Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат
Quyidagi ma’lumotni o’qing va fikringizni bildiring. T-
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
2. Quyidagi ma’lumotni o’qing va fikringizni bildiring. T-
sxemadan foydalanib, mavzu bo’yicha xulosalarni shakllantiring. Uslubiy tavsiyalar baholash haqida hisobotlar ekspertizasi o‘tkazish tamoyillarini, shuningdek, ekspert xulosasi mazmuni va rasmiylashtirilishiga talablarni belgilab beradi. Uslubiy tavsiyalar baholovchilarning o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda... BO‘BT) ekspert kengashi a’zolari, shuningdek, baholash haqida hisobotlar ekspertizasini amalga oshiruvchi boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, ekspertiza buyurtmachilari,
baholovchilar va ekspertiza natijalaridan foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Baholash haqida hisobotlar ekspertizasi tamoyillari
1. Baholash haqida hisobotda aniqlangan kamchiliklar mavjudligi asoslanganlik, yetarlilik, ishonchlilik va mavjudlik talablariga mos ravishda isbotlangan bo‘lishi lozim. 2. Baholash haqida hisobot ekspertizasini olib borishda baholovchi tomonidan qo‘llash mumkin bo‘lmagan (jumladan tekinga), shuningdek, baholash sanasidan so‘ng ma’lum bo‘lgan axborotlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Ekspert xulosasi tarkibida jiddiy nuqsonlar (xatolar) ga ishora qiluvchi baholash haqida hisobot qaydlari mavjud bo‘lishi lozim. 4. Baholash haqida hisobotning to‘g‘rilangan nusxasiga ekspert xulosasida baholash haqida hisobotning oldingi versiyasida bo‘lgan, lekin ekspert xulosasida ko‘rsatilmagan xatolarni ko‘rsatib o’tish tavsiya qilinmaydi, baholash haqida hisobotni tuzatish oqibatida ma’lum bo‘lgan xatolar bundan istisno sanaladi. 5. Baholash haqida hisobot ekspertizasi takror baholash o‘tkazishni taqozo qilmaydi. 6. Agar ekspert-baholovchida boshqacha deb hisoblash uchun asos bo‘lmasa, baholash haqida hisobot ekspertizasi baholash haqida hisobotda baholash obyektlari tavsiflari ishonchli deb olish asosida o‘tkaziladi. Agar lavozim majburiyatlari ijrosi yuzasidan ekspertizani amalga oshirayotgan ekspert- nazarda tutilmagan bo‘lsa, baholash haqida hisobot ekspertizasida baholash obyektlarini ko‘zdan kechirish talab qilinmaydi. 7. Baholovchilar tomonidan baholash o‘tkazish shartnomasi talablariga rioya qilinayotganligini tekshirish baholash haqida
50
hisobotning respublika baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan baholash o‘tkazish shartnomasi bo‘yicha belgilangan shartlarga mutanosibligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 8. Baholash haqida hisobot ekspertizasi baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning barcha talablarini tekshirishni o‘z ichiga olishi lozim va faqat ayrim talablarni, masalan, faqat umumiy talablarni tekshirishdan iborat bo‘lishi mumkin emas.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling