Kurs ishining maqsadi: Jismoniy tarbiya tizimmining maqsadi va vazifalari tahlili jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan jismoniy tarbiya metodlarini o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish. Kurs ishining vazifalari
Download 22.01 Kb.
|
rrrr
2.1 Jismoniy mashqlar tavifi
Jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko'ra guruh va kichik guruhchalarga taqsimlash mumkin. Turli jismoniy mashqlar koʻplab o'xshash belgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon beradigan asosiy belgini aniqlash muhim. Bu belgi pedagogik jihatdan ahamiyatli boMishi lozim. Turli belgilarga koʻra tuzilgan tasniflar koʻplab amaldagi jismoniy mashqlar bilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo'yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo'llanmalardan zarur mashqlar tasnifini tez topishga yordam beradi. Ayniqsa, umumiy tasniflar asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy shakllangan tizimi va metodlari yotadi: gimnastika, o 'yinlar, sport, turizm. Bu guruhlarning har biri o 'ziga xos ahamiyatga ega va ular yanada kichik tasnif guruhchalariga bo'linadi. Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o Irin tutadi. U Sog'lomlashtirish yoki umumrivojlantiruvchi turlarga bo'linadi. Gimnastikaning quyidagi o 'ziga xos xususiyatlari mavjud: gavdaning turli qismlari, ayrim bo'gimlari va ular faoliyatining turli tomonlari va holatiga talab ta'sir etish (muskullarning bo'shashiga, cho'zilishiga va boshqalar): jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati; sport anjomlari va sport inshootlaridan foydalanish; mashqlarni musiqa joʻrligida oʻtkazish; mashqlaming rang-barangligi. Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni hal etish uchun barcha yoshdagi salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo'lgan kishilar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalanish imkonini beradi. Harakatli o'yinlar. Bu turli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to'satdan oʻzgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farqli o'laroq, o'yinlarni o'tkazishda jismoniy yuklamalarni taqsimlash qiyin bo'ladi. Harakatli o'yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shug'ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi. O'yin davomida to'satdan o'zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish. O'yin paytida bolalar faoliyati obrazli, syujetli Download 22.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling