Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma mundarij a
Download 1.92 Mb.
|
Kurs Loyiha ishi topshiriq
CHULGʻAMLARNI HISOBLASH
Transformatorlarning chulgʻamlari va ularning konstruksiyasi. Transformator chulgʻamlari deganda, berilgan kuchlanishni olish maqsadida, oʻramlarda hosil qilinadigan E.Yu.K larning yigʻindisini hosil qiluvchi elektr zanjirlarini hosil qiluvchi oʻramlar jamlanmasi tushiniladi. Kuch transformatolari ikkitadan kam boʻlmagan asosiy chulgʻamlarga ega boʻladi. Yuqori nominal kuchlanishga ega boʻlgan transformator chulgʻami yuqori kuchlanish (VN) chulgʻami deyiladi. Past nominal kuchlanishga ega boʻlgan transformator chulgʻami past kuchlanish (NN) chulgʻami deyiladi. Ular oʻrtasidagisi esa – oʻrta kuchlanish (SN) chulgʻami deyiladi (Uch chulgʻamli transformatorlarda). Chulgʻamlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni oʻrash uchun toʻlanadigan ish haqi transformator narhining tahminan 50%ni tashkil etadi. Oʻzakda joylashishiga koʻra chulgʻamlar konsentrik va almashinuvchi turlarga boʻlinadi. Almashinuvchi chulgʻamlarda YuK va PK gʻaltaklar oʻzak balandligi boʻyicha navbatma - navbat oʻzaro almashingan boʻladi. Almashinuvchi chulgʻamlar asosan maxsus transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida odatda konsentrik chulgʻamlar qoʻllaniladi. Bunda oʻzak yaqiniga PK chulgʻam uning tashqarisiga esa YuK chulgʻam joylashtiriladi. Konstruksiyasi va oʻrash usuliga koʻra konsentrik chulgʻamlar silindrik gʻaltakli va vintsimon turlarga boʻlinadi. Katta quvvatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha oʻnlargacha etishi mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK chulgʻami uchun bir necha toʻgʻri burchak kesimli simlardan parallel bajarilgan koʻp yoʻlli chulgʻamlar qoʻllaniladi. Uzluklsiz gʻaltakli chulgʻamda bitta gʻaltakdan ikkinchisiga simni uzmasdan oʻtiladi. Bunday chulgʻamning afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan boʻylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovutish yuzasining kattali kiradi. Shu afzalliklar tufayli uzluksiz chulgʻam keng koʻlamda qoʻllaniladi. Transformator chulgʻamlarining uchlari bak qopqogʻida oʻrnatilgan maxsus chinni izolyatorlar ichidan oʻtgan kesim yuzasi nisbatan katta boʻlgan oʻtkazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi. Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 110÷1200 kV boʻlgan soʻngi yillarda ishlab chiqarilgan transformatorlarda YuK chulgʻami uchun toʻqima chulgʻamlar keng qoʻllanila boshlandi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling