida. 

17.  Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti. 

18.  Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi. 

19.  Operasion tizimlarning xilma-xilligi. 

20.  Yechilayotgan masalaga bog'liq holda kompyuter konfigurasiyasini tanlash. 

21.  Axborot  ob'ektlari,  shaxsiy  axborot  maydonini  tashkil  etish  dasturiy 

vositalari.  

22.  Turli kasb faoliyatlarida apparat va dasturiy vositalari. 

23.  Axborot obyektlarini yaratish va o’zgartirish vosita va texnologiyalari. 

24.  Matn  axborot obyekti sifatida. 

25.  Matnni tashkil etishning avtomatlashtirilgan vosita va texnologiyalari. 

26.  Matnni o’zgartirishning asosiy usullari. 

27.  Axborotni gipermatnli tasvirlashi. 

28.  Dinamik (electron) jadvallar axborot obyekti sifatida. 

29.  Jadvallar bilan ishlashning vosita va texnologiyalari. 

30.  Elektron jadvallarining vazifasi va ishlash prinsipi. 

31.  Ma’lumotlararo matematik bog’lanishlarni tasvirlashning asosiy usullari. 

32.  Sonli ma’lumotlarni qayta ishlashda elektron jadvallrning qo’llanilishi. 



33.  Grafik axborot obyektlari. 

34.  Grafika bilan ishlash usul va texnologiyalari. 

35.  Taqdimot dasturlar yordamida grafik axborotlarni yaratish va tahrirlash. 

36.  Aanimatsion dasturlar yordamida grafik axborotlarni yaratish va tahrirlash. 

37.  Ma’lumotlar bazasi va ular ustida ishlash; 

38.  Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 

39.  Turli o’quv va amaliy vazifalarni yechish uchun ma’lumotlar bazasi yaratish 

va ishlatish. 

40.  Axborot  almashinuvida  kompyuter  tarmoqlari  yordamida  vosita  va 

texnologiyalar(tarmoqli texnologiyalar)  

41.  Kompyuter tarmoqlari yordamida axborot almashish usul va texnologiyalari. 

42.  Lokal va global kompyuter tarmoqlari. 

43.  Kompyuter tarmoqlarining apparat xamda dasturiy vositalar tuzilishi 

44.  Axborot-qidiruv tizimlari. 

45.  Obyektni keyingi qidirish uchun tavsiflash. 

46.  Insonning axborot faoliyati. 

47.  Axborotlashgab jamiyat shakllanishining asosiy bosqichlari. 

48.  Insonning axborot faoliyatidagi axloqiy va xuquqiy normalari. 

49.  AKT kasb faoliyatda qo’llash. 

50.  Informatikaning fan sifatida rivojlanish tarihi 

51.  Axborot texnologiyalarning vujudga kelishi. 

52.  Jamiyatni axborotlashtirishning asosiy bosqichlari. 

53.  Texnikada informatikani yaratish, qayta ishlash va berish va saqlash. 

54.  Birinchi EHM larning ishlashining o'ziga xosligi 

55.  Axborot tili axborot taqdim etish vositasi sifatida 

56.  Axborot va komandalarni kompyuterda taqdim etishning asosiy usullari “ 

57.  Kompyuter viruslarining xilm-xilligi va ulardan saqlanish usullari. 

58.  Antivirus dasturlari. 

59.  Axborot texnologiyalarning xayotiy sikli. 

60.  Dasturlash jarayoniniga asosiy yondashuvlar:ob'ektli , strukturali, modulli. 

61.  Zamonaviy multimediyali texnologiyalar 

62.  Keys texnologiyalar dasturiy tizimlarga asosiy ishlov berish vositasi sifatida. 

63.  Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning imkoniyatlari. 

64.  Simvollarni aniqlovchi, tizim hamda skanerlash. 

65.  Butundunyo  Internet  tarmog'i:  tarmoqqa  kirish  va  bog'lanishning  asosiy 

kanallari. 

66.  Internet tarmog'i ishlashining asosiy tamoyillari  

67.  Internetdagi qidiruv tizimlarining turlari. 

68.  Elektron pochta bilan ishlashga mo'ljallangan dasturlar. 


69.  Tarmoqsiz internet: ishlashining o'ziga xosligi. 

70.  Internetdagi axborotni ximoyalash tizimi. 

71.  Zamonaviy tarjimon dasturlar. 

72.  Kompyuter  grafik  dasturlari  bilan  ishlashning  o'ziga  xosligi:  Adobe 

PhotoShop va CorelDraw. 

73.  Elektron pulli tizimlar  

74.  Jamiyatni  axborotlashtirish:  savodsizlikni  oldini  olish  yo'lidagi  asosiy 

muammolar. 

75.  Axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklar. 

76.  Axborot tarmog'ida muloqotning axloqiy normalari. 

77.  Ko’chma kompyuterlar bilan ishlashdagi ustunlik va nuqsonlar. 

78.  Printerlar va ularning ishlashining o'ziga xosliklar. 

79.  Kompyuterning  inson  salomtligiga  salbiy  ta'siri  va  undan  ximoyalanish 

yo'llari. 

80.  Zamonaviy inson xayotida kompyuter texnologiyalarining axamiyati. 

81.  Zamonaviy ta'lim tizimida axborot texnologiyalari. 

82.  EHM tuzilishi va strukturasi 

83.  Shaxsiy kompyuter hotirasi tuzilishining o'ziga xosligi. 

84.  Shaxsiy kompyuter itemali blokining tuzilishi. 

85.  Shaxsiy kompyuterlar uchun asosiy monitor turlari. 

86.  Monitorning drayver o'rnatishning o'ziga xosligi. 

87.  Shaxsiy kompyuter bosmaga chiqarish qurilmasining tavsifi. 

88.  Skanerning asosiy vazifasi. 

89.  Internetning zamonaviy jamiyatagi o'rni. 

90.  Internetga ulanish uchun modemlarning turlari. 

91.  Shahsiy kompyuterlar uchun yo'ldosh antennalar turlari. 

92.  Tizimli dasturiy ta'minoti haqida tushuncha. 

93.  Operasion tizimlarninig asosiy turlari. 

94.  MS Office Word dasturi bilan ishlashning o'ziga xosligi. 

95.  MS Office Excel elektron jadvallari bilan ishlashning o'ziga xosligi. 

96.  MS Office Access dasturi bilan ishlashning spesifik o’ziga xosligi. 

97.  MS Office Power Point dasturi bilan ishlashning o’ziga xosligi. 

98.  MS Office Publisher dasturi bilan ishlashning spesifik o’ziga xosligi. 

99.  Algoritm va uning xossalari mohiyati. 

100. Power Point dasturida taqdimotlarga ishlov berish. 

101. Dasturlash tillarining tasniflanishi.  

102. Hisoblash tizimlarining ovchi rivojlanish tarihi. 

103. Zamonaviy noutbuk turlari. 

104. Kompyuter tarmoqlarining vazifa va strukturasi. 


105. Global tarmoqqa ulanish usullari. 

106. Elektron pochta orqali muloqot. 

107. Veb-sahifa yaratishning o'ziga hosligi. 

108. Saytlarga ishlov berish va ularning dizayni. 

109. Zamonaviy multimediya vositalari. 

110. Ishlab chiqarish korxonalarida axborot texnologiyalari. 

111. Zamonaviy axborot texnologiyalari orqali ta'minot. 

112. Printer va uning vazifasi 

113. Faks: xillari, turlari va ularning vazifasi. 

114. Skanerning funksional o'ziga hosligi. 

115. Zamonaviy antivirus dasturlari. 

116. Nazorat va kuzatuv kompyuter tizimlari 

117. Navigasiya tizimlari ishlashining o'ziga hosligi. 

118. Axborot xavfsizligining kompyuter vositalari. 

119. Ahborot maydonida ahloqiy normalarga rioya etish. 

120. Grafik muharrir bilan ishlashning o'ziga hosligi 

121. Axborot tizimlarining kontrollingi. 

122. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy sub'ektlar faoliyatiga 

ta'siri. 

123. Tarmoqsiz axborot texnologiyalari ishlashining o'ziga xosligi. 

124. Kelajak kompyuterlari: o'ziga hosligi va ishlash xarakteri. 

125. O’zbekistonda  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanish 

istiqbollari. 

126. Sog’liqni  saqlash  tizimida  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining 

rivojlanish istiqbollari. 

127. Ta’lim  tizimida  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanish 



istiqbollari. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling