Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- TOPSHIRIQ O’LCHAM ZANJIRLARI
Download 448.31 Kb.
|
hukumron kursavoy
- TOPSHIRIQ O’LCHAM ZANJIRLARIO‘lchamlar zanjiri, bu, berk kontur xosil qiluvchi bir yoki bir nechta detallarning sirt va o‘qlari o‘zaro joylashishini aniqlovchi o‘lchamlar yig‘indisidir. Ular detal bo’yicha yoki yig’ma bo’ladi. O‘lchamlar zanjirining hisobi detal va uzellarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘lchamlariga asoslangan qo‘yimlarni tanlashga imkon beradi va ularning ishlov berish tartibidan kelib chiqqan holda o‘lchamlar chizmada to’g‘ri qo‘yilishini osonlashtiradi. O‘lcham zanjirining bo‘g‘ini - bu o‘lcham zanjiri bo‘g‘inini tashkil qiluvchi o‘lchamlardan biridir. O‘lcham zanjirini xosil qiluvchi bo‘g‘p (tashkil etuvchi bo‘g‘in) raqamli indekslarga ega bo‘lgan A, A1,...., An , (yoki boshqa) xarf bilan belgilanadi. Tutashuvchi (boshlang‘ich) o‘lcham A -o‘lcham zanjirini hosil qiluvchi detal o‘lchamlarga ishlov berish yoki o‘lchamlarni yig‘ish jarayonida sodir bo‘ladi. Tashkil etuvchi, tutashuvchi bo‘g‘inlarga nisbatan kattalashuvchi yoki kamayuvchilarga bo‘linadi, ya'ni o‘lchamlar kattalashganda tutashuvchi o‘lcham yo kattalashadi, yo kichiklashadi. O‘lcham zanjirining sxemasida boshlangich bo‘g‘in ustiga strelka qo‘yiladi. U yo’nalish zanjiriga kiruvchi o’lchamlarning joylashishidan kelib chiqadi. Tashkil etuvchi bo’g’inlar boshlang‘ich bo’g’inning yonidan boshlab berk kontur bo‘yicha bir yo’nalishda bo‘lishi kerak. Bunda strelka bo‘yicha boshlangich bo‘g‘inga mos bo‘lgan bo‘g‘inlar kamayuvchi va qarshi yo‘nalishdagilari esa kattalanuvchi bo‘ladi. GOST 16319-70 kattalashuvchi bo’g’inlarni o‘ng tomonga, kamayuvchilarni esa chap tomonga yo‘nalgan strelkalar bilan belgilashni tavsiya etadi. O‘lchamlar zanjiri yordamida ikki xil masala yechiladi. 1-masala. Tashkil etuvchi bo‘g‘inlarning nominal o‘lchamlarini, chegaraviy og‘ishlari va qo‘yimlarini aniqlash. 2-masala. O‘lcham zanjirlarining barcha o‘lchamlari va boshlang‘ich o‘lchamning chegaraviy og‘ishi bo‘yicha zanjirni tashkil etuvchi barcha bo‘g‘inlar o‘lchamlarining chegaraviy og‘ishlari va qo‘yimlarini aniqlash. O‘lcham zanjirining hisobi maksimum-minimum va ehtimollar uslubida amalga oshiriladi. Maksimum-minimum uslubida tashkil etuvchi zvenolarning faqat chegaraviy og‘ishlari, ehtimollar uslubida esa detal o‘lchamlarining tarqoqlik qonuniyatlari va ularning birikish tasodifiyati hisobga olinadi. Topshiriqni bajarish tartibi. 1.O‘lcham zanjirlari yordamida yechiladigan ikkinchi masala uchun zanjirning barcha nominal o‘lchamlarini va boshlang‘ich o‘lchamlarning chegaraviy og‘ishlarini aniqlang, zanjir sxemasini chizing (5.1 rasm) va unga bo‘g‘inlarning belgisi va yo‘nalishlarini qo‘ying. 2. Maksimum-minimum uslubi va bir kvalitetli qo‘yim yo‘li bilan kvalitetni xisoblab, zanjirni tashkil etuvchi o‘lchamlarning chegaraviy og‘ishlarini va qo’yimlarini aniqlang. 3.Tashkil etuvchi o‘lchamlarning ko‘yimlari yig‘indisini xisoblab, tutashuvchi o‘lcham qo‘yimiga nisbatan ruxsat etilgan xatolikni aniqlang. Ruxsat etilgan xatolik 5% dan oshib ketsa, zanjirning ayrim tashkil etuvchi o‘lchamlarining kvalitetlarini boshqa kvalitetga o‘zgartirib, ularning yangi cheg‘araviy og‘ishlarini aniqlang va ruxsat etilgan xatoni boshqatdan hisoblash uchun 3 bandni takrorlang. Bu jarayon xatolik 5% dan kam bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. 5.Uzel chizmasini chizing va unga zanjir bo‘g‘ilari belgilarini, yunalishlarini, kiymatlarini va og‘ishlarni qo‘ying.(5.1 rasm) Topshiriqni bajarish misoli. Sinov dafdarchasining tartib raqami 13. Qo’llanmadan oxirgi raqam bo’yicha 5.1 jadvaldan zanjirni tashkil etuvchilar (A) va tutashtiruvchi (A) bug’inlarning nominal o’lchamlari, oxirgi raqam bo’yicha esa tutashtiruvchi bug’inlarning yuqori (ES AΔ) va pastki (Pastki Ei AΔ) og’ishini aniqlaymiz. Nominal o’lchamlarni 5.4-jadvalning birinchi ustuniga yozamiz. O’lchamlar zanjirini (5.2-rasmdagi chizmaga asoslangan xolda) masshtabsiz ko’rinishda sxemasini chizamiz.(5.1 rasm) 5.1 rasm Topshiriqdagi masala bir kvalitetli qo’yim yo’li bilan echilayotgani uchun o’lchamlar zanjirining aniqlik koeffisienti yoki qo’yim birligi bu yerda a1,...,an - o’lcham zanjiridagi har bir bo’g’inning qo’yim birligi soni. bu yerda TAΔ - tutashtiruvchi bo’g’in qo’yimi - o’lcham zanjirini tashkil etuvchi o’lchamlarning qo’yim birliklari yig’indisi. Topshiriq shartiga ko’ra tutashtiruvchi bo’g’inning yuqori og’ishi AΔ=0,65 mm, qo’yimi esa AΔ=0,23 mm. Shunda tutashtiruvchi zvenoning qo’yimi TAΔ= EsAΔ- EiAΔ=0,65-0,23=0,42 mm=420mkm Zanjirni tashkil etuvchi bo’g’in o’lchamlariga mos kelgan ij- ni qiymatlarini 5.2 - jadvalning 2-ustuniga yozib, ularni yig’indisini aniqlaymiz. Тopilgan qiymatlarni (5.1) ifodaga qo’yib o’lcham zanjirining aniqlik koeffisiyentni aniqlaymiz: Hisoblangan ao’r=25,11 qo’yim birligi bo’yicha 5.3 jadvaldan unga yaqin bo’lgan 40i qo’yim qiymatini aniqlaymiz. Bu qiymatga JT9 belgilanish mos keladi, ya’ni 9 kvalitet. O’lcham zanjirini sxemasi bo’yicha (5.1 rasm) A1, A2 va A9 bo’g’inlar kattalashuvchi bo’lib qolganlari kamayuvchidir. Kattalashuvchi zvenolar asosiy teshik bo’yicha, kamayuvchilar esa asosiy val bo’yicha qabul qilinadi. Bizning misolimizda bunga mos H9 va h9. Ilovadagi jadvaldan foydalanib har bir o’lcham uchun (A1 dan A10 gacha) qo’yim qiymatlarini aniqlaymiz. Masalan, kattalashuvchi bo’ginning A1 o’lchami uchun 450H9 (+0.155) qo’yimi TA1=ES-EI=0,155-0=0,155mm. Kamayuvchi bo’g’inning A4 o’lchami uchun esa 52h9(-0,074), qo’yim TA4=es-ei=0-(-0.074) =0.074 mm va xakozo. Qo’yimlarning TA qiymatlarini mkm da 5.4jadvalning 3 ustuniga yozib, ularni yig’indisini hisoblaymiz. ∑ TAj1 =728 mkm. Hisoblangan qo’yimlar yig’indisi topshiriqda beriltan tutashtiruvchi bo’g’in qo’yimidan kamayish tomonga farq qilishi va farq 5% dan oshiq bo’lmasligi shart. Hatolikni hisoblaymiz: Xatolikni hisoblash natijasi shuni ko’rsatadiki, bu farq ( ) ni tashkil qilib, qo’yimlar kamayish tomoniga yo’nalgan. Uzelning (5.2-rasm) konstruktiv-tuzilishidan ko’rinadiki, uning hamma detallari (zanjir yo’nalishi bo’yicha) texnologik jihatdan taxminan bir me’yorda. Shuning uchun xatoni tuzatish zanjir bo’g’inlarining hohlagan o’lchamlarining qo’yimiga qo’yilayotgan talabni oshirish yoki tushirish hisobiga bajariladi. A4, A5, A6 va A8 bo’g’in o’lchamlarini tanlab, ular uchun agar ∑ TAj1 ni qiymati TAΔ ni qiymatidan kichik bo’lsa tanlangan kvalitetdan (bizda 9-kvalitet) bitta katta ya’ni 10 kvalitetni tanlaymiz, lekin ∑ TAj1 ni qiymati TAΔ ni qiymatidan katta bo’lsa tanlangan kvalitetdan (bizda 9-kvalitet) bitta kichik kvalitet tanlanadi ya’ni 8 kvalitet va ilovadagi jadvaldan xar bir ko’rsatilgan o’lcham uchun uning qo’yimini aniqlaymiz. Yuqorida keltirilgan o’lchamlar kamayuvchi bo’lgani uchun ularning qo’yim qiymatlarini val sistemasidan qabul qilamiz va ularni 5.4jadvalning 4-ustuniga kiritamiz. O’zgartirish kiritilmaganlarni ham shu ustunga qayta ko’chirib, zanjirning hamma qo’yimlarini yangidan hisoblaymiz: ∑ TAj2 =454 mkm. Xatolikni qayta tekshirishni amalga oshiramiz: Hisob natijalarining yig’ma jadvali
Berkituvchi zvenoning o’lchami - Uzelning chizmasini chizamiz va unga zanjir bo’g’inlarining belgilarini, yo’nalishlarini, qiymatlarni va og’ishlarni qo’yamiz. Tashkil etuvchi o’lchamlarning qo’yimlari yig’indisini xisobladik, tutashuvchi o’lcham qo’yimiga nisbatan ruxsat etilgam O’lcham zanjirini aniqlashda o’lcham zanjirining hisobi maksimum minimum va extimollar uslubida amalga oshirildi. Menga berilgan variantda xatolik 8%chiqdi Xulosa Silindrik sirt shakllarining nisbiy geometrik aniqligi yuqori bo’lgan Val va teshikning qo’yim maydoni chizildi. Val va teshik sirt o’lchami va chegaraviy оg’ishlari, g’adir-budirligi, shakli va jоylashish оg’ishlari aniqlandi. Menga berilgan vatiant bo’yicha podshimnik ichki halqa aylanuvchi tashqi halqa mahalliy yuklanish qabul qiladin,ichki halqa sirkulyasiyalanadi. Prizma shponka bilan hosil bo’lgan birikmaning nominal o’lchamlarini aniqladim va uning shartli belgilanishini yozdim. Shponkali birikmaning xususiyati «erkin» Shponkali birikmalarning hamma elementlaridagi chegaraviy og’ishlarni va qo’yim maydonlarini aniqladim. Shponkani eni "А" bo’yicha qo’yim maydonining grafik tasvirini qurdim. O’qlari parallel joylashgan evolventali, uchburchak va to‘g‘ri tish profiliga ega bo‘lgan shlisali birikma yengil seriyali normallashtirilgan. Shlitsali detallarni biriktirishda berilgan variant “d” ko‘rsatkichi bo‘yicha markazlashtirish qo‘llanilgan. Shlisali o’tqazishlari hammasida zazo’rli boldi. Tashqi diometir bo’yicha markazlashtirilmаgan, diometir bo’yicha zazo’rli. Ariqcha shlisa bo’yicha markazlashtirilmagan diometir bo’yicha zazo’rli. O’lcham zanjirlari yordamida yechiladigan 2-masala uchun zanjirning barcha nominal o’lchamlarini va boshlang’ich o’lchamlarning chegaraiy og’ishlarini aniqladik.Zanjir sxemasini chizib va unga bo’g’inlarning belgisi yo’nalishlar qo’yildi. Download 448.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling