5. Quyidagi tayanch iboralarni bir-biridan farqli jihatlarini
bilib oling.
Mulkka egalik qilish mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishini
bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashti-rishning ijtimoiy shaklini
ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan
holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan
mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad
olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-
mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y
beradi.
Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narx muammosi va uning tashkil topishi mexanizmi iqtisodiy
nazariyada eng murakkab va asosiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida
narx tizimi asosiy tashqiliy kuch sifatida namoyon bo’ladi. Tovarlar
narxi tadbirkor uchun asosiy bir dastak hisoblanadi. U narxga qarab
o’zining shaxsiy ehtiyojni qondirish yo’lida harakat qiladi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |