Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 44.85 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi44.85 Kb.
#218277
  1   2
Bog'liq
Kurs ishini mavzulari


Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Fan bo`yicha kurs ishi. Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baxolash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.

Kurs ishi tasdiqlangan o‘quv rejada ko‘zda tutilgan ta’lim yo‘nalishlarida bajariladi. Kurs ishini bajarish talabaning muayyan fanga doir mustaqil ilmiy izlanishi bo‘lib, bunda talaba “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanining biror bir mavzusini ilmiy rahbar yordamida to‘la o'rganadi va mavzuni yozma shaklda bayon etadi va ilmiy rahbardan ijobiy taqriz olingandan so'ng uni himoya qilish bilan kurs ishiga yakun yasaladi. Kurs ishini yozishdan asosiy maqsad, talabani o‘quv jarayoni davomida olgan bilimini ilmiy va amaliy jihatdan mustahkamlash, aniq tahliliy masalalami hal etish orqali bilimini boyitish, chuqurlashtirish va umumlashtirish hamda bu borada aniq xulosalarga kelish.

Kurs ishining hajmi 35-40 varaqdan iborat bo‘lib, talabaning nazariy va amaliy tadqiqotlari amalga oshiriladi. Kurs ishini tayyorlash va himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:

- mavzu bo‘yicha kurs ishi rejasini tuzish va tasdiqlash;

- tahlil mavzusini bibliografik tahlil qilish;

- nazariy va amaliy manbalar asosida tadqiqot olib borish;

- chizma, grafik va analitik jadvallami tuzish;

- to‘plangan material lami tahlil qilish;

- asosli va amaliy taklif hamda tavsiyalar berish;

- fikrlami ketma-ketlikda bayon qilish;

- kurs ishini qo‘yilgan talablar asosida rasmiylashtirish;

- mavzuning mantiqiy davomiyligini bitiruv malakaviy ishiga bogiash.



Download 44.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling