Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат


TALABALARNI MUSTAQIL ISHLASHGA QIZIQTIRISH


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana02.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#191134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
loyihaviy moliyalashtirish

TALABALARNI MUSTAQIL ISHLASHGA QIZIQTIRISH 

OMILLARI 

 

Talabalar  tomonidan  faol  amaliy  mashg’ulottopshiriqlarini  bajarilishi  faqat 



jiddiy  va  barqaror  qiziqishlar  mavjud  bo’lgandagina  amalga  oshishi  mumkin. 

Bundagi  eng  jiddiy  omil  -  kelgusi  samarali  kasbiy  faoliyatga  tayyorgarlikdir. 

Amaliy  mashg’ulottopshiriqlarini  bajarishda  talabalarni  faollashtirishga  imkon 

beruvchi ichki omillar sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: 

 1.  Qilinayotgan  ishning  foydaliligi.  Agar  talaba  o’z  ish  natijalarining 

ma’ruza  jarayonida  yoki  amaliy  mashg’ulotlarda,  maqolalar  tayyorlashda 

foydalanilishi  mumkinligini  bilsa,  uning  bajarayotgan  ishiga  bo’lgan  munosabati 

keskin  tarzda  yaxshi  tomonga  o’zgaradi,  hamda  ish  sifati  ham  ortadi.  Shunga 

ko’ra, talabani ruhan shu ishga tayyorlash, bajariladigan ishning zarurati ko’rsatib 

berilishi kerak. 

2.  Talabaning  ijodiy  faoliyatdagi  ishtiroki.  Bu  nihoyatda  xilma-xil 

ko’rinishlarda  bo’lishi  mumkin.  Xususan,  kafedralar  tomonidan  olib  boriladigan 

ilmiy-tadqiqot ishlari, uslubiy ishlar va hokazolar. 

3.  Fan  olimpiadalarida,  ilmiy-tadqiqot  ishlarida,  amaliy  ishlar  tanlovlarida 

ishtirok etish. 

4. Bilimlarni nazorat  qilishda qiziqtiruvchi  omillardan foydalanish  (reyting, 

testlar,  noan’anaviy  imtihon  shakllari).  Bu  omillar  tegishli  holatlarda  musobaqa 

ruhini  vujudga  keltiradi.  Mana  shu  holatning  o’zi  talabada  o’z  ustida  ishlashni, 

o’zini rivojlantirishga ichki ehtiyojini shakllantiradi va rivojlantiradi. 

4.  O’quv  rejasida  amaliy  mashg’ulottopshiriqlarini  tashkil  etish  uchun 

etarlicha  vaqt  ajratilgan.  Faqatgina  shu  vaqtdan  samarali  va  unumli  foydalanish 

kerak  xolos.  Amaliy  mashg’ulotasosida  o’quv  jarayonini  tashkil  etishning  ikkita 

asosiy yo’nalishi mavjud. 

Birinchisi,  auditoriya  mashg’ulotlarida  amaliy  mashg’ulot  ning  rolini 

oshirish.  Buni  amalga  oshirish  uchun  pedagog-xodimlardan  auditoriya 

mashg’ulotlarini tashkil etishda talabalarning yuqori darajadagi mustaqilliklarini va 

tayyorgarlikning  sifatini  ta’minlaydigan  uslubiyot  va  shakllarini  ishlab  chiqishi 

talab etiladi. 

Ikkinchisi  -  talabalarning  auditoriyadan  tashqari  vaqtlarda  barcha 

yo’nalishlar bo’yicha mustaqil ishlardagi faolliklarini oshirish. 

Talabalarining  auditoriyadan  tashqari  ishlardagi  faolliklarini  oshirish  bir 

qator  qiyinchiliklar  bilan  bog’liq.  Buning  birinchisi  sifatida  mustaqil  ishlarni 

bajarishga ko’pgina talabalarnigina emas, hatto ayrim pedagog-xodimlarning ham 

tayyor  emasliklarini  ko’rsatish  mumkin.  Bu  ko’pincha  kasbiy  yoki  psixologik 

yo’nalishda namoyon bo’ladi. Ko’p hollarda informatsion ta’minot talab darajasida 

bo’lmaydi, buning natijasida samaradorlikning pasayib ketishi kuzatiladi. 

Amaliy  mashg’ulot  ni  tashkil  etishdagi  asosiy  vazifa  har  qanday  shakldagi 

mashg’ulotlarda  intellektual  tashabbus  va  tafakkurni  rivojlantirish  uchun 




 

psixologik-didaktik sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Amaliy mashg’ulot ni tashkil 



etishdagi  bosh  tamoyil  talabalarning  individual  ishlashga  o’tishlarini  ta’minlash 

bo’lishi kerak. Bunda ayrim topshiriqlarni formal va passiv bajarishdan uni ongli 

va  faol  bajarish  sari  yo’llash  asosiy  o’rin  tutishi  kerak.  Amaliy  mashg’ulot  ning 

maqsadi  avval  o’quv  mazmuni  bilan,  keyin  esa  ilmiy  axborotlar  bilan  anglab 

hamda  mustaqil  ishlashga  o’rgatish,  o’z-o’zini  yo’naltirish  va  rivojlantirish 

asoslarini, keyinchalik o’z malakasini muntazam oshirib borish ko’nikmasini hosil 

qilishdir. 

Bunda hal qiluvchi rolni o’qituvchi ado etadi. U umuman talaba bilan emas, 

balki  muayyan  shaxs  bilan  ishlayotganini  har  doim  diqqat  markazida  bo’lishi 

lozim.  U  o’z  talabasining  kuchli  va  ojiz  tomonlarini  yaxshi  bilishi,  individual 

qobiliyati  va  qiziqishlarini  nazarda  tutishi  maqsadga  muvofiq  bo’ladi. 

O’qituvchining  vazifasi  talabaning  –  bo’lajak  yuqori  malakali  mutaxassisning 

yaxshi tomonlarini ko’rish va ko’paytirishdan iborat. 

Har qanday fanni o’rganishda amaliy mashg’ulot ni tashkil etishning o’zaro 

aloqador uch shakli ko’zga tashlanadi: 

1. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar. 

2. Auditoriyadagi mustaqil ishlar. Bu bevosita o’qituvchi rahbarligida tashkil 

etiladi. 

3.  Ijodiy.  Jumladan,  ilmiy-tadqiqot  ishlari.  Amaliy  mashg’ulotnihoyatda 

xilma-xil bo’lishi mumkin. Ular: 

- o’rganilayotgan fanning alohida bo’limlariga oid berilgan mavzu bo’yicha 

referat,  ma’ruza  va  yozma  ishlar  yozish.  Talabaga  mavzu,  hatto  rahbarni  ham 

tanlash huquqini berish maqsadga muvofiq bo’ladi; 

 - tanlangan fan bo’yicha ko’rgazmali materiallarni tayyorlash, bunda mavzu 

o’qituvchi  tomonidan  beriladi,  uning  mazmuni  va  shakli,  ijrosi  talaba  tomonidan 

belgilanadi; 

- talabaning o’zi tomonidan shallantiriladigan ilmiy krossvordlar tuzish; 

-  xilma-xil  xarakterdagi  uy  vazifalarini  bajarish.  Bunga  mashq  va 

masalalarni echish, matnni tarjima qilish  yoki qayta hikoyalash, ilmiy  manbalarni 

tanlash  va  o’rganish,  turli  jadvallarni  tuzish,  grafik  ishlarni  bajarish,  turli  hisob-

kitoblarni amalga oshirish va boshqa shu kabilar kiradi; 

-  talabadagi  tashabbuskorlik  va  mustaqillikni  rivojlantirishga  qaratilgan 

individual  topshiriqlarni  bajarish.  Alohida  topshiriqlarni  har  bitta  talaba  yoki 

talabalarning bir qismi olishi mumkin; 

- kurs ishlari, magistrlik dissertatsiyasini bajarish; 

-  ilmiy-nazariy  yoki  ilmiy  -  amaliy  anjumanlar,  ko’rik-tanlovlar, 

olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish; 

- tanlangan mavzu bo’yicha ilmiy insho yozish.  

Amaliy  mashg’ulot  ga  ijobiy  munosabatni  shakllantirish  va  rivojlantirish 

uchun  har  bir  bosqichda  ishning  aniq  maqsadi  va  qo’yilgan  vazifalari 

tushuntirilishi, talabalar tomonidan ana shu maqsad va vazifalarning anglanganligi 

nazorat qilinishi kerak. Bu ishlar keyinchalik talaba tomonidan vazifalarni mustaqil 

tarzda  bajarish  hamda  maqsadlarni  tanlash  ko’nikma  va  malakalarining 

shakllanishiga asos bo’ladi. 




 

Amaliy mashg’ulotlarning teng yarmi, ya’ni bir juftlikning 50 %i masala va 



mashqlarni  mustaqil  bajarishga  sarflanishi  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Uni 

quyidagicha tashkillashtirish mumkin: 

1. O’qituvchining kirish so’zi. (mashg’ulot maqsadi, asosiy masalalar) 

2. Tezkor so’rov. 

3. 1-2 masala yoki mashqni doska yonida bajarish. 

4. Masala va topshiriqlarni mustaqil bajarish. 

5.  Topshiriqlarni  bajarishdagi  xato  va  kamchiliklar  ustida  ishlash.  (joriy 

mashg’ulot  oxirida  yoki  keyingi  dars  boshlanishida).  Mashg’ulotlarni  o’tkazishda 

mustaqil  ishlar  va  topshiriqlarini  katta  banki  bo’lishi  maqsadga  muvofiqir.  Ular 

murakkablik  darajasiga  ko’ra  ajratilsa  yanada  yaxshi  bo’ladi.  Mashg’ulotlarni 

o’tkazishda  fanning  xususiyatidan  kelib  chiqib  quyidagi  usullardan  foydalanish 

mumkin: 


1.  Qiyinlik  darajasiga  ko’ra  bir  xil  bo’lgan  bir  qator  topshiriqlarni  berish. 

Bunda muayyan vaqt oralig’ida eng ko’p mashq bajargan talaba yuqori baho oladi. 

2.  Qiyinlik  darajasi  turlicha  bo’lgan  topshiriqlar  beriladi.  Bunda  baho 

topshiriq turiga qarab belgilanadi. 

5. Talabalar amaliy mashg’ulot ining amalga oshirilishiga qaratilgan uslubiy 

ta’minoti va nazorati. 

O’quv  jarayonining  uslubiy  ta’minoti  majmuini  ishlab  chiqish  amaliy 

mashg’ulotsamaradorligini  ta’minlashning  eng  muhim  shartidir.  Bu  majmuaga 

ma’ruza  matnlari,  darsliklar,  o’quv  va  metodik  adabiyotlar,  laboratoriya 

praktikumlari, topshiriq  va  vazifalar  banki,  fanning  axborot  bazalari  va  boshqalar 

kiradi. O’quv-metodik adabiyotlar faqat axborot berishgina emas, balki tashkiliy-

nazorat  qilish  vazifalarini  ham  bajarishi  kerak.  O’quv-metodik  adabiyotlarning 

boshqaruvchilik  vazifasi  sahifalar  belgilashda,  o’quv  materialining  asosiy 

qoidalarini  matndagi  ajratib  ko’rsatishida,  o’quv  materiallarining  o’zaro 

aloqadorligini  ko’rsatib  beruvchi  tarkibiy-mantiqiy  jadvallarining  mavjudligida 

namoyon bo’ladi. 

Amaliy  mashg’ulot  ni  tashkil  etishning  shakl  va  usullari  nihoyatda  ko’p. 

Bulardan  qaysi  birini  tanlash  va  foydalanish  muayyan  fanga,  o’qituvchining 

maqsad va vazifalariga, qolaversa uning tajriba va mahoratiga bog’liqdir. 

 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling